Mavzu : Xalqaro valyuta fondining tashkil etilishi va uning rivojlanishi Reja: Kirish


XVF va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi aloqalari



Yüklə 41,27 Kb.
səhifə4/6
tarix10.05.2022
ölçüsü41,27 Kb.
#57076
1   2   3   4   5   6
Xalqaro valyuta fondining tashkil etilishi va uning rivojlanishi

3.XVF va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi aloqalari

1991 yil O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida XVFga a’zo bo’lib kirishi uchun shart-sharoit yaratdi. 1992 yilning 2 iyulida "O’zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama Agentlikka a’zoligi to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi mamlakatimizni XVFga teng huquqli a’zo bo’lib kirishi uchun huquqiy asos bo’ldi. 1992 yil 27 aprelda O’zbekiston XVF a’zoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.

1998 yil 18 martda O’zR Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida" qarori qabul qilindi va respublikaning XVF bilan aloqalarini yanada rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqildi. 2002 yilda O’zbekiston Hukumati va XVF o’rtasida Memorandum imzolandi. 2003 yilning iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan "Joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani erkin ayirboshlash bo’yicha harakat rejasi" ishlab chiqildi va u XVFga taqdim etildi. 2003 yilning 15 oktyabrida O’zbekiston Respublikasi XVF Bitimining 8 moddasiga5 imzo chekdi va milliy valyuta — so’mni joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha chet el valyutalariga erkin ayirboshlashni ta’minlash bo’yicha majburiyatni qabul qildi.6

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2012 yil 21 noyabrda tasdiqlangan XVF missiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturiga muvofiq shu yilning 30 noyabrida Davlat statistika qo‘mitasida Veronika Bakalu xonim boshchiligidagi XVF missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda, shuningdek, XVFning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari Departamenti direktori o‘rinbosari Daniela Gressani xonim ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotining so‘nggi yillardagi rivojlanishining yakunlari, uning asosiy omillari, milliy hisoblar statistikasining rivojlanishi, iste‘mol narxlari indeksining shakllanishi, statistik ma‘lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi va boshqa masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuvning avvalida, xususan, XVF missiyasi vakillariga jahonda davom etayotgan moliyaviy inqirozga qaramasdan, oxirgi yillarda O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari saqlanib qolinganligi, jumladan 2012 yilning yanvar-sentyabr oylarida YaIMning o‘sish sur‘ati 8,2% ni, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur‘atlari -7,2%, qishloq xo‘jaligi - 7,1%, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar – 9,8%, qurilish ishlari hajmi - 9,8%, chakana savdo – 12,6% ni va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish - 14,9% ni tashkil qilganligi ta‘kidlab o‘tildi.

Shu o‘rinda, milliy statistikani takomillashtirishdagi yutuqlar haqida ham ma‘lumot berib o‘tildi. Ya‘ni hozirgi kunda statistika ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubiyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2011-2012 yillar davomida Davlat statistika qo‘mitasi tamonidan 20 dan ortiq uslubiy hujjatlar ishlab chiqilganligi, tasdiqlanganligi va statistika amaliyotiga joriy qilinganligi, shuningdek, 2013 yil uchun Davlat statistika qo‘mitasining uslubiy nizomlarni ishlab chiqish rejasiga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni sof choraklar asosida hisoblash va YaIM ni ishlab chiqarish usuli bilan doimiy narxlarda IFTUT 2-tahrir asosida hisoblash bo‘yicha uslubiy ishlar kiritilishi rejalashtirilayotganligi haqida xabar berildi. 

Uchrashuvda, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati milliy hisoblar va narxlar statistikasining uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar to‘g‘risida XVF missiyasiga to‘liq ma‘lumot berdi.

Bundan tashqari, milliy statistikani rivojlantirish maqsadida MHT-2008 tavsiyalarini statistika amaliyotiga tadbiq etish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan “Markaziy bankning ishlab chiqarish hajmi”, “Bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari”, “Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga xarajatlar” komponentlari bo‘yicha o‘zgarishlarning MHT ko‘rsatkichlariga ta‘siri tajriba hisob-kitoblarida o‘rganilayotganligi, milliy hisoblar va narxlar statistikasi uslubiyatini takomillashtirish maqsadida keyingi yillarda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan olib borilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlarga XVF missiyasi tomonidan ijobiy baho berildi. 

Shuningdek, XVF vakillari barcha qo‘yilgan va muhokama qilingan savollarga to‘liq javoblar va izohlar oldilar.7

Ikkinchi bob xususida quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin;


  • Jahon iqtisodiyotining goballashuvi sharoitada XVF faoliyatiga o’zgartirishlar kiritish zaruriyatini taqazo qilayotganini;

  • Iqtisodiy-moliyaviy inqiroz sharoitida XVF mexanizmlarining o’z ta’sirini yo’qotishi va ularni isloh qilish borasidagi muammolarnni mavjudligini;

  • XVF faoliyatida tub islohatlar “Guruh 20’’ tomonidan taklif etilayotganini va uning bir necha yo’nalishlari ko’rib chiqilayotganini;

  • O’zbekiston va XVF o’rtasidagi aloqalarning nechog’lik O’zbekiston Respublikasi uchun zaruriyatini va munosabatlarni yana chuqurlashtirish borasida qilingan ishlarni bilishmiz mumkin.

2021 yil oxirida Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 7 foizga yetishini kutmoqda. Shu bilan birga, agar koronavirus pandemiyasi pasayishni boshlasa, kelgusi yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etadi.Tahlilchilarning ta’kidlashicha, respublika «pandemiyaga nisbatan yaxshi bardosh berdi». Hukumatning qat’iy harakatlari tufayli iqtisodiy faollik 2020 yilning ikkinchi yarmida tiklana boshladi va 2021 yilda davom etdi.Jamg‘arma ekspertlarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga tayangan holda, hukumat oqilona makroiqtisodiy siyosatni davom ettirish va tarkibiy islohotlarni olg‘a siljitishga qat’iy sodiqdir. Bu kelgusi yillarda kuchli va barqaror o‘sishni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va qashshoqlikni qisqartirishga xizmat qiladi.

25-aprel kuni Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining (XVF) kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga (k-MTUT) qo‘shilish bo‘yicha texnik ko‘magi doirasida Xalqaro valyuta fondining missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

K-MTUTga qo‘shilish doirasida 15 ta yo‘nalishdan iborat ma’lumotlarni muntazam ravishda tegishli vazirliklarning rasmiy veb-saytlarida belgilangan tartibda joylashtirib borish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bu orqali xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik ma’lumotlarning maksimal shaffofligi va oshkoraligi ta’minlanadi hamda xorijiy investorlar tomonidan mamlakatning moliyaviy holati va barqarorligini real baholash uchun imkon yaratiladi va mamlakatimizga kiritilayotgan sarmoyalarning hajmi oshishiga yordam beradi.

Missiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida XVFning k-MTUT talablariga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan uch turdagi, ya’ni Markaziy hukumat, Konsalidatsiyalashgan budjet ijrosi va mamlakatimizning tashqi qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirishga ko‘mak berishdan iboratdir.Eslatib o‘tamiz, ushbu missiya joriy yilning fevral oyida boshlangan O‘zbekiston Respublikasining XVF k-MTUTga qo‘shilishi doirasida amalga oshirilgan ishlarning davomidir.

7-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, Xalqaro valyuta fondi tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har yili baholab borish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, budjet tizimiga qo‘shimcha tushumlarning kelib tushishini ta’minlash maqsadida soliq organlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish, ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar tarkibini yanada kengaytirish hisobiga soliq organlari shaffofligini oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini ko‘tarish hamda axborotni qayta ishlash va tayyorlashning alohida tartibotlari bo‘yicha maxsus bo‘linmalarni ajratish hisobiga (davlat soliq inspeksiyasining oddiy xodimlarining) funksional vazifalarning murakkabligini optimallashtirish va kamaytirish muhim ekanligi aytildi. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashishni yuqori darajada qisqartirish, soliq yukini pasaytirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda respublika soliq ma’muriyatchiligini zamonaviy asosda yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha eng muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro valyuta fondi (quyida Fond deb ataladi), Rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki (quyida Bank deb ataladi), Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi (quyida Assotsiatsiya deb ataladi), Xalqaro moliya korporatsiyasi (quyida Korporatsiya deb ataladi), Ko‘p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlik (quyida Agentlik deb ataladi)ning a’zoligini qabul qilishga va shu tariqa Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya boshqaruvchilari tegishli Kengashlari, Agentlik boshqaruvchilari Kengashining O‘zbekiston Respublikasining ana shu tashkilotlarga a’zoligiga daxldor bo‘lgan rezolyutsiyalaridagi muddatlar va shartlarni qabul qilib, matnlari ushbu Qonunning I, II, III, IV va V ilovalarida* keltirilgan barcha tuzatishlari bilan Fond, Bank, Assotsiatsiya, Korporatsiya, Konvensiya, Agentlikning bitimlaridagi tegishli moddalarni qabul etishga vakil qilingan. Xalqaro valyuta fondi mamlakatlarda iqtisodiyotni tiklash uchun 650 milliard dollar mablag' ajratadi. Bu tashkilot tarixidagi eng yirik summa hisoblanadi, deya ta’kidlaydi tashkilot rahbari Kristalina Georgiyeva nutqida.

Ajratiladigan mablag’ning $275 mlrd miqdori rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotidagi davlatlarga ajratiladi.Uning so’zlariga ko’ra, mablag 'ajratilishi “barcha a’zo davlatlar manfaatlariga xizmat qiladi, zaxiralarga bo’lgan uzoq muddatli global ehtiyojni qondirishga yordam beradi”.

Bu ishonchni mustahkamlaydi va jahon iqtisodiyotining barqarorligini oshiradi. Pul mablag’larini ajratish to’g’risidagi qaror 2- avgustdan kuchga kiradi. Pul mablag’lari kvotaga mutanosib ravishda fondga a’zo davlatlar o’rtasida taqsimlanadi.

Avvalroq Spot, XVF ning O’zbekiston uchun keltirib o’tgan prognozlari haqida ma’lumot bergan edi.Unga ko’ra, 2021- yilda mamlakatda iqtisodiy o’sish davom etishi kutilmoqda, ammo bu ko’rsatkich bir nechta sabablarga ko’ra kechikishi mumkin:



  • Karantin qoidalari qayta tiklanishi.

  • Vaksinatsiya sekin o’tishi.

  • Oltin narxi pasayishi va boshqalar.

Shuningdek, davlat tomonidan tiklanishga qaratilgan siyosat, aholini qo’llab quvvatlash, strukturaviy islohotlar va turli chora tadbirlar ham iqtisodiyotni o’sishiga yordam beradi. Ayni paytda ko’rilgan choralarni yumshatish mumkin emasligi qayd etildi.

Davlat tomonidan soliq va Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati oqilona deb baholandi va bundan keyin kredit stavkalari to’liq bozorga asoslangan bo’lishi va imtiyozli kreditlarni subsidiyalash kerakligi ta’kidlandi



Xulosa

XVF faoliyati takroriy va rivojlanib borayotgan inqiroz sharoiti ostida yilda yilga o’zgarib, Jahon xo’jaligi va mamlakatlar talabidan kelib chiqqan holda ularga moslashib bormoqda. Bilamizki hech bir tashkilot xoh u xalqaro arena faoliyat yutadigan bo’lsin xoh milliy tizimda ish olib borishidan qat’iy nazar hozirgi zamon globalizatsiya sharoitida tarkibiy islohotlar o’tqazmay turib, yetakchilikni saqlab qololmaydi. XVF ham bundan mustasno emas.

XVF uchun muhim sinov sifatida Jahon ro’y bergan valyuta va moliya inqirozlari bo’ldi. Ushbu holatda uning faoliyati e’tirozlarga uchradi.Fondni o’z vaqtida jahon valyuta va moliya bozorida rivojlangan inqirozni oldinda ko’ra bilmaganlikda ayblashdi. XVF faoliyatida chuqur islohatlar o’tqazilishi lozimligi 2000-yillining ikkinchi yarmida yaqol ko’zga tashlandi.

Hozirgi kunda ko’pchilik davalatlar XVFga ishonchsizlik bilan qarashmoqda, bu holatni oldini olish uchun XVF rahbarlari tomonidan davlatlar o’rtasida ovozlar taqsimoti va qaror qabul qilish jarayonidagi nomutonosibligni yo’qotish taklif qilinmoqda. XVFning faoliyatiga G’arb davlatlari va Yaponiyaning ta’siri yuqori. Eng ko’p ovozga ega bo’lgan AQSh XVFda ovoz berish jarayonida veto huquqiga ega bo’lgan yagona davlat hisoblanadi. Chunki muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida a’zo davlatlarning 85% ovozi shart. Shu kabi muammolar XVFni obyektiv tashkilot sifatida faoliyat yuritishiga halaqit bermoqda. Ushbu kurs ishida biz shu kabi hal qilish borasida takliflar kiritganmiz. Va quyida ta’kidlab o’tamiz.



Ushbu kurs ishida XVFning faoliyatni, uning jahon iqtisodiyotidagi o’rnini va uning muammolarini o’rganib quyidagi xulosa va takliflarga keldim:

  1. XIX asr yangi iqtisodiy tuzum asri sifatida ustmilliy tashkilotlarni jahon valyuta tizimidagi o’rnini oshirishni talab qiladi. Shu bilan birga XVF mexanizmlarini yangilash, XVF faoliyatiga tarkibiy islohotlar o’tqazish va bu orqali yangi turdagi inqirozlarni bartaraf etish bu tashkilotning bosh maqsadi bo’lishi shart;

  2. Rivojlanayotgan Davlatlar tomonidan XVFga nisbatan norozlikka barham berish uchun a’zo davlatlar o’rtasida kvotalar taqsimotini rivojlantirish;

  3. XVF pul birligi sifatida tasis etilgan SDRni yanada mukkammalashtirish zaruriyati borligi. Chunki uning kursni aniqlashdagi muammolar, unga nisbatan ayrim a’zo davlatlarning ishonchsizligiga olib kelmoqda.

  4. XVFga G’arb davlatlarning ta’sirni kamaytirish; Kvotalar taqsimotini qayta ko’rib chiqqan holda AQSh ustunligiga barham berish zarurligi; Rivojlanayotgan davlatlarning ham uning faoliyatiga yetarlicha ta’sir ko’rsatib bilishning kerakligi;

  5. XVF kurs rejimini tanlash mobaynida har bir davlatning o’ziga xos iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda kurs yo’nalishini tanlash;

  6. Kreditlash shartlarini yanada yumshatish. Shu bilan birga uning shartlari ma’lum bir davlatlar mafaati uchun xizmat qilmasdan, kredit oluvchi davlat uchun keyinchalik barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashi shartligi




Yüklə 41,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin