Ma’ruza №35
Eritish pechlarining asosiy tasnifi, issiqlik va massaalmashuv jarayonlari, ishlash printsiplari
Tayanch iboralar: eritish, alangali yallig‘
eritish pechlari, issiqlik almashinuvi, termik f.i.k.,
yoqilg‘ini yondiruvchi qurilmalar, olovbardoshlar, rafinirlash, leshad,
koloshnik, shaxta, raspar,
zaplechiklar, gorn, regenerator,
vertikal kanal, shlak lyotkasi, po‘lat eritish, yuklash oynalari, tutun
kanallari (borova)
Reja
1. Yallig‘-qaytaruvchi pechlarning asosiy tasnifi. Yallig‘ –
qaytaruvchi pechlarning
konstruksiyalari. Yallig‘ – qaytaruvchi pechlarda fizik-kimyoviy jarayonlar.
2. Elektr eritish jarayonini umumiy tasnifi. Ruda eritmali elektr pechlar. Ruda eritmali
elektr pechlar fizik-kimyoviy jarayonlar.
3. Eritish elektr pechlari. Issiqlik va massalamashuv jarayonlari.
Metallurgiyada eritish pechlari alohida o‘rin tutadi. Chunki ularda quritish va kuydirish
jarayonlarida olingan tayyorlangan xomashyoni eritib xomaki metall olinadi. Metallurgiyada
qo‘llaniladigan eritish pechlarining turlari ko‘p bo‘lib ularni tanlash va qo‘llash
qayta
ishlanayotgan mahsulotning moddiy tarkibiga va texnologik talablarga asoslangan holda amalga
oshiriladi.
Hozirgi kunda zamonaviy metallurgiya zavodlarida eritish pechlarining bir necha turlari
qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda amaliyotda ko‘p yillardan buyon foydalanilayotgan
samaradorligi yuqori bo‘lgan pechlar ham metallurgik korxonalarda mavjuddir. Ularga yallig‘
qaytaruvchi pechlar, shaxtali pechlar, marten pechlari misol bo‘lib, ular zamonaviy kislorod
alangali eritish pechlari, ruda-termik pechlar, elektr po‘lat eritish pechlari bilan birgalikda
ishlatilib kelinmoqda.
Yallig‘ qaytaruvchi pech
- ishchi qismida yongan alanganing
issiqligini pechning linza
shaklidagi shipidan qaytarilib, eritilayotgan shixtaga uzatilishi hisobiga shunday nomlangan.
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarning mis, nikel metallurgiyasidagi asosiy agregatlardan biri
bo‘lib hisoblanadi. Ular rudalarni va kam miqdorda metalli va sulfidli minerali bo‘lgan
boyitmalarni eritishda konverter shlaklarini qayta ishlashda qo‘llanilib kelmoqda.
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarni asosi (fundamenti) bir necha qavatdan iborat bo‘lib, uning
qalinligi 2-4 metrni tashkil etadi. Ustki qismi devorlari bir necha qator o‘tga chidamli
g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, qalinligi 0,75–1,5 metrgacha etadi. Pech butun parametri bo‘ylab
temir balkalar bilan mahkamlanib tortiladi. Texnologik talablarga asosan yallig‘
qaytaruvchi
pechlarning uzunligi 5 metrdan 30 metrgacha, eni 2 metrdan 6 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Uning yuzasi 300-400m
2
ni tashkil etadi. Pechning bir yon boshidan o‘t yoqish forsunkasi
o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi yonboshidan texnologik gazlar ajralib chiqadi. Yonish va oksidlanish
jarayonini davom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo so‘riladi.
Bu o‘z navbatida havo so‘rish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning harakatlanishi
bo‘ylab mashinaning oxirgi qismigacha quyish va aglomerasiyalash jarayoni amalga oshiriladi.
Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech
ikkita mustahkam balkaga
o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruksiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki qismiga
harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga keltirish uchun maxsus mexanizm bilan
ta’minlangan.