Mavzu : Qishloq xo‘jaligida mulkchilik munosabatlari va tadbirkorlik shakillari


Jamoa va shirkat xo'jaliklari, ularning rivojlanishi



Yüklə 48,56 Kb.
səhifə2/3
tarix03.10.2023
ölçüsü48,56 Kb.
#151841
1   2   3
q.x 4.pptx (1)

Jamoa va shirkat xo'jaliklari, ularning rivojlanishi
Qishloq xo'jaligida o'tgan asrning 80-yillari oxiri 90-yillari boshida jamoa xo'jaliklari hisoblangan 887 ta kolxoz faoliyat ko'rsatib, respublikada yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotining 35 foizini berardi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etardi. Lekin mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emasdi. Chunki amaliyotda ular davlat tasarufida edi. Bunday hol bozor iqtisodi talablariga to'g'ri kelmasdi. Shu bois bozor iqtisodiga o'tish munosabati bilan tarmoqdagi davlat xo'jaliklari negizida jamoa xo'jaliklari bosqichma-bosqich qayta tashkil etila boshlandi. Bu o'rinda eslatib o'tish kerakki, 1990 yillargacha ular qishloq xo'jaligini rivojlantirishga
ma'lum darajada o'z hissalarini qo'shganlar. Ular o'sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41 foizini, g'allaning 37 foizini, sutning 36 foizini berardi. Lekin ularning faoliyatlari ham davlat xo'jaliklari kabi to'liq davlat tomonidan boshqarilardi, ya'ni ularda
mahsulotlar yetishtirish jarayoni davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilib, yetishtirilgan mahsulotlarni davlat o'z tashkilotlari yordamida
hukumat tomonidan
belgilangan xarid baholarida majburiy ravishda sotib olar edi.
Shirkat xo'jaligi deb, qishloq xo'jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlarni bajarish maqsadida fuqarolarning paychilikka asosan oilaviy pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat ko'rsatadigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan xo'jalik yuritish sub'ektiga aytiladi. Ular o'tish davrida qishloq xo'jaligida tadbirkorlikning asosiy, ya'ni yirik tovar ishlab chiqaruvchi shakli bo'lib qolmoqda. Ularning ixtiyoriga qishloq xo'jalik yerlarining asosiy qismi uzoq muddatga, ya'ni 10-50 yilga ijaraga foydalanishga berilmoqda. Ularning iqtisodiy negizini, ya'ni mulkini pay (ulush) asosida tashkil etilgan paychilarning jamoa mulki tashkil etadi. Shirkat xo'jaliklarining barcha mulki (yerlarning qiymatini qo'shib) a'zolariga pay shaklida bo'lib beriladi. Shuning natijasida shirkat a'zolari mulk egasi bo'lmoqdalar. Bu hol ularga barcha mulkka egalik qilish, bu mulkdan to'liq va samarali foydalanish imkoniyatini beradi

Yüklə 48,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin