Mavzu : Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash



Yüklə 43,2 Kb.
səhifə1/7
tarix05.12.2023
ölçüsü43,2 Kb.
#172572
  1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash


Mavzu : Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash

Reja:



I bob. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyati muammosining metodik adabiyotlarda yoritilganlik darajasi
1.1 Bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
1.2 Nutq nuqsoni haqida tushuncha va turlari
II bob.Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyati
2.1 Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va ularning tasniflanishi
2.2 Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyatini tekshirish metodikalari hamda bilish faoliyatini rivojlantirish usullari
Xulosa

I BOB. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyati muammosining metodik adabiyotlarda yoritilganlik darajasi

    1. Bilish jarayonlarining oziga xos xususiyatlari

Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qoʻshilib ketgan. Lekin shunga qaramasdan, ayni paytda bola ularga taʼsir koʻrsatishning oʻziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, yaʼni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilishning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.


Bolani ajratib qoʻyish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kamligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Maktabgacha taʼlim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.Bolada nutqni tushunish ,uni oʻrab turgan predmetlar va kattalar talaffuz qilgan soʻzlarning oʻrtasidagi aloqani oʻrnatish yoʻli orqali rivojlanadi.Bola istagini mimikasi yoki testi orqali bilib olishga urinadigan ota—onalarga ularning bunday xatti-harakati notoʻgʻri ekanligini tushuntirish zarur.Chunki bunday jarayonda bolada ovoz reaksiyalari,tovushlar va soʻzlar talaffuziga ehtiyoj sezilmaydi.
Nutq kamchiligiga ega bolalarni tarbiyalash jarayonida ota-onalr va pedagoglar doimo oʻz xulq-atvorni va oʻzining mavqeyini anglash lozim. Oʻzaro ragʻbatlantirish , oʻzaro hurmat,tartibni saqlash oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir nutq kamchiligiga ega bolalarni psixogen reaktiv holatlar profilaktikasida jiddiy rol oʻynaydi.
Nutqiy fikrlash soʻzli maʼnolar ,tushunchalar va mantiqiy jarayonlar asosida amalga oshiriladi. “Maʼnolarda predmet dunyosi ,xossalari, aloqalari, munosabatlari mavjudligining ideal shaklining til materiyasida qayta hosil qilinishi va mujassamlanishi berilgan, mavhum maʼnolar va tizimini shakllanishi esa aqliy faoliyatni tashkil etadi”. L.S.Vigotskiy bu maʼlumotni tafakkur va nutq birligi deb aytgan.Tushuncha aql-idrok jarayonida vujudga keladi.
Nutqiy fikrlash faoliyat mexanizmi sifatidagi bunday jarayonlar xususiyatiga nutqiy fikrlashning muayyan turi-umumlashgan yoki aniq xodisaviy turi toʻgʻri keladi.Soʻz maʼnosi tizimi va nutq patologiyasi tizimlarining mana shunday oʻzaro shartlangan oʻzgarishi,meʼyorlar kabi tafakkur va nutq birligini asosli ravishda aks ettiradi.
Hozirgi kunda inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʻlgan teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan.Inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bolalardagi koʻplab nutqiy muloqot va koʻnikmalar mashgʻulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha taʼlimda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshqa.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida roʻy beradi.
Mehnat jarayonida — xoʻjalik-maishiy, qoʻl va qishloq xoʻjaligi mehnatida bolalarning lugʻati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
Oʻyin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lugʻat, mashgʻulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. Oʻyinlarda pedagogning ishtirok etishi lugʻatning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.
Qurilishga oid oʻyinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin boʻlgan soʻzlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy oʻyinlar, sahnalashtirish oʻyinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, toʻgʻri surʼat, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Koʻpgina oʻyinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qoʻllay boshlaydilar.
Didaktik oʻyinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lugʻat mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik oʻyinlar nutqiy mahorat va koʻnikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, soʻzni oʻzgartirish, hikoya toʻqish va h.q.) qoʻllaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi- 84 tasi boʻlib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. Toʻgʻri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), yaʼni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qoʻllanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lugʻatdan foydalanishni oʻrgatsa bolalarning lugʻati boyiydi. Agarda pedagog oʻz nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq ogʻzaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq sheʼrlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali boʻladi.
Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirishning qudratli vositasi boʻlib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan taʼsir koʻrsatadi.
Bolalar kitoblari sheʼriy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuygʻular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy soʻz bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning goʻzalligini tushunishga yordam beradi.
Maktabgacha taʼlimda nutqni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida badiiy soʻzdan tashqari tasviriy sanʼat, bayramlar va tomoshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy hissiyotlarni hosil qiladi, bu esa oʻz navbatida tilni oʻzlashtirish darajasiga taʼsir koʻrsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, koʻtarinkilik holati, gʻayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining ifodaliligiga taʼsir koʻrsatadi. Suratlar, amaliy sanʼat buyumlarini tomosha qilishda bolalar koʻp savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.
Bolalar kun boʻyi mashgʻulotlarda, oʻyinlarda, xoʻjalik-maishiy va mehnat faoliyatida oʻz pedagoglari bilan muloqotda boʻladilar. Oʻz-oʻzidan maktabgacha taʼlimda nutqiy muhitni rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bogʻliq boʻladi.
Nutq o`stirish mashg`ulotlarida bolalarga tasvirlay olish, kuzatuvchanlik va bilish qobiliyatlarni shakllantirish maqsadida "Toping va tavsiflang" o‘yinida tashkil etish mumkin. Ushbu o`yinni tashkil etish uchun turli xil o‘yinchoqlar tanlanadi: ikkita qo‘g'irchoq - biri kamon bilan, ikkinchisi kamonsiz; turli xil rangdagi ikkita mushuk. O‘yinchoqlar birma-bir ko‘rib chiqiladi va taqqoslanadi; ularning xarakterli xususiyatlari va farqlarini aytish orqali bolaning lug'at boyligi faollashtiriladi. Keyin tarbiyachi o‘yinchoqlarni yashiradi (bolalar ularni tezda topishi uchun) va ularni topishni taklif qiladi: "Aziz oq mushukchani, Malika qora rangni, Nigora esa kamonli qo‘g'irchoqni topadi". Bolalar o‘yinchoqlarni topib olib kelishadi, o‘qituvchining savollari ("Sizda qanday mushuk bor? Mushukning boshida nima bor? Va bu nima?") Bola tarbiyachi yordamida ularni nomlaydi va tavsiflaydi.


Yüklə 43,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin