Mavzu – lipidlar va lipidlar almashinuvi. Mavzu rеjasi


-rasm. Ayrim lipidlarning fazoviy strukturasi



Yüklə 170,65 Kb.
səhifə10/10
tarix24.12.2023
ölçüsü170,65 Kb.
#192453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lipidlar va lipidlar almashinuvi (2)

11-rasm. Ayrim lipidlarning fazoviy strukturasi

Xolesterin organizmda ikki xil funksiyani bajaradi: Birinchidan, u hujayra membranalari tarkib tuzulish qismi sifatida kiradi: Ikkinchidan, boshqa steroidlar - o`t kislotalari, steroid garmonlar, vitamin D3 sentizida o`tmishdosh bo`lib xizmat qiladi.


Xolesterin biosentizini 3 ta bosqichga bo`lish mumkin:



  1. Faol atsetatning meva kislotasiga aylanishi:

  2. Meva kislotasidan skvalenning hosil bo`lishi:

  3. Skvalendan xolesterin hosil bo`lishi:

Xolesterinning juda ko`pchilik qismi taxminan 80 foizi jigarda sentizlanadi; ikkinchi o`rinni ingichka ichak hujayralari egallaydi, organizmdagi butun xolesterinning 10 foiziga yaqini shularda hosil bo`ladi: yana taxminan 5 foizini teri hujayralari qo`shib turadi. Xolesterin sentizi uchun zarur bo`ladigan fermentlar hamma hujayralarda bor. Odam organizmida bi kecha kunduzda sentezlanadigan xolesterinning umumiy miqdori 1 gr ga boradi. Odamning bir kecha-kunduzlik ovqatida2-3gr xolesterin bo`ladigan mahallarda uning o`z xolesterini deyarli butunlay sentizlanmay qo`yadi.
Jigarda xolesterinning bir qismi o`t kislotalariga aylanadi. O`t kislotalarini xolat kislotasining unumlari deb qarash mumkin. Xolat kislota o`z holicha organizmda hosil bo`lmaydi. Gepatotsitlarda xolesterindan to`g`ridan-to`g`ri xenodizosixolat va xolat kislotalar - birlamchi o`t kislotalari hosil bo`ladi. Bularning hosil bo`lishi gidrokselazalar ishtirokida gidroksil guruhlarining qo`shilish reaksiyalarini va xolesterin yon zanjirining qisman oksidlanish reaksiyalarini o`z ichiga oladi.
O`t ichakka ajralib chiqqanidan keyin ichak florasi fermentlari ta`siri bilan birlamchi o`t kislotalaridan letoxolat va dezoksixolat kislotalar, ya`ni ikkilamchi o`t kislotalari hosil bo`ladi. Bular ichakdan so`rilib vena qoni bilan jigarga boradi keyin esa, o`tga tushadi. Ichak mikroorganizmlari 20 ga yaqin har xil ikkilamchi o`t kislotalarini hosil qiladi, lekin sezirarli miqdorlarda faqat dezoksi xolat kislota bilan kamroq darajada letoxolat kislota so`riladi, qolganlari axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. O`tda asosan kon`yugatsiyalangan, ya`ni glitsirin yoki taurin bilan birikkan o`t kislotalari bo`ladi. Glitsirin yoki taurin qoldig`iga ega yon zanjir gidrofil bo`ladi, shu bilan bir vaqtda molekulaning ikkinchi uchi gidrofobdir. O`tdagi o`t kislotalari konsentratsiyasi taxminan 1 foizga teng: o`tda fosfolipidlar xolesterin (0,5 %) hamda billirubin, oqsillar, meniral tuzlar ham bo`ladi.
Bioximyaviy jihatdan qaraganda, arterosklerozning asosiy ifodasi arteriyalar devorlarida xolesterin to`planib, o`tirib qolishidir. Aterosklerotik o`zgarishlar arteriyalar ichki yuzasida lipid dog`lari va yo`llari paydo bo`lishidan boshlanadi.
Aterosklerozning eng xavfli va ko`p uchrab turadigan asorati yurak eshimiya kasalligi, miokard infarkti, insult xamda buyrakka aloqador gepertaniya formalarining barchasi – oyoqlar gangrenasidir.

1Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page 110)

2Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page 115)

3Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page 118)

4Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page 118)

5Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page 119)

Yüklə 170,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin