Mavzu : O’yin bog’cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat sifatida



Yüklə 130,02 Kb.
səhifə6/8
tarix17.12.2022
ölçüsü130,02 Kb.
#75873
1   2   3   4   5   6   7   8
O’YIN IJODKORLIK VA KOGNITIV RIVOJLANISH

Muhokama:
I. 1. Tarbiyalanuvchi doira hosil qilib turadilar. 2 Kalava ip orqali o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 3. O‘qituvchi kalava ip yordamida o‘yinni boshlab beradi. 4. Kalava ip yordamida o‘rgimchak to‘riga o‘xshashlik hosil qilinadi.
II. Muhokama. Bu jarayon davomida iplar yechiladi va bir vaqtda o‘yin muhokama etiladi.
Aktivator 3-2-1” mashqi

  1. Meni o‘tgan darslarda hayratga solgan 3 ta o‘yin.

  2. Amaliyotim uchun zarur bo‘lgan 2 ta amaliy ish.

  3. Zudlik bilan amalda qo‘llayman.

  4. Tarbiyalanuvchi o‘ylab ko‘rdilar va o‘z fikrlarini bildiradilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin.

    1. syujetli va rollarga bo’lib uynaladigan o‘yinlar;

    2. Dilaktik o‘yinlar;

    3. Harakatli yoki qoidali o‘yinlar;

    4. Aralashtirilgan o‘yinlar;

    5. Qurish va yasash o‘yinlari.

Syujetli va rollarga bulib o’ynaladigan bog’cha yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin formasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ko’proq «bog’cha-bog’cha», «poyezd-poyezd» kabi qiziqarli bulgan o‘yinlar o’ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlari bir xil bo’lsa ham syujeti har xil buladi. Masalan: kichik guruh bolalari «bog’cha-bog’cha» o‘yinini o’ynar ekan ular peshinga ovqat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non qo’g’irchoqlarga berilmaydi, pishirilgan ovqat tarelkaga suzilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o‘yinlarni roli katta. Didaktik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishga, katta guruh bolalarini maktabdagi o’qish faoliyatiga tayyorlashga katta yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida harakatli yoki qoidali o‘yinlar ham muhimdir. Chunki harakatli o‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan chiniqtiradi, dadil, qo’rqmas, epchil bo’lishga undaydi.
Psixologiyada qabul qilinganidek, rolli o‘yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o‘yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. o‘yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo‘lsa, o‘yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi.
O‘yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularin maxsus guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog E.A.Arkin o‘yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi:

  1. ishlab chiqarishga (texnikaga); sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kasb-hunarga oid o‘yinlar;

  2. maishiy va ijtimoiy siyosatga ro‘zg‘or: bog‘chaga, maktabga, kundalik turmushga oid o‘yinlar;

  3. harbiy: urush-urush o‘yinlari;

  4. drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o‘yinlar.




Yüklə 130,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin