MAVZU : Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiya allomalarining ilmiy meroslqrni o'rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida)
Reja:1.O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur markazi.2.O’zbekistonda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati.3-Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari
1.O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
1.O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markaxi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi.
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markaxi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi.
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o’z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma’sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo ko’pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi.
Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat “Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi.
Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir.
Ibn Sino “Solomon va Ibsol” qissasida rostgo’ylik, sadoqat, pok muhabbat, irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi.
Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi.
Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
IX-XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga ko’ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o’zining yagona dostoni bo’lmish “Qutadg’u bilig” bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo’lib, uni shoir Qashg’ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag’ishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.
Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali mehnatda chinakam kamolotga etadi, degan g’oyani ilgari suradi. Insonga foyda keltirmaydigan inson – o’likdir, deb ta’kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli – dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi rol o’ynaydi, deb uqtiradi. Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo’lish, o’zboshimchalik va qonunsizlikka yo’l qo’ymaslikni maslahat beradi.
Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inston bo’lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadul-abad qoladi. Shu sababli o’z nomini hamisha yaxshilik bilan eslashni istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. U shunday yozadi: “Kimning odobi yaxshi va axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi maqsadiga etadi va baxt unga kulib boqadi”, chunki “yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir”.
Yusuf Xos Hojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da’vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alga o’xshatadi.
Biz o’rganayotgan davrda axloqiy-didaktik mavzuda asar yaratgan va shuhrat qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan. Undan bizgacha «Hibatul-haqoyiq» dostoni etib kelgan. U o’z dostonida dunyoning bevafoligi, o’tkinchiligi haqida gapirib: dunyo go’yo karvon faqat ozgina fursat to’xtab o’tiladigan rabot (karvonsaroy), shu sababli, ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat-farog’atga intilish befoyda, uni deb azob-uqubat chekishga arzimaydi, chunki «sen bugun ko’rib turgan boylik ertaga g’oyib bo’ladi, sen o’zimniki deb bilgan buyumlar boshqalarga qolib ketadi. Shuning uchun faqat yaxshilik urug’ini sekish uchungicha yashash kerak deb uqtiradi. U bilimli, ma’rifatli kishilarni etuk kishilar deb hisoblaydi. Inson bilan bilimni ajratib bo’lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkin de ta’kidlaydi.
Uning fikricha, inson olim bo’lgandan keyingina ulug’lik darajasiga ko’tariladi va yaxshi nom qoldiradi. Bilimsiz kishi sog’lom bo’lsa ham, u o’likdir deb ko’rsatadi. Bilim inson uchun bitmas-tuganmas mulkdir, deb ta’kidlaydi. Shoir, axloq-odobdagi asosiy narsa tildir, til baxtiyorlik va baxtsizlikning sababidir deb uqtiradi. Shu bilan birga olim halollik va haqgo’ylik, saxiylik inson uchun fazilat, unga intilish kerak deya, xasislik va badfe’llikni qoralaydi. Kamsuqumlik va kamtarinlik insonni ulug’laydi, deb ko’rsatadi.
Kishilarga faqat yaxshi odamlardangina do’st orttirishini maslahat beradi. Faqat yaxshi ishlar qilibgina yaxshi natijalar kutish mumkin, chunki «...tikan ekib, hosiliga uzum olmaysan» deb aytadi.
2.XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar).
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviy-ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi.
U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi.
Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik mutafakkirlardan biri Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi bo’lganligini ko’rsatadi.
Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi. “Odam abadiy yashashi mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.
XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy, Mahmur, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning o’rni va roli ham beqiyosdir.
XIX asrda O’rta Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat rivoji Ahmad Donish (1827-1897) ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bo’la oladi, deydi.
“Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, er osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiqetish uchun, uning hamma qit’alarini va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz”deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma’rifatni rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o’rin tutadi.
Ma’rifatparvarlik g’oyalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun kurash bilan bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi bilim demakdir. Ma’rifatni hayotgan singdirish esa maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo’lib, maorif esa ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab va o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o’z ichiga oladi. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi.
Jadid so’zi arabchadan yangilanish, yangi usul ma’nolarini anglatadi. U yangi, zamonaviy maktab, matbuot, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari va tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilardan iborat: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan tozalash, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlatni bunyod etish, konstitustion, parlament va prezident idora usulidagi ozod jamiyatni qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy qo’shin tuzish va h.k.lardan iboratdir.
3-Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi
Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir
Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o’rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
Adabiyotlar.
Adabiyotlar.
1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot yo’li. T: O’zbekiston, 1992yil
2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T: O’zbekiston, 1993 yil.
3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T: Sharq, 1998 yil.
4. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T: O’zbekiston, 1994 yil.