«Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash » metodi
o`qituvchi tahsil oluvchilarining soniga ko`ra har bir tahsil oluvchi uchun qizil va yashil rangli kartochkalar hamda mavzuga oid savolnoma tayyorlanadi;
– savolnomadan “ha” yoki “yo`q” tarzida javob berish mumkin bo`lgan savollar o`rin olgan;
–tahsil oluvchilarga qizil rangli kartochkalarning “tasdiq”, yashil rangli kartochkalarning “inkor” ma’nosini anglatishi uqtirib o`tiladi;
– tahsil oluvchilar o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga “tasdiq” yoki “inkor” ma’nolarini anglatuvchi kartochkalarni ko`rsatish asosida javob qaytaradilar.
Umumiy o`rta ta’lim maktablarining VIII sinfida “Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo`yich tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida “ Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash” metodini qo`llashda tahsil oluvchilarga quyidagi savollarni berish mumkin:

Tasdiq
Inkor
savollar
1.Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar zarur bo`ladimi?
2. Havo, suv, quyosh nuri va issiqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni inson kuchi bilan hosil qilish mumkinmi?
3. Inson mehnati, u tomonidan tashkil etilayotgan iqtisodiy faoliyatning mahsuli mahsulot deb ataladimi?
4. Mahsulotlar faqatgina moddiy ne’matlardangina iboratmi?
5. Xizmat ko`rsatishning muayyan ko`rinishi mahsulot bo`la oladimi?
6. Moddiy ne’mat yaratmaydigan, biroq natijasi insonlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat xizmatlar deb ataladimi?
6. Moddiy ne’mat yaratmaydigan, biroq natijasi insonlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat xizmatlar deb ataladimi?
7. Mahsulot ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resruslarning bo`lishi shartmi?
8. Iqtisodiy resruslar miqdorining “cheklangan deb hisoblanishi” to`grimi?
9. Jamiyatda iqtisodiy cheklanganlik muammosi mavjudmi?
10.Iqtisodiy cheklanganlik muammosining iqtisodiyotning asosiy muammosi deb hisoblanishi to`g`rimi?