Mavzu : O’rta yuqori chastota diapason antenalar va parametrlaei Oʻta yuqori chastotalar



Yüklə 380,08 Kb.
səhifə2/2
tarix13.04.2023
ölçüsü380,08 Kb.
#97334
1   2
o\'rta yuqori chastota

Direktorli antenna


  • Direktorli antenna õq bõyicha nurlovchi chiziqli panjarali antennadan tashkil topgan.

Direktorli antenna

Koaksial fider 75 Om tõlqin qarshiligiga ega uni aktiv vibrator bilan bog’lash uchun moslashuvchanlik bo’lishi kerak. Aktiv vibrator sifatida yarim tõlqinli vibrator ishlatilsa kirish qarshiligi 20…30 Om gacha kamayadi, bu koaksial kabel bilan moslashuvchanlik muammosini keltirib chiqaradi. Shuning uchun asosan, aktiv vibrator sifatida 290…300 Om qarshilikga ega bõlgan halqali vibrator ishlatiladi

Direktorli antennani labaratorya sharoitida tadqiq etish

generator uzatuvchi antenna,

Direktorli antennani labaratorya sharoitida tadqiq etish

qabul qiluvchi direktorli antenna rezonans tõlqin õlchagichning . indikator qurilma

Direktorli antennani labaratorya sharoitida tadqiq etish

Halqali vibrator õrnatilgan harakatlanuvchi shtangani 100 qadam bilan aylantirib, burchak φ va tõlqin õlchagich indikator qurilmasi kõrsatgichi α ni yozib vibratorning yõnalganlik diagrammasini aniqlaymiz

Direktorli antennani labaratorya sharoitida tadqiq etish

Reflektorni õrnatib va uni antenna õqi atrofida reflektor tomonidan minimal qabul qilish kuzatila.digan holatgacha aylantiramiz

Direktorni õrnatinb va uni antenna õqi atrofida direktor tomonidan minimal qabul qilish kuzatiladigan holatgacha aylantiramiz




Yuqori chastotali yarim o‘tkazuvchi diodlar
To‘g‘rilovchi diodlarga o‘xshab, yuqori chastotali YO’D larda ham n-p o‘tishning nosimmetrik o‘tkazuvchanligi ishlatiladi. Ular to‘g‘rilovchi diodlarga qaraganda ancha yuqori chastotalarda ishlaydi (yuzlab Mgs gacha), universal va impulslilarga bo‘linadi. Universal yuqori chastotali diodlar tokning bir yo‘nalishdagi yuqori chastotali tebranishlarni olish uchun modulyatsiyalashgan yuqori chastotali tebranishlarni amplitudasi bo‘yicha – chastotali modulyatsiya tebranishlarni (detektorlash) chastotasini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Impulsli diodlar impulsli shemalarda almashib ulagich elementi sifatida ishlatiladi. YOD yuqori chastotada ishlaganda diodning inersiyaligiga sababchi bo‘lib, o‘tish sig‘imi katta rol o‘ynaydi. Agar diod to‘g‘rilovchi shemaga ulansa, bunda sig‘imni ta’siri to‘g‘rilash jarayonini yomonlashuviga olib keladi.
Bundan tashqari, n-p o‘tishga keltirilgan tashqi kuchlanishni bir qismi diodning baza qarshiligida qolishi tufayli, to‘g‘rilash samaradorligi pasayadi. Shundan kelib chiqadiki, yuqori chastotada ishlaydigan YODni n-p o‘tishlari kichik sig‘imli va bazaning kichik qarshiligiga ega bo‘lishi kerak. Sig‘imni kamaytirish uchun o‘tish maydonini kamaytirishadi, bazanig qarshiligini kamaytirish uchun bazaning qalinligini kamaytirishadi. Yuqori chastotali diodni inersion hususiyatlarini kamaytirish talabi va shu sababli o‘tish maydonini kamaytirish, bir xil asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning xayot vaqti va baza qalinligi o‘ta muhim bo‘lishi mumkin, shundanki, agar diod impuls shemada qayta ulagich sifatida ishlasa. Qayta ulagich ikki xolatga ega: ochiq va yopiq. Ideal holatda qayta ulagich ochiq bo‘lganida qarshiligi nolga teng, qarshiligi cheksiz katta bo‘lishi – yopiq bo‘lganida va bir onda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi lozim. Amalda yuqori chastotali diodni yopiq holatidan ochiq holatiga va teskarisi qayta ulashlarda turg‘un (statsionar) holat bir muncha vaqtdan keyin o‘rnatiladi, uni qayta ulash vaqti deb ataladi va diodning inersion xususiyatlarini ta’riflaydi. Tez qayta ulaganda inersion xususiyatlari bo‘lishi qayta ulanadigan impulslar shaklini buzulishiga olib keladi. Impulsli diodlarni tayyorlashda dastlabki yarim o‘tkazgichga rekombinatsiyani (Au, Cu, Ni) unumli markazi bo‘lgan elementlar kiritiladi, bu esa og‘irligi bir xil bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni hayot vaqtini kamaytiradi. P-xududini (bazasini) qalinligi Np teshiklarni chopish diffuzion uzunligi miqdoriga qaraganda kam miqdorigacha kamayadi. Bu bir vaqtda og‘irligi bir xil bo‘lmagan tashuvchilar hayot vaqtini va baza qarshiligini kamaytiradi. Yuqori chastotali diodlar konstruksiyasi bo‘yicha nuqtaviy konstruksiya ko‘rinishida yoki juda kichik maydonli o‘tish yupqa konstruksiyada bajariladi.
Tunel diodlar. Tunel diodlar ko‘p miqdorda aralashmali yarim o‘tkazgichlardan tayyorlanadi (yaratilgan yarim o‘tkazgichlar). Yaratilgan yarim o‘tkaz- gichlar asosida bajarilgan n-p o‘tishni voltam- perli tavsifi manfiy qarshilikli xududga ega bo‘lib, bunda kuchlanish ko‘payganda oqib o‘tadigan tok kamayadi. Manfiy qarshilikka ega bo‘lgan element, elektr energiyani talab qilmaydi, uni zanjirga beradi, ya’ni zanjirning faol elementi hisoblanadi. Volt-amperli tavsifining tushib ketuvchi qismi bo‘lgani uchun tunel diodlarni generatorlar va keng diapazon chastotali shu jumladan SVCH (o‘ta yuqori chastotali), elektr tebranishlarni kuchaytirgichlari sifatida va yuqori tezikli qayta ulashlar sifatida ishlatishga imkon yaratadi. Tunel diodlar yaratilgan yarim o‘tkazgichlardan, asosan, germaniy, kremniy va arsenad gal- liydan tayyorlanadi. Potensial to‘siq orasidan tashuvchilarni tunel o‘tishi uchun n-p o‘tish tor va keskin bo‘lgani sababli, tunel diodlarning n-p o‘tishlari eritib quyish usuli bilan tayyorlanadi. Bundan tashqari, yaratilgan qatlamlarni epitaksial qo‘shib borish usuli qo‘llaniladi, bu shuningdek keskin o‘tishlarni olishga yordam beradi. Sig‘imni kamaytirish uchun (demak, manfiy qarshilik bilan faol element sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan tunel diodni yuqori chegaraviy chastotasini oshirish uchun) p-n o‘tishlarni kichik maydonini olish usuli qo‘llaniladi.


Rasmda tunel diodning volt-amperli tavsifi ko‘rsatilgan. Unig shakli aralashmalar konsentratsiyasiga, konsentratsiya miqdori bir xil bo‘lganda aralashmalar turiga va haroratiga bog‘liq, shu bilan birga haroratga bog‘liqligi turli materiallardan tayyorlangan tunel diodlar uchun har xil bo‘ladi. Tunel diodni volt-amperli tavsifini ifodalovchi asosiy parametri bo‘lib pastga tashuvchi qismini qiyaligini ko‘rsatadigan manfiy differensial qarshilik hisoblanadi:

O‘tishni potensial to‘sig‘idan elektronlarni tunel o‘tishi diffuziyasi sekin o‘tadigan jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagani sababli, bunda tunel tokni uzatish tezligi yuqori (kuchli legirlangan germaniy uchun, taxminan 10-13с) va tashuvchilarni kam xarakatlanuvchilik hisobiga tunel diodlarda inersiyalik bo‘lmaydi. Shuning uchun tunel diodlarni chastotaviy xususiyatlari tokni uzatish tezligi bilan aniqlanmasdan, balki faqat kostruksiyaga bog‘liq bo‘lgan omillar bilan: n-p o‘tish sig‘imi S bilan, yarim o‘tkazgichni hajmiy qarshiligi va ulanadigan uchlari bog‘liq bo‘lgan yo‘qotish qarshiliklari bilan va diodning induktivlik Ld yig‘indisi bilan aniqlanadi. Tunel diodni chastotaviy xususiyatlari maksimal chastotasi Fmax bilan ta’riflanadi. Fmax dan yuqori chastotalarda tunel diodni manfiy qarshilik sifatida ishlatib bo‘lmaydi, ya’ni bu chastotalarda elektr tebranishlarni kuchaytirish va generatsiyalash mumkin emas. Bundan tashqari, yuqori chastotalarda tunel diodni sifati Imax/c nisbati bilan baholanadi va ba’zan uni asllik omili deb atashadi. Tunel diodni almashib ulagichli shemalarda ishlaganida uning tez harakatlanuvchiligi qayta ulash vaqtini miqdori bilan belgilanadi va u diod xususiyatlari va shenaning parametrlariga bog‘liq.
Tranzistorlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.1948 y. D.Bardin va V.Bratteyn nuqtali n-p o‘tishlar bilan ishlab turib, ikki n-p o‘tishli qurilma quvvati bo‘yicha elektr tebranishlarni kuchaytirish qobiliyatiga egaligini guvohi bo‘lishdi. Bu qurilmani ular tranzistor deb atashdi (“Transfer” - o‘zgartiruvchi va “resistor” - qarshilik – ingliz so‘zларидан olingan). Bugungi kunda bir yoki bir nechta n-p o‘tishli va uch yoki undan ko‘p uchlari bo‘lgan elektr o‘zgartiruvchi yarim o‘tkazgichli asbob tranzistor deb nomlanadi.
Tranzistorlar konstruksiyasi bo‘yicha nuqtali va yassi bo‘lishi mumkin, biroq, garchi nuqtali tranzistorlar oldin paydo bo‘lishiga qaramasdan, ularning nostabil ishlashi shunga olib kelidiki, bugungi kunda faqat yassi tranzistorlar ishlab chiqariladi. Yassi tranzistor yarim o‘tkazuvchi- ning monokristalli bo‘lib, unda ikki xudud bir tipdagi o‘tkazuvchanlikka ega, qarama-qarshi tipdagi o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan hudud bilan bo‘lingan. Shunday qilib, n-p-n va p-n-p tuzilmalar olinishi mumkin (quydagi rasmga a va b larga qarang).


a) EO‘ KO‘ b) EO‘ KO‘


Har bir hudud o‘z nomiga ega: 1-emitter (E); 2-baza (B); 3-kollektor (K). EO’ – emitter o‘tish, KO’ – kollektor o‘tish. Xududlar orasidagi har xil tipdagi o‘zgaruvchanlikda n-p o‘tishlar hosil bo‘ladi. Emitter va baza orasida hosil bo‘ladigan n-p o‘tish emitterli o‘tish deb nomlanadi (EO‘); Baza va kollektor orasida hosil bo‘ladigan n-p o‘tish kollektorli o‘tish nomlanadi. (KO‘) Tashqi elektr shema bilan ulash uchun emmiter, baza va kollektor uchlarga ega bo‘lib, ular yarim o‘tkazgichni metall bilan to‘g‘rilanmaydigan (omik) kontaktlarni namoyon qiladi. Sistema butunlay germitizatsiyalangan qobiqqa kiritilgan, elektrodlarni uchlari esa tashqariga chiqarilgan.


Emitterli va kollektorli o‘tishlarni turli usullar bilan olish mumkin. Baza hududida aralashmalarni taqsimlanishi o‘tishlarni olish usuliga bog‘liq. Agar baza hududida aralashmalar konsentratsiyasi bir tekisda taqsimlansa (masalan, n-p o‘tishlarni qotishma usuli bilan olishda), bunda ma’lum bir qismi nazarga olinmasa, bazada elektr maydon yo‘q deb hisoblasa bo‘ladi. Quydagi rasmda n-p-n (a) va p-n-p (b) shartli belgilari ko‘rsatilgan.


Agar baza doirasida aralashmalar konsentratsiyasi notekis taqsimlangan bo‘lsa (diffuzion jarayonlar yordamida n-p o‘tishlar yaratilganda sodir bo‘ladi), bunda u elektr maydonini paydo bo‘lishiga olib keladi, uning miqdori aralashmalarni notekis joylanishiga bog‘liq bo‘ladi. Baza doirasida maksimal o‘zgarmas elektr maydoni aralashmalar konsentratsiyasini ekspotensial taqsimlanishida paydo bo‘ladi. Bazada aralashmalar konsentratsiyasi bir jinsli taqismlangan tranzistorlar (amalda yo‘q bo‘lgan bazaning elektr maydoni) dreyflanmagan deyiladi. Bazada aralashmalar konsentratsiyasi bir jinsli bo‘lmagan taqisimlanishli tranzistorlar (bazaning elektr maydoni mavjud) dreyflangan deyiladi. O‘tishlarni emitterligiga va kollektorligiga yo to‘g‘ri, yoki teskari kuchlanish berilishi mumkin. Emiterli va kollektorli o‘tishlariga beriladigan kuchlanishlarni belgisiga bog‘liq xolda, tranzistor uch rejimda ishlashi bilan farqlanadi:


1) to‘yinish rejimi – ikki n-p o‘tishshlarga to‘g‘ri kuchlanish berilgan; 2) kesib tashlash rejimi–ikki n-p o‘tishlarga teskari kuchlanish berilgan; 3) faol rejim - o‘tishlarni biriga to‘g‘ri, ikkinchisiga esa teskari kuchlanish berilgan. To‘yinish rejimda emitterli va kollektorli o‘tishlarga to‘g‘ri kuchlanish berilganda potensial to‘siq kamayadi va baza doirasiga o‘tishlar orqali zaryad tashuvchilarni asosiysi bo‘lma- ganlari injektsilanadi – n-p-n tranzistor bo‘l-gan da teshiklar injektsiyallanadi. Natijada asosiy bo‘lmagan tashuvchilar bilan baza to‘yinadi, tranzistor kichik qarshilikka o‘xshab o‘zini tutadi va undan o‘tadigan toklar asosan tashqi zanjir elementlari hisobiga cheklanadi.
Faol rejimda odatda emitterli o‘tishga to‘g‘ri kuchlanish, kollektorli o‘tishga esa – teskari kuchlanish beriladi (garchi inversli ulanish ham mumkin, ya’ni EO‘ teskari kuchlanish, KO‘ esa to‘g‘ri kuchlanish beriladi). Bu holatda emitter bazaga zaryadning asosiysi bo‘lmagan tashuvchilarni injentiriladi – teshiklarni shu bilan birga ularning soni (konsentratsiyasi) emitterli o‘tishga berilgan kuchlanish miqdoriga bog‘liq.
Bazada diffuziyali xarakatlanib, taxminan barcha asosiy bo‘lmagan tashuvchilar (faqat ozgina qismi baza zaryadining asosiy tashuvchilari bilan rekombinatsiyalashadi) kollektorli o‘tishiga yetib boradi. Teskari yo‘nalishda ulangan kollektorli o‘tishning elektr maydoni asosiy bo‘lmagan tashuvchilar uchun tezlashtiruvchi bo‘lgani sababli, ular o‘tish joyi orqali «itarib kirishadi» va kollektorda yig‘ilishadi. Shunday qilib, tranzistor orqali o‘tuvchi tok asosan zaryadning asosiy bo‘lmagan tashuv-chilar toki bo‘lib, uning miqldori emitterli o‘tishga berilgan to‘g‘ri kuchlanish miqdori bilan aniqlanadi.
Kichik qarshilikka ega bo‘lgan bu tok EO‘ orqali oqishi va katta qarshilikka ega bo‘lgan KO‘dan oqishi elektr signallarining quvvatini va kuchlanishini kuchaytirishga sharoit tug‘diradi. Yuqorida bayon etilganidan kelib chiqadiki, tranzistor elektr tebranishlarini kuchaytirgichi sifatida ishlatish mumkinligi, bunda faol rejimda ishlaydi va qayta ulovchi sifatida impuls o‘tish vaqtida u to‘yinish rejimida ishlaydi, impulslar oralig‘i vaqtida kesib tashlash rejimida va qayta ulash vaqtida faol rejimda ishlaydi.

Emitter rolini kollektr, kollektor rolini esa emitter bajarganda, tranzistor to‘g‘ri ulanishda ham (EO‘ ga to‘g‘ri kuchlanish beriladi, KO‘ga esa teskari) va inversal ulanishda ham ishlashi mumkin. Tranzistorni kam tokli qayta ulagich sifatida ishlatilganda inversli ulash amaliy qiziqish tug‘diradi. Tranzistor kuchaytirgich sifatida ishlaganda bunday ulash ko‘p holda maqsadga muvofiq emas. n-p-n tipdagi qo‘shqutbli tranzistorda fizik jarayonlar. EO‘ ga to‘g‘ri kuchlanish berilgan, KU ga esa – teskari (ya’ni tranzistor faol rejimda igshlab turibdi) sharoitida emitter, baza va kollektor uchlarida bo‘lib o‘tayotgan tranzistorning tuzilmasi orqali zaryad tashuvchilar harakatini ko‘rib chiqamiz.


Tranzistorning tuzilmasi orqali oqadigan toklar miqdori emitterli va kollektorli o‘tishlariga beriladigan faqat kuchlanishlar bilan aniqlanmasdan, bu o‘tishlarni o‘zaro bir-biriga ta’sir etishiga bog‘liq. O‘tishlarni bir-biriga ta’sir etishi o‘z navbatida, ular orasidagi masofaga bog‘iq, ya’ni baza doirasining – W eniga.


Triod qalinligidagi teshiklar yo‘li Elektronlar yo‘li Tashqi zanjirdagi tok yo‘nalishi (a-rasm)


a-rasmda n-p-n tranzistorning tuzilmasidagi zaryad tashuvchilarni harakati va tashqi uchlardagi oqadigan toklar ko‘rsatilgan. Agar bazaning eni W bazadagi asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni diffuziyali chopish uzunligidan Lph (a-rasm) kam bo‘lsa, bunda KO‘ orqali oqadigan tok miqdori quyidagi sabablari bilan aniqlanadi: 1) bu holatda bazaning eni kollektor doirasining enidan ancha kichik bo‘lgani sababli, baza doirasida (Ikor) berilgan haroratda paydo bo‘ladigan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning soni kollektor doirasida (Ikop) paydo bo‘ladigan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni soni ancha kam bo‘ladi va bunda hisoblash mumkin: Iko  Ikop;
2) Emitterli o‘tishni pastlashgan potensial to‘siq ustidan emitterdan bazaga diffuziyali o‘tadigan teshiklar, bazada asosan kollektorli o‘tish tomoniga diffuziyali xarakatlanishni davom etadi. Bazani eni ularni diffuziyali yugirish uzunligidan kichik bo‘lgani uchun, bazani, soni bo‘yicha shuncha ko‘p ular kollektorli o‘tishga yetib boradi. Ammo dispersiya xolatida, ya’ni tashuvchilarni tartibsiz issiqlik xarakatida bo‘lgani uchun, rekombinatsiya jarayoni sababli yuzada, bazaning ichida yoki baza qalinligida teshkilarni qandaydir bir qismi KO‘gacha yetib bormaydi. Buning natijasida baza zanjirida bazali tok IB hosil bo‘ladi. Kollektorli o‘tishga yetib boradigan emitterli tok qismini tariflovchi miqdor emitterning o‘zgarmas tokini uzatuvchi koeffitsiyenti deb nomlanadi va Lo orqali belgilanadi.

Kollektor toki bunday ko‘rinishga ega bo‘ladi:



Ik=L0Iэ+Iko

Shunday qilib, W< manbai bilan ketma-ket ulangan Ukup o‘zgaruvchan kuchlanish emitter tokini Ie, kolletor tokini Ik, va baza tokini Ib o‘zgaruvchan tashkil etuvchilarni paydo bo‘lishiga olib keladi va ular o‘zgarmas tashkil etuvchilarga qo‘shilib boradi. p-n-p tranzistor orqali oqadigan o‘zgarmas toklarga o‘xshab, o‘zgaruvchan toklar ham kuchlanish funksiyasi hisoblanadi. Agar kirish qismiga sinusaidali kuchlanish berilsa, bunda u emitterli va kollektorli o‘tishlarda teshiklar zichligini sinusoidal o‘zgarishiga olib keladi, ya’ni emitter, kolletor va bazaning o‘zgaruvchan toklarini sinusoidal o‘zgarishiga.






b-rasm.
EO‘ orqali oqadigan o‘zgaruvchan tok elektronli va teshikli toklar yeg‘indisiga teng, shu bilan birga r-p-r tranzistor uchun faqat teshikli tashkil etuvchisi kichik qarshilikka ega bo‘lgan EO‘ni ketma-ket o‘tadi va katta qarshilikka bo‘lgan KO‘, ya’ni elektr tebranishlarni kuchaytirish uchun sharoit tug‘diradi. Shu sababli amaliyotda tranzistorning kuchaytirish xususiyatlarini tariflash uchun emitter tokini kuchaytirish koeffitsiyentidan foydalanishadi, yoki boshqacha aytganda, tok bo‘yicha A kuchaytirish koeffitsiyentidan, bu esa o‘zgaruvchi tok bo‘yicha kolletorni bazaga qisqa tutashuv rejimida umumiy kollektorli o‘zgaruchan tokini umumiy o‘zgaruvchan emitterli tokiga nisbati bo‘ladi:


Tranzistorlarni ishlash prinspi quyidagicha: emitter ichidagi elektr toki asosiy zaryadlanuvchilar bo`lgan kocaklar harakatidir. Bu kovaklar asososohasiga injensiyalanadi va asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilar sifatida kollektorga qarab harakatlanadi. Bu erda musbat kovaklar o`tish ichida ta`sir ko`rsatayotgan maydon tomondan tortib olinadi (manfiy zaryadlangan kollektorga tortiladi) va kollektor ichida asosiy zaryad tashuvchilar tarzida kollektor tokini o`zgartiradi. Emitter zanjirida tokning har qanday o`zgarishlari zanjirdagi tokni o`zgartiradi. Kolektor zanjirdagi yuklama qarshiligida kuchlanish o`zgarishlarini hosil qiluvchi kuchlanishdan katta qilib olish, kollektor zanjirida o`zgaruvchan tok, yuklama qarshiligida esa o`zgaruvchan kuchlanish hosil qilish mumkin. Bunda o`zgaruvchan tokning yuklama qarshiligida ajraladigan quvvatni emitter zanjiridan sarflanayotgan quvvatdan katta qilib olinishi mumkin, yani quvvatni kuchayishi sodir bo`ladi. Yarim o`tkazgichli triodlar huddi uch elektrodli vacuum lampalar kabi ishlaydi. Bunda emitter katod rolini, kollektor esa anod rolini o`ynaydi, to`r o`rnida esa baza bo`ladi. Ko`rinishi, tuzilishi va ishlash prinspiga qarab tranzistorlar yassi, bopolyar, maydon tranzistorlariga bo`linadi.

«O’qitish jarayoni «klassik qoida»ga bo’ysunadi. Ya`ni o’qituvchi sinfga kirib, dars mavzusini e`lon qiladi va darhol uning mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars (ma`ruza)ni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jalb qila oladigan faoliyat bosqichi-motivatsiyani vujudga keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivasiya bosqichi o’quv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi»



Yüklə 380,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin