Mavzu : biosfera



Yüklə 84,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü84,46 Kb.
#39086
Biosfera prizentatsiya-конвертирован



MAVZU : BIOSFERA 

TUZUVCHI : QILICHOV SUHROB




BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT.

REJA:


•Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.

•Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari

•Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.

•Biosferada moddalarning aylanishi.




BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT

Biosfera (bio... Va yun. Sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va 



energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera “hayot qobig’i”, toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni 

Lamark bildirgan. “Biosfera” terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi 

toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.



BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT

Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim

ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular litosfera

(quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi

qatlamlaridan iborat.

Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara

biosferaning 17 km. Qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha,

dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka

gacha balandlikni tashkil etadi.



BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT

V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar

yig’indisini “tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim

tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning umumiy

vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan

tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan

tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. Ga teng.

Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar (iqlim,

atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib,

V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik

organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig’indisi

kiradi.



BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI

Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari

Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:

• Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.

• Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan

kimyoviy reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy

reaktsiyalar tezligi ming va million marta ortiq).

• Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar,

fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda

barqaror bo’ladi.

• Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum

darajada o’z-o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.




BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI

Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilmaxilligi jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga 

kiradigan 2 mln.dan ortiq organik birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming

atrofida xolos.

• Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib,

ularning o’lchami ham juda xilma-xil. Eng kichik viruslar 20 nm.dan

oshmaydi. Eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga

boradi. Eng baland daraxt (evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.




BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI

Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari

Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:

Energetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini to’plash

va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi.

Biosferada quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha

ko’rinishlari mavjuddir.

Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati.

Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini

ta’minlaydi. Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan.

Tirik modda faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod

sulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo’lgan.




BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI

Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida engil

elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p

miqdorda uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida

tashqi muhitga nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi.

Ana shu xususiyat tufayli biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi

hamda o’lik moddalardan keskin farq qilishi namoyon bo’ladi.



BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI

Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:

Oksidlanish-qaytarilish xususiyati. Ma’lum moddalar (atomlari o’zgaruvchan

darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda kimyoviy

o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning

oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.

Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin

parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir

bo’ladi. Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi.



BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI

Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida

muhitning fizikkimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgartirishdan iborat bo’lib,

V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u

tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb

yozgan edi.

Transport xususiyati. Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi gorizontal

yo’nalishda tashib yurilishi.




BIOSFERADA MODDALARNING AYLANISHI

Biosferada kimyoviy elementlar tirik organizmlarning faoliyatinatijasida aylanib turadi.



Kimyoviy elementlarning biosferaning bir tarkibiy qismidan ikkinchisiga o’tishi shu bilan birga dastlabki holatga 

qaytishi biosferada moddalarning aylanishi deyiladi.



INSONNING BIOSFERAGA TA’SIRINI ASOSIY YO’NALISHLARI

Insonning biosferaga ta’sirini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin:

1. O’rmonlarni kesish va yangi yerlarni o’zlashtirish birinchi navbatda

biosferaning suv rejimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

2. Insonning biosferaga ta’sirida muhim rol o’ynaydigan omillardan yana biri

sug’orishdir.

3. Insonning biosferaga ta’siridan yana biri kimyoviy o’g’itlardan foydalanish

hisoblanadi.

4. Nihoyat insonning biosferaga ko’rsatadigan kuchli ta’sirlaridan biri

o’simliklar kasalliklari, zararkunanda hasharotlar va begona o’tlarga qarshi

kurashda foydalaniladigan kimyoviy kurash vositalaridir.



NOOSFERA BOSQICHI TUSHUNCHASI

Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga

Yer yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi

bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatidanafaqat sayyoramiz,

balki kosmik fazoni ham o’zgartirib yubormoqda.



BIOSFERA

• ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT•



Yüklə 84,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin