-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sog‘liqni saqlash muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sog‘liqni saqlash muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotni tashkil etadi;
yoshlar o‘rtasida tizimli tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;
imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka chalingan, ruhiy holati buzilgan, yuqumli kasalliklarga va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga chalingan yosh fuqarolarni aniqlaydi, ularni hisobga olishni, tekshiruvdan o‘tkazishni, shuningdek tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingitahrirga qarang. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) . 12-modda. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan intilishni va sportga qiziqishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlar o‘rtasida xalq o‘yinlari, milliy va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini tashkil etadi;
yoshlar o‘rtasida xalqaro sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashda, sport musobaqalarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamda respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlarning ishtirok etishini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)