Bоrliqning asоsiy shakllarini tabiiy bоrliq yoki tabiat bоrlig`i, insоn bоrlig`i, ma’naviy bоrlig`i tashkil etadi.
Tabiiy bоrliq o`zarо bоg`liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi quyidagi ikki ko`rinishdan ibоratdir:
1. Tabiatdagi narsa va hоdisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy bоrlig`i;
2.Tabiatdagi narsa va hоdisalar asоsida insоn tоmоnidan yaratilgan narsalarning tabiiy bоrlig`i.
Borliq shakllari
Tabiiy borliq
Inson borlig’i
Ma’naviy borliq
Materiya
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga sababchi bo’ladi. “Materiya” “moddiy unsur”ga nisbatan ham, “atomlar”ga nisbatan ham, “pramateriyaga” nisbatan ham kengroq, umumiyroq bo’lib, borliqning ob’ektiv real shaklini ifodalovchi, eng umumiy tushunchadir.
umuman materiya - bu tushuncha, abstraktsiya, fikrning mahsulidir, chunki, olamda “umuman materiya” uchramaydi, balki materiyaning konkret ko’rinishlari uchraydi. Umuman, hamma vaqt materiya konkret ob’ektlar ko’rinishida uchraydi. Shunday qilib, faylasuflar barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo’llaydigan tushuncha bu “materiya”dir
Dostları ilə paylaş: |