MAVZU: O’YIN IJODKORLIK VA KOGNITIV RIVOJLANISH. MUNDARIJA: KIRISH. I.BOB. O’YIN FAOLIYATI NAZARIYASI 1.1.Bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati.
1.2..Maktabgacha yosh davrida o’yining takomillashuvi.
II.BOB. KOGNITIV RIVOJLANISHDA O’YINNING AHAMIYATI. 2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari
2.2.O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari.
XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali kechishi davlatimizni rivojlangan davlatlar hamjamiyati integratsiyalashuvida yosh avlodning ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta‘lim jarayonida bo’lajak o’quvchi bilish faoliyatini yo’lga qo’yish muhimdir. Dunyoviy bilimlarga ega bo’lgan, atrofida yuz berayotgan hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan shaxsiy manfaatlarini xalq manfaati bilan uyg’unlikda ko’radigan barkamol insonni tarbiyalash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta‘kidlab o’tilgan. Biz tafakkurga fikr musobaqasiga ehtiyoj har qachongidan ham kuchaygan davrda yashamoqdamiz. Binobarin, xalqimizning ong va tafakkurida keskin burilish yasash, mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish har jihatdan barkamol yoshlarni voyaga yetkazish iqtisodiy jihatdan qudratli davlat barpo etishning asosiy shartidir.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha taʼlim muassasasining “Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturida belgilanishicha, oʼquv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Mazkur hujjatda maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 4ta kompetensiyalari aks ettirilgan:
kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish koʼnikmasi;
oʼyin kompetensiyasi – bolaning oʼyin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va koʼnikmalardan ijodiy foydalanishi boʼlib, u oʼquv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi;
ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va meʼyorlariga rioya qilgan holda oʼzini tuta olish mahorati;
bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, koʼnikma, malaka va qadriyatlardan oʼquv va amaliy vazifalarni bajarish uchun foydalanish.
“Ilk qadam” oʼquv Dasturining oʼziga xosligi bolalarda oʼyin orqali oʼqishga intilishni rivojlantirish, oʼqitish emas; maktabgacha taʼlim muassasalar tarbiyachilari uchun ilk bor mavzuviy rejalashtirish belgilangan; ilk bor bolani davlat talablarining sohalari boʼyicha rivojlanish xaritasi taqdim etilganligida koʼrinadi.
“Ilk qadam” oʼquv dasturi asosida 3 yoshdan 7 yoshga qadar ilk bora mavzuviy rejalashtirish ishlab chiqilgan. Mazkur mavzuviy rejalashtirish asosida muassasalarda taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantiruvchi muhitda tashkil etilishi tavsiya etilgan. Mashgʼulotlar pedagogning ijodiy yondoshuvi asosida bolaning extiyoji va imkoniyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi 2 va undan ortiq rivojlantiruvchi muhitlarda. Rivojlantiruvchi muhitning asosiy faoliyat turi – oʼyin.
Maktabgacha taʼlim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning oʼziga xos belgilarga ega boʼlgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: madaniy tarixiy qadriyatlar, milliy va hududiy anʼanalar, tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos boʼlishi lozim. Muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirishi, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Rivojlantiruvchi muhitlarning 5 xil turi tavsiya etilgan:
1. Qurish-yasash va matematika;
2. Nutq va til;
3. Fan va tabiat markazi;
4. Sanʼat markazi;
5. Syujetli-rolli oʼyinlar va sahnalashtirish.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati oʼyin hisoblanadi. Toʼgʼri tashkil etilgan oʼyinda bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlari rivojlanishi, oʼquv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini taʼminlash uchun sharoitlar yaratiladi.