Z.Poya qorakuyasi. Bunda g‘allagullilar poyasi yoriladi, undan qora chang chiqadi.
4. Pufakcha holdagi qorakuya. Qorakuya kasalligining bu xilida g‘allagulli o‘simliklarning har xil organlarida changga to‘lgan oq-kulrang tusli pufakcha holida paydo bo‘ladi.
G‘allagulli o‘simliklarda qorakuya kasalligining yuqoridagilardan tashqari yana bir necha xili uchraydi.
Bir xil g‘allagulli o‘simliklar qorakuya kasalligining turli tip va turlari bilan (har xil vaqtda) zararlanishi mumkin.
Masalan, bug‘doy qattiq, chang holdagi va poya qorakuyasi bilan kasallanadi.
Qorakuya zamburug‘larining hamma turlari ham ma’lum ekinlardagina bo‘ladi. Bu zamburug‘larning sporalari ularning tarqalish va tinim davridir: ular qishlab chiqqandan so‘ng zamburug‘ rivojlanishini davom ettiradi va o‘simliklarga tushadi.
Ba’zi qorakuya zamburug‘lari spora hosil qilmaydi, g‘allagullilar donida zamburug‘ tanasi holida qishlaydi.
Qorakuyaning bir necha tipi va qorakuya zamburug‘larining juda ko‘p turi bo‘lishiga qaramay g‘allagulli o‘simliklarning qorakuya kasalliklari fakat 3 xil usulda tarqaladi:
Birinchi usul. Bunda zamburug‘larning xlamidosporalari hosilni yig‘ishtirish va yanchish vaqtida tashqariga chiqadi. Ular sog‘lom donlar sirtiga yopishadi va shu holda qishlaydi. Urug‘ ekilgandan so‘ng sog‘lom donlar unayotgan vaqtda ulardagi (yoki tuproqqa ilgaridan tushib qolgan) xlamidosporalar ham unadi va bazidiosporali fragmabazidiyalar hosil qiladi.
Zamburug‘ tanasi esa don nishiga kirib u bilan birga o‘sadi. Demak, qorakuya kasalligi tarqalishining birinchi usulida urug‘lar sirtdan, o‘simlik esa urug‘lar unish vaqtida zararlanadi.
Tubandagi qorakuya kasalliklari birinchi usulda tarqaladi: