3.Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy madaniyat bilan shug’ullanish tanda, bolalarda joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji bo’lsa xar kuni muntazam ravishda shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda maktab va uyda shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o’z tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida o’yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim.
O’quvchilarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan, shu o’yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’slik tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi.
To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo’lishi, shubhasiz.
Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko’rinadi. Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik
qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tushunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.
Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tushuntirish va bu tushunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:
Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.
O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko’nikmalarni singdirish.
O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish.
YOshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.
Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini madaniy hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.
Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash.
O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Bu vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin.buning uchun maktabning butun pedagogika jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg’ulotlarni tashkil etishning turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o’yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.
Xulosa Bolani o’yinga undagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to’g’risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni shaxsiy faoliyatida sinab ko’rish istagidadir, shuningdek, jamoa bo’lib o’ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin;
1.O’yin faoliyatida bola turli harakatlarni to’laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko’rsatishga ishtiyoqmand bo’ladi;
2.Keyinchalik esa barcha hatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi.
Bolaning o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri-bolada o’z hatti-harakatini kattalar faoliyati, hatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar, ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki iborat namunasi bo’ladi va kattalar uning xulq-atvor, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi.
Go’daklik davridan maktabgacha yoshga o’tgan bolalarning faoliyati kattalar rahbarligidagi faoliyatidan mustaqil o’z-o’zini nazorat qilish darajasiga o’sib o’tadi. Biroq, yuqorida ta’kidlangan barcha shart-sharoitlar o’zaro uzviy bo’lmasligi sababli har qanday o’yinning negizi vazifasini o’tay olmaydi va shunga ko’ra ma’lum davrgacha o’yin faoliyati predmetlarga bog’liq tarzda amalga oshadi.