Mavzu : O’yin bog’cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat sifatida


O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari



Yüklə 130,02 Kb.
səhifə5/8
tarix17.12.2022
ölçüsü130,02 Kb.
#75873
1   2   3   4   5   6   7   8
O’YIN IJODKORLIK VA KOGNITIV RIVOJLANISH

2.2.O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari.
O‘yinlar vositasida tarbiyalanuvchilarga yangi bilimlar berish, ko‘nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag‘batlantirish mumkin. O‘yinlarni maqsadiga ko‘ra yetti turga ajratish mumkin1.
1. Guruh bo‘lib ishlash uchun sog‘lom muhit tashkil etishga qaratilgan o‘yinlar.
2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga qaratilgan o‘yinlar.
3. Guruhlrning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar.
4. O‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar.
5. Rag‘batlantiruvchi o‘yinlar.
6. Ijodkorlikka da’vat etuvchi o‘yinlar.
7. Yakunlovchi o‘yinlar.
Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarash ta’limda innovatsion metodlarni qo‘llashga yordam beradi.
Mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan o‘quv topshiriqlarning muayyan qismini o‘yin topshiriqlari tashkil etadi. Til hodisalarini o‘rga­nishda o‘yin vaziyatini yaratish yoki o‘yin darslarini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ona tili fani juda ko‘p mavhum tushunchalar, ta’rif, qoida va xulosalar bilan ish ko‘radiki, ularni xotirada saqlab qolish yoki zarur paytda amaliy faoliyatda qo‘llash tarbiyalanuvchiga ancha qiyinchilik tug‘diradi. Tarbiyalanuvchi har bir o‘rganila­yotgan til hodisasini o‘zining aqliy faoliyatidan o‘tkazsa, bu hodisalar ustida mustaqil ijodiy ishlar bajarsa, aqliy faoliyat usullari: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi bosqichlarni bosib o‘tsagina, u o‘rganilishi ko‘zda tutilgan til hodisalarining mohiyatini puxtaroq anglaydi va uni o‘rganishga qat’iy kirishadi va o‘yin-topshiriqlar ham tarbiyalanuvchidan xuddi mana shu bosqichlarni bosib o‘tishni talab etadi hamda uni ta’lim jarayonining subyektiga aylantiradi.
Ta’limiy o‘yinlarning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u tarbiyalanuvchidan tezkorlik, sezgirlik va topqirlikni talab etadi.
Ta’limiy o‘yinlarning boshqa o‘yin turlaridan tub farqi shundaki, bola jarayonda ishtirok etish orqali bilim oladi, egallagan ko‘nikma va malakalarini kengaytiradi. Tilga oid o‘yin-topshiriqlar ham boshqa fanlardan tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar singari, avvalo, muayyan maqsadga qaratilgan vazifani bajaradi. Bu vazifalar tarbiyalanuvchini bilim, ko‘nikma va malakalar silsilasi bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Modomiki shunday ekan, demak, o‘qituvchi tarbiyalanuvchilarni belgilangan vazifani bajarishga undaydi, yo‘naltiradi. Bu jarayon tarbiyalanuvchidan oldin egallagan bilimlarni xotirada tiklashni, zaruriyat tug‘ilganda uni yangi sharoitda qo‘llay olishni, o‘zida mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga solishini talab etadi.
Ta’limiy o‘yinda harakat usuli ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin harakati tarbiyalanuvchilarning diqqatini o‘ziga tortishi bilan birga, ularni tez faoliyat ko‘rsatishga ham undamog‘i darkor. Chunki bella­shayotgan tarbiyalanuvchilar yoki muayyan guruhlardan tezkorlik, sezgirlik, chaqqonlik talab etiladi. Shuni unutmaslik lozimki, faqat harakat usulidan xabardor tarbiyalanuvchigina o‘yin shartini to‘g‘ri bajarishga yo‘l topadi.
Ta’limiy o‘yin hamma vaqt belgilangan qoidaga bo‘ysunadi.
Shubhasiz, bu qoidalar o‘yin-topshiriqning shartida o‘z ifodasini topadi. O‘yin qoidasiga qat’ iy amal qilish uni muvaffaqiyatli bajarishning asosiy shartidir.
Ma’lumki, ta’limiy o‘yindan ko‘zlangan maqsad uning natijasida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun musobaqadoshlar ishning yakunida nimaga erishishlari mumkinligini aniq bilishlari kerak.
Dars jarayonida tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlarning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarni zerikish va toliqishdan saqlashdir. Shuni yodda tutmoq lozimki, о‘yin orqali singdirilgan bilim tarbiyalanuvchi xotirasiga mustahkam o‘rnashib qoladiva bu bilimlarni u har qanday tanish va notanish sharoitda ishga sola oladi.
Shunday qilib, MT mashg’ulotlaridatashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar mazmuni o‘z ichiga, asosan, to‘rt omilni qamrab oladi: 1) o‘yinning vazifasi; 2) o‘yinning harakati; 3) o‘yinning qoidasi; 4) o‘yinning yakuni.
MT mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni mu- rakkablik darajasiga ko‘ra, asosan, uch turga ajratish mumkin:

  • qayta xotirlashga asoslangan o‘yin-topshiriqlar;

  • qisman ijodiy o‘yin-topshiriqlar;

  • ijodiy o‘yin-topshiriqlar.

Qayta xotirlashga asoslangan oyin-topshiriqlar tarbiyalanuvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarini yangi sharoitda qo‘llashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi.Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish tarbiyalanuvchiga katta murakkablik ham tug‘dirmaydi. Oldin o‘rganilgan mavzular va bo‘limlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo'lgan tarbiyalanuvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin. Chunonchi, fonetika bo‘limidan unli va undosh tovushlar o‘rganilgach, muayyan bir tovush juftlari bilan farqlanuvchi (masalan: i-u, о-a, u-u, i-e, v.h.) tovushdosh so‘zlar hosil qilish yuzasidan musobaqa tashkil etilishi mumkin. Tarbiyalanuvchilar oldingi mashg‘ulotda shu tovush juftlari asosida so‘zlar hosil qilganligi tufayli bu o‘yin-topshiriqlarni qiynalmay bajara oladilar.
Qisman ijodiy oyin-topshiriqlar tarbiyalanuvchidan ma’lum bir yordamga asoslangan holda ijodiy faoliyat ko'rsatishni talab etadi. Ta’limiy o‘yinning qisman ijodiy bo‘lishi tarbiyalanuvchilarning bilim saviyasiga bog‘liq. Agar tarbiyalanuvchi oldin egallangan bilimlarni yangi sharoitda, tom ma’noda notanish sharoitda qo‘llashda o‘zida ishonch sezsa va uni bemalol uddalay olsa, topshiriqning qisman ijodiyligiga ehtiyoj qolmaydi. Topshiriq shartini bajarish uchun tarbiyalanuvchi tashqaridan (masalan: sinfdoshlaridan, o‘qituvchisidan, darslik va o‘quv qoilan­masidan, lug‘atlardan, ma’lumotnomalardan va hokazo) yordam olsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, topshiriq qisman ijodiy bo‘lib qoladi. Buning uchun o‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘quv imkoniyatlarini aniq bilishi va topshiriq shartini bajarish uchun ularga qanaqa yordam zarurligini belgilay olishi kerak.
Ijodiy o‘yin-topshiriqlar oldin egallangan bilimlarni tamomila yangi sharoitda qo‘llash demakdir.Shubhasiz, bu jarayon tarbiyalanuvchidan ijodiylikni, izlanuvchanlikni talab etadi. O‘yin-topshiriqni bajarishda tarbiyalanuvchi faqat o‘zida mavjud ichki imkoniyatlarga tayanadi, xolos.


Turli hayvonlar rasmi chiziladi qush, ilon, maymun, ayiq, timsoh...



Topshiriq:

Daraxtga chiqing

Muhokama. Mashq yaratishda mavzu, tarbiyalanuvchilar yoshi, intellek­tual xususiyatlarini hisobga olish haqida o‘ylab ko‘radilar.


Tarbiyalanuvchiga A-4 formatdgi qog‘ozlar tarqatiladi. Ular qog‘ozlardan samolyot yasaydilar. So‘ng qog‘oz samolyotlarga quyidagi topshiriqlarni yozadilar:



  1. Ism

  2. O‘qishdan keyingi mashg‘ulot

  3. Qiziqish – xobbi

  4. Orzu yoziladi. Samoliyot uchirilib, tahlil etiladi va bajarib turgan ishlari bilan o‘ylagan orzularining mos kelishiga e’tibor qaratiladi.

5. Xulosa.

Paxtaoy” o‘yini


Tarbiyalanuvchiga “Paxtaoy” rasmi aks etgan qog‘ozlar tarqatiladi. “Paxtaoy”ga

  1. Ism.

  2. 3 ta fazilatingiz.

  3. Talaba sifatida bajara oladigan eng yaxshi ishingiz.

  4. O‘zingizni nimaga meva, sabzavotlarga qiyoslaysiz.

  5. Hayotda nimadan qo‘rqasiz.

  6. 5 yildan so‘ng atrofdagilar sizga qanday ta’rif berishlarini istaysiz?

O‘yin tahlil etiladi.
Bugun kechagi kun haqida”

Qanday yangiliklarni bilib oldim?

Men uchun ahamiyatli tomoni?

Bog’chamda qo‘llayman.










Bugun kechagi kun haqida”mashqi


I. Bu mashqni bajarish uchun tarbiyalanuvchi kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhlarga yuqoridagi jadval beriladi. Guruh a’zolari oldingi dars haqida o‘ylab ko‘radilar. O‘tilganlarni, o‘rganganlari yuzasidan bahs-munozara uyushtiradilar.
II. Taqdimot. Guruhlarni bajargan ishlarini boshqa guruhlarg taqdim, ya’ni namoyish etadilar.
III. Muhokama.
Taqdimot muhokama etildi.
Muhokama uchun savollar:
1. “Bugun kechagi kun haqida” mashqi yoqdimi? Izoh. Yoqmadimi? Izoh.
2. Mashq jarayonida o‘zingizni qanday his qildingiz?
3. Guruhda ishlash oson bo‘ldimi?
4. Mashqni bajarishda faollar bo‘ldimi?
5. Bu mashqni ona tili ta’limida qo‘llash mumkinmi?

Baholayman” mashqi


I bosqich.
1. Tarbiyalanuvchi o‘rnilaridan turadilar.
2. Tarbiyachi 1-10 gacha bo‘lgan raqamni auditoriya poliga tartib bilan terib chiqadi.
3. Tarbiyalanuvchi o‘z bilimlarini o‘zlaricha baholaydilar, lozim topgan baholari yoniga kelib turadilar.
II bosqich.
Muhokama. Ko‘rsatmalar:
Men atrofdagilar bilan yaxshi hamkorlik qilaman.
Men tug‘ma liderman.
Men atrofdagilarga ular to‘g‘risidagi fikrlarimni ayta olaman.
Man atrofdagilarning men to‘g‘rimdagi fikrlarini tinglay olaman.
Men atrofdagilarga yordam bera olaman.
Men har doim yangi g‘oyalar kiritib turaman.
Men juda sabrliman.
Men guruhning oldiga chiqib, erkin gapira olaman.
Men o‘z ishimni rejalashtira olaman.
Men o‘rinli hazil qila olaman.
O‘rgimchak to‘ri” mashqi
I bosqich.
Tarbiyalanuvchi doira hosil qiladilar, ip yordamida. Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
II bosqich.

Yüklə 130,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin