Mavzu : Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash


Test natijalari: 1, 3, 6, 7 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz



Yüklə 43,2 Kb.
səhifə7/7
tarix05.12.2023
ölçüsü43,2 Kb.
#172572
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash

Test natijalari: 1, 3, 6, 7 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz maqsad sari intiluvchan insonsiz. Siz xato qilishdan qo‘rqmaysiz va xohlagan narsangizga erishish yo‘lidagi har qanday qiyinchiliklarni engib o‘tishga qodirsiz.
4 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz hayotiy pozisiyasini o‘zgartirmaydigan va matonatli insonsiz. Siz kam sonli harakatlar bilan ko‘p miqdordagi omadga erishishingiz mumkin.
2, 11, 12, 18, 19 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz barcha bilan chiqishib keta oladigan va kirishimli insonsiz. Har qanday vaqtda yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz, ularga yordam qo‘lini cho‘zasiz.
5 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Sizning qalbingiz xuddi tanangiz singari juda ham charchagan, hayotiy zahira kuchlaringiz kamayib bormoqda.
9 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz - quvnoq, ko‘ngil ochishni xush ko‘radigan va yolg‘izlikni yoki zerikishni bilmaydigan insonsiz.
13 va 21 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz "ichimdagini top" deydigan va hatto eng kichik ko‘ngilsizliklarni ham yurakka yaqin oladigan insonsiz. Siz odamlar bilan muloqot qilishdan qochasiz.
8 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz yolg‘izlikni sevasiz, o‘zligingizga, o‘z shaxsiy dunyongizga ketishni xohlaysiz.
10 va 15 raqamlarini tanlagan bo‘lsangiz:Siz har qanday holatga oson moslasha olasiz, o‘zingizni qoniqtiradigan hayotiy o‘ringa egasiz, shuningdek ruhiy jihatdan ham baquvvatsiz.
14 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz emosional jihatdan xotirjam emassiz va ichki qarama-qarshiliklarni engishga kuch sarflamoqdasiz.
20 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz o‘ziga juda ham yuqori baho beradigan insonsiz. Siz etakchilik xususiyatiga egasiz va o‘zingizni fikringizdan boshqasini qabul qilishni xohlamaysiz .
16 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz har doim boshqa odamlarni qo‘llab-quvvatlashdan charchagansiz, agar e’tibor bergan bo‘lsangiz.
17 raqamiga e’tibor bergan bo‘lsangiz:Siz yaqinlaringiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqdasiz.
XULOSA
Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad - vazifani hal etishda til- shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suya- nib ish ko‘radi.
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo‘lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qism- lari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikmi og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o‘qiy olish va to‘g‘ri so‘zlay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og‘zaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so‘z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqt- da nutqida kamchiligi bo‘lgan bolani tarbiyalaydi; tarbiyalanuv- chilar yo‘lini yoritadi ham.
Logopediya - maxsus pedagogika - korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o‘qituvchilari kabi ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishi kerak.
Logoped bolalaming psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasi- ni uyg‘ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini tola jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarining (mashq, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, gram- matik o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshi- tib, yozganlarini ko‘rib, kuzatib, mushohada yo‘li bilan o‘zlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o‘zlashtirib boradilar.
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bularning in’ikosi so‘z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vosita­sida namoyon bo‘ladi. Inson o‘zi ko‘rgan va ta’sirlangan buyum yoki voqealarni so‘z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasav- vurlar ko‘rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har qanday hodisaning m9iyada aks etishi va ongda mustahkam o‘rnashib qoiishida nutq yetakchi vosita hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa bog‘lash jarayonida tafakkur kuragi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga aloqa jarayonida nutq - ifo­dalash, biror narsani bildirish, anglatish va ta’sir ko‘rsatish vosi- tasi bo‘lib xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo bo‘ladi. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham bel- gilab beradi Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. og‘ir nutqiy kamchiligi bo‘lgan bolalarda intellek- tual kamchiliklar bo‘lishi, yuzaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ik- kilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o‘rgamb nutq kamchiligi tu­fayli ruhiyatida paydo bo‘lgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi kerak. Agar aql-idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qol­gan bo‘lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog‘chasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg‘un buzilishi natijasida bola nutqi rivojlanmagan bo‘lsa, bu bolani oligofren bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bog‘chasiga yuborish talab etiladi.
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir – chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qolgan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun organizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3–6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin
Yüklə 43,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin