Mavzu : Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakillari



Yüklə 48,56 Kb.
səhifə1/3
tarix03.10.2023
ölçüsü48,56 Kb.
#151841
  1   2   3
q.x 4.pptx (1)

Mavzu : Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakillari


Reja:
  • Mulk va tadbirkorlik haqida tushuncha, uning iqtisodiy negizi, shakllari.
  • Jamoa va shirkat xo'jaliklari, ularning rivojlanishi.
  • Fermer xo'jaligi haqida tushuncha, uning maqsad va vazifalari

Mulk va tadbirkorlik haqida tushuncha, uning iqtisodiy negizi, shakllari


Qishloq xo'jaligining asosiy maqsadiga erishish tarmoqda tadbirkorlik faoliyatlari amalga oshirilishini taqozo etadi. Tadbirkorlik-mulkchilik sub'ektlarining qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtirish, ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko'rsatish natijasida foyda yoki daromad olishga qaratilgan tashabbuskorlik bilan faoliyat ko'rsatishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qishloq xo'jaligida ham yuridik, ham jismoniy shaxslar tomonidan amala oshiriladi. Bu jarayonda ular O'zbekiston Respublikasining «Mulk to'g'risida»gi, «Korxonalar to'g'risida»gi hamda «Tadbirkorlik to'g'risida»gi qonunlari talablariga qat'iy rioya etishlari zarur. Ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishlari uchun mustahkam iqtisodiy negizga ega bo'lishlagri kerak. Ularning iqtisodiy negizini esa mulk tashkil etadi. Mulk O'zbekiston Respublikasida qonunga binoan quyidagi shakllarda bo'lishi mumkin:
1. Xususiy hamda shaxsiy mulk. Bu shakldagi mulk egasi o'z mol-mulkiga xususiy, shaxsiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlariga ega. Xususiy hamda shaxsiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida o'z mehnati va yollanma mehnatni qo'llashi orqali shakllanadi.
shirkat va
2. Shirkat (jamoa) mulki. Bu mulk tarkibiga qishloq xo'jaligida jamoa korxonalarining, oila mulki hisoblangan fermer, dehqon xo'jaliklarining, ijara korxonalarining
hamda birlashmalarning mulklari akiradi.
  • Aralash mulk. Bu mulk turli xildagi mulkchilik shakllarining o'zaro manfaatli uyg'unlashishi natijasida shakllanadi. Jumladan, respublika qishloq xo'jaligidagi jamoa, shirkat va davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklarning chet ellardagi korxonalar bilan birikib faoliyat yuritish maqsadida tashkil etgan qo'shma korxonalari.
  • Davlat mulki. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi bilan shug'ullanadigan davlat korxonalarining mulki.
  • Boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar, yuridik hamda jismoniy shaxslar mulki. Mulkchilikning bu shakliga asoslangan holda chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar, yuridik hamda jismoniy shaxslar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanadigan mustaqil korxonalarni yoki o'z bo'limlarini, vakolatxonalarini tashkil etishlari mumkin.

Qishloq xo'jaligidagi tadbirkorlarning mulkiy huquq ob'ektlari quyidagilar hisoblanadi:
  • bino va inshootlar, uy-joylar;
  • kuch va ishchi mashinalar, jihozlar;
  • transport vositalari, asbob-uskunalar;
  • hisoblash, komp`yuter texnikalari;
  • ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari;
  • ishchi va mahsuldor hayvonlar;
  • ko'p yillik daraxtlar (bog'lar, toklar, tutlar);
  • yetishtirilgan mahsulotlar;
  • pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar;
  • yonilg'i, yoqilg'i va yog'lovchi materiallar;
  • mahalliy va mineral o'g'itlar, kimyoviy vositalar;
  • yem-xashak, ozuqa, ko'chat, urug'liklar;
  • ishchi-xizmatchilarning qobiliyatlari…


Yüklə 48,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin