5-7 sinflarda yo'nalishlar bo'yicha umumiy mehnat tayyorligi. " Texnologiya va dizayn" yo'nalishi
Yog'ochgaishlovberishtexnologiyasibo'limi:o'quvchilar yog'ochning xususiyatlari to'g'risida boshlang'ich bilimlarni egallash, ularni rejalash, yo'nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo'l va elektr asboblarining tuzulishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg'or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya- gigiyena talablari to'g'risida bilim va amaliy ko'nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro'zg'orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahaliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog'ochga ishlov berishga oid kasb- hunar turlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.
Metallgaishlovberishtexnologiyasibo'limi:o'quvchilar materiallarning xusussiyatlari to'g'risida boshlang'ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo'l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg'or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, mehnat qonunchiligi hamda xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya- gigiyena talablari to'g'risida bilim va amaliy ko'nikmalarga; ro'zg'orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb- hunar turlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.