2. O’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o’tkazish.
3. Test shakllari va turlari.
4. B. Blum taksonomiyasi.
5. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi.
6. Dasturlashtirilgan ta’lim va o`qitish texnologiyasi ta’lim samaradorligi
Dasturli ta’lim
Dasturlashtirilgan ta’lim o’z mazmuni va tuzilishiga hamda maqsadiga ko’ra juda aniqlashtirilgan maqsadli ta’lim tizimiga o’xshashdir.
Bu tizimda ham barcha ish faoliyati oxirgi natijaga qaratilgan bo’lib, kichik-kichik qadamlar bilan o’zlashtirish asos bo’lib xizmat qiladi. Dasturlashtirilgan ta’lim ko’proq talabalarning imkoniyatlarini hisobga olish va individual yondashish yo’nalishiga asos hozirlaydi.
Dasturli ta’limning asosiy mazmuni shundan iboratki pedagog butun o’quv materialini bir necha qismlarga bo’lib chiqadi. Bu bilimlar soddadan murakkabga qarab joylashtiriladi. Har bir qism haqida to’la axborot berilgach, ana shu qismni o’zlashtirilganlik darajasi tekshirib boriladi. Barcha talabalar o’zlashtirib olganliklariga ishonch hosil qilishlari bilan, ikkinchi qismga o’tiladi va bu bilimlar ham mukammal o’zlashtirilganligi aniqlangach, o’quv materialini keyingi qismi o’rganiladi. Dasturlashtirilgan ta’limning asosiy vazifasi kichik-kichik qadamlar bilan o’quv materialini talabalarga etkazishdir va bunda o’zlashtirishni doimiy monitoring ostida kuzatishdan iborat. Har bir qadamni qay darajada o’zlashtirishini kuzatish o’zining afzalliklariga ega. Bunda talabalar o’quv materialini qaysi qismini chuqur va qaysi qismini zaif o’zlashtirganligi haqidagi ma’lumot ham darhol yuzaga chiqadi. Noaniqliklar va tushunmovchiliklar o’z vaqtida to’g`rilab boriladi.