Mavzu : O’yin bog’cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat sifatida



Yüklə 130,02 Kb.
səhifə7/8
tarix17.12.2022
ölçüsü130,02 Kb.
#75873
1   2   3   4   5   6   7   8
O’YIN IJODKORLIK VA KOGNITIV RIVOJLANISH

Xulosa va tavsiyalar
Ma’lumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil harakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va hodisalar bo’yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Bog’cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosabatga bo’lishga intiladi. Bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining xaddi sig’adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo’lishga intiladi. Biroq tabiiyki, bola o’zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo’l bilan qondira olmaydi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasidagi qarama - qarshilik yuzaga keladi.
Buni shu bilan izohlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog’liqdir.
Ikkinchidan esa, bolalar o‘yin jarayonida o’z ixtiyorlaridagi narsalarni, o’zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo’ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. O‘yin bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo’lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom xayol, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujjasamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari ham shakllanadi. Demak, bog’chadagi ta’lim tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofik tashkil qila borishga bog’liqdir.
Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi o‘yin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir.
Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, agarda biz bolalarning o‘yini faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko’prok qiziqishi, qobiliyati, irodasi temperamenti) yaqqol namoyon bo’lishini ko’ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o’zlari yolg’iz o’ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o’zlarining idrok, xotira, tassavur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli rolli o‘yinlarda bolalar asosan o’zlari har kuni qurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti – harakatlarini aks ettiradilar.

Yüklə 130,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin