MAVZU : BIOSFERA
TUZUVCHI : QILICHOV SUHROB
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT.
REJA:
•Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
•Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
•Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
•Biosferada moddalarning aylanishi.
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
Biosfera (bio... Va yun. Sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va
energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera “hayot qobig’i”, toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni
Lamark bildirgan. “Biosfera” terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi
toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim
ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular litosfera
(quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi
qatlamlaridan iborat.
Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara
biosferaning 17 km. Qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha,
dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka
gacha balandlikni tashkil etadi.
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar
yig’indisini “tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim
tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning umumiy
vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan
tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan
tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. Ga teng.
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar (iqlim,
atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib,
V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik
organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig’indisi
kiradi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:
• Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
• Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan
kimyoviy reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy
reaktsiyalar tezligi ming va million marta ortiq).
• Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar,
fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda
barqaror bo’ladi.
• Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum
darajada o’z-o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilmaxilligi jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga
kiradigan 2 mln.dan ortiq organik birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming
atrofida xolos.
• Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib,
ularning o’lchami ham juda xilma-xil. Eng kichik viruslar 20 nm.dan
oshmaydi. Eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga
boradi. Eng baland daraxt (evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
Energetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini to’plash
va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi.
Biosferada quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha
ko’rinishlari mavjuddir.
Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati.
Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini
ta’minlaydi. Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan.
Tirik modda faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod
sulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo’lgan.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida engil
elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p
miqdorda uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida
tashqi muhitga nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi.
Ana shu xususiyat tufayli biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi
hamda o’lik moddalardan keskin farq qilishi namoyon bo’ladi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
Oksidlanish-qaytarilish xususiyati. Ma’lum moddalar (atomlari o’zgaruvchan
darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda kimyoviy
o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.
Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin
parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir
bo’ladi. Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida
muhitning fizikkimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgartirishdan iborat bo’lib,
V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u
tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb
yozgan edi.
Transport xususiyati. Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi gorizontal
yo’nalishda tashib yurilishi.
BIOSFERADA MODDALARNING AYLANISHI
Biosferada kimyoviy elementlar tirik organizmlarning faoliyatinatijasida aylanib turadi.
Kimyoviy elementlarning biosferaning bir tarkibiy qismidan ikkinchisiga o’tishi shu bilan birga dastlabki holatga
qaytishi biosferada moddalarning aylanishi deyiladi.
INSONNING BIOSFERAGA TA’SIRINI ASOSIY YO’NALISHLARI
Insonning biosferaga ta’sirini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin:
1. O’rmonlarni kesish va yangi yerlarni o’zlashtirish birinchi navbatda
biosferaning suv rejimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
2. Insonning biosferaga ta’sirida muhim rol o’ynaydigan omillardan yana biri
sug’orishdir.
3. Insonning biosferaga ta’siridan yana biri kimyoviy o’g’itlardan foydalanish
hisoblanadi.
4. Nihoyat insonning biosferaga ko’rsatadigan kuchli ta’sirlaridan biri
o’simliklar kasalliklari, zararkunanda hasharotlar va begona o’tlarga qarshi
kurashda foydalaniladigan kimyoviy kurash vositalaridir.
NOOSFERA BOSQICHI TUSHUNCHASI
Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga
Yer yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi
bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatidanafaqat sayyoramiz,
balki kosmik fazoni ham o’zgartirib yubormoqda.
BIOSFERA
• ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT•
Dostları ilə paylaş: |