Mavzu : Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yo'llari . Reja: . Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish.
Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari bilan tanishish.
Korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yo'llari.
Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug'ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan bog'liq muammolar mavjud bo'ladi. Bu muammolarni uch darajada ko'rish mumkin. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda
minimallashtirish masalasiga kiradi. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya'ni eng ko'p foyda
hajmini, ya'ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish masalasini ko'rib chiqdik. Narxlar faqat iste'moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o'zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni rag'batlantirishdir. Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko'paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag'batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog'liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo'jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o'z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste'mollarini ko'plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog'liq bo'ladi.