Mavzu: 1-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni


Elektrotexnika ishlari bo'limi



Yüklə 186 Kb.
səhifə8/13
tarix27.01.2023
ölçüsü186 Kb.
#81190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni

Elektrotexnika ishlari bo'limi: o'quvchilar elektr montaj ishlarida ish o'rnini tashkil qilish; elektr o'tkazish simlarining turlari; elektr o'tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o'tkazish simlarini montaj qlish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o'rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof- muhit va inson sog'lig'iga ta'siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o'rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish issh asboblari hamda ish usullari, elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko'rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog'liq kasb-hunarlar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar.
Uy- ro'zg'or buyumlarini ta'mirlash bo'limi: o'quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta'mirlash; oyna romlarini kichik ta'mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko'rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta'mirlash ish usullari; yurtimiz me'mirchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an'analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo'nalishlari; xona va fanlar bo'yicha o'quv xonalarida mebel va qo'shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta'minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta'mirlash ishlarining asosiy turlari; ta'mirlashda qo'llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta'mirlashda qo'llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta'minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo'mraklarni sozlashda mayda ta'mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta'mirlash bilan bog'liq kasb- hunarlar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar.

Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin