Mavzu: 1-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni


" Servis xizmati" yo'nalishi



Yüklə 186 Kb.
səhifə9/13
tarix27.01.2023
ölçüsü186 Kb.
#81190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni

" Servis xizmati" yo'nalishi


Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo'limi: o'quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o'rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob- uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do'ppido'zlik, zardo'zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o'yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo'nalishlarning asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
Pazandachilik asoslari bo'limi: o'quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o'rni, xususiyatlari, to'yimliligi, turlari, ovqatlanish me'yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo'llarini o'rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq- ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnika qoidalarini; uy-ro'zg'or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg'armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
Buyumlarni ta'mirlash bo'limi: turli chokidan so'kilgan buyumlarni ta'mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste'moldan chiqqan buyum o'lchamiga qarab, bolalar kiyimining andazasi tayyorlash va tikish.

" Qishloq xo'jaligi asosalari" yo'nalishi


Buyumlarni ta'mirlash bo'limi: o'quvchilar qishloq xo'jaligi sohalari: dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo'jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o'sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo'llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo'yiladigan agrotexnik talablar; o'g'it turlari, o'g'itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug'larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug' va ko'chat ekish usullari hamda mashinalari g'alla, don, dukkali, tugunakli va ildiz- mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o'lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig'ib- terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar vs amaliy ko'nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo'jaligi sohalari bo'yicha kasb- hunar turlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.

Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin