Mavzu : epigrafik manbalar yordamida tarixni o’rganish reja: 1 epigrafika haqida malumot



Yüklə 47,78 Kb.
səhifə1/3
tarix06.06.2023
ölçüsü47,78 Kb.
#125951
  1   2   3
Ravshanbek

MAVZU : EPIGRAFIK MANBALAR YORDAMIDA TARIXNI O’RGANISH

REJA:

1)EPIGRAFIKA HAQIDA MALUMOT

2)TARIXNI O’RGANISHDA MANBALARNING AHAMIYATI

3)O’ZBEKISTONNING EPIGRAFIK YODGARLIKLARI


Epigrafika (yun.— bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimiy va oʻrta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni toʻplash, nashr etish va sharhlash bilan shugʻullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimiy bitiklar aytiladi. Uygʻonish davrnda, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab E. faqat Italiya, Gretsiya, Shim. Afrika va Falastinda topilgan qadimiy yozuvlarni oʻrgangan (qarang Paleografiya). qadimiy turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (qarang Urxun-Yenisey yozuvlari).

Epigrafika fan sifatida Yevropada Uyg‗onish davrida vujudga kelgan. Bu esa antik davr tarixi, madaniyati, shuningdek Sharq mamlakatlari tarixi va Bibliyaga bo‗lgan umumiy qiziqishning ortishi bilan bog‗liq edi. Epigrafikaning dastlabki bosqichlarida u Italiyadan, Gresiyadan, Shimoliy Afrika mamlakatlaridan va Palastindan topilgan, ya'ni lotin, grek, qadimgi yahudiy va finikiy tillarida yozilgan bitiklarnigina o‗rgangan. 18-19 asrlar davomida bu fan o‗zining metodikasini ishlab chiqdi. Bunga binoan epigrafika fani bitiklarning qalbaki emasligini aniqlash, undagi yozuvning xarakteriga qarab ularning bitilish sanasini topish, ulardagi ramziy belgilarning ma'nolarini o‗rganish, qisqartmalarning qanday so‗z ekanligini aniqlash kabi vazifalarni ham bajara boshladi. Epigrafika fanining bu metodikasi yozuvning paleografik xususiyatlariga qarab, bitilmalarni yozilish sanasini aniqlash, bitikdagi matnning o‗chib yoki yo‗qolib ketgan qismlarini qayta tiklash imkonini yaratgan.


Manbalar, tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.

Yüklə 47,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin