Mavzu : O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati Mundarija Kirish Reja; I bob. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish


Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati



Yüklə 40,86 Kb.
səhifə3/6
tarix02.01.2022
ölçüsü40,86 Kb.
#39467
1   2   3   4   5   6
O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati

1.2. Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati


Pedagogik jarayonni individuallashtirishning ikki sohasi mavjud: birinchidan tarbiyaning har bir talabaga yetib borishi zarur, ikkinchidan o'rgatish va tarbiyalash jarayonida har bir talabaning individual xususiyatlarini hamda uni hayotdagi shartsharoitlarini bilgan holda individual yondoshish zarurligini talab
qiladi. Individual yondoshish kerakli vaqtda shaxsiy yondoshishni ham o'z ichiga oladi.Bunda o'quvchilarning shaxsidagi sportga dinamik kommunikativ bilish va psixofiziologik xusisiyatlari tushuniladi.
Dinamik xususiyatlar ish faoliyatiga nisbatan qo`zg`atuvchi funktsiyasini bajaradi, uning ichida yo'naltirilgan ijodiy yo'nalish beradigan shaxs faoliyati yotadi. Bularga ehtiyoj, sabab, xohish, qiziqish, maqsad, moyillik, o'zini shu ishga boshlashga kirisha olish, orzu-ishonish, dunyoqarashi, temperamenti kiradi.
Jismoniy tarbiyada o'quv materialini individual sur'atda o'zlashtirish dasturi va algoritmik shakldagi ko'rsatmalar uslubiyatlarini o'rgatishda foydalanganda har bir talaba o'quv materialini o'zi mustqil ravishda bajarib, keyingi topshiriqqa o'tishi
mumkin. Yuklamalarni nazorat qilishni tashkil etish uchun M.A.Godik ishlariga tayanish mumkin. Ular asosan uslubiy jihatdan yordam beradi. U trenirovka vositalarini quyidagicha tasniflashni taklif etadi.

1) ixtisoslashganligi, u berilgan trenirovka vositasining musobaqa mashqi bilan o'xshashlik darajasini tavsiyalaydi.

2) yo'nalish, ya'ni trenirovka mashqlarining u yoki bu harakat sifatiga bo'lgan ta'siri.

3) koordinatsion murakkabligi- bu tavsif trenirovka samarasi o'lchamlariga ta'sir ko'rsatadi.



4) o'lchami, ya'ni bu tavsif mashqning sportchi organizmiga ta'siri darajasini aniqlab beradi.
Kundalik nazorat davomida ixtisoslashganligi yo'nalishi va koordinatsion murakkabligi turlicha bo'lgan yuklamalar tarkibi hamda mazmuni o'lchami bo'yicha nazorat qilinadi, kundalik nazoart doirasida, yuklamalarni nazorat qilishi bilan bir qatorda, kurashchilar tayyorgarligining alohida tomonlari, ya'ni texnik,
taktik, tezkor kuch funktsional hamda ruhiy tayyorgarlik dinamikasi baholanadi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarning ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’zining faoliyatini rejalashtirishga mas’uliyat bilan yondashadigan pedagoglar hammasidan ko’ra yuqori natijalarga erishadilar. Rejalar o’zoqni ko’zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo’yilgan vazifalarni hal qilishda eng samarali vosita va yo’llarini nazarda tutadi.
Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini mensimaslik, samarali ish manbaiga yo’zaki yondashish hollari ham uchrab turadi.
Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi yoki o’quv dasturini o’ylamasdan to’g’ridan to’g’ri ko’chirish, qayta yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko’rinishlari mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir. Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to’g’ri xulosalar
chiqarib bilishni o’z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil qilish o’qituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, o’quv materiallarining optimal porsiyalarini va pedagogik faoliyat sur’atlarini kursatib beradi.
Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni tizimini shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni to’zish demakdir Rejalashtirish jarayonini o’qituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini tashkil kiluvchi, qator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni hal qilishga principal yondashishda ishning asosiy yunalishlari g’oyalari paydo bo’lishidan boshlanadi. Bunday dastlabki g’oya, odatda, talabalik davrida boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda
yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy uslubiyotini o’rganishda, pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilar ishini ko’zatishda, talaba o’zlashtirayotgan bilim va malakalarini o’zining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi o’quv yilida bo’ladigan ishlar g’oyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshqa pedagoglarning faoliyatini ko’zatish, mustakil bilim orttirish jarayonida oladigan ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat hamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar o’qituvchilari tajribasidan
ham foydalanish kerak.
Keyin g’oya anik ish sharoitlari, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma’lum o’zgartishlar kirtilishi tabiiy. Faqat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning asosida o’quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari xolati darajasi loyihalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o’quv dasturida nazarda tutilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish, jismoniy mashqlarni o’rganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo’yicha bir qator anik vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning anik vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin.
Quyilgan vazifalarni hal qilish uchun o’qituvchi o’quvchilarga pedagogik ta’sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish sharoitlarini o’z ichiga oladi. Bu operatsiya, xuddi oldingidek, o’quvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil qilishga halakit beruvchi yo’z berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish lozim.
Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat o’tkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha operatsiyalarning tug’ri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo’ladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy farq qilsa, demak rejalashtirish
texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta zvenodan qidirish kerak bo’ladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki olinmaganligini tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir tizimi taftish qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa pedagogic vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning bajarilmasligiga sabab bo’lganligiga o’qituvchi qat’iy ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi. Odatda o’qituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan ko’zga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta’sir kursatadi. Shuning uchun yosh o’qituvchilar o’zining barcha faoliyatini
doimiy tahlil qilishlari. O’zlari uchun talabchan ko’zli bo’lishlari kerak.
Bu kelajakda muvaffaqqiyat garovidir. Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga olish natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, o’quv choragi, o’quv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.


Yüklə 40,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin