Texnologiyata’limifanidano'quvchilarquyidagiko'nikmalargaegabo'lishlarikerak: texnologiya ta’limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg'ulotlarni bajara olish; turli bayramlarga applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Qog'ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to'g'ri to'rtburchak ichida applikatsiyadan foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarini hosil qila olish; papye-mashye usulida kosa yasay olish; oddiy xamir tayyorlay olish; yumshoq o'yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko'nikmalarini egallash; to'qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to'qiy olish, gazlama gullaridan applikatsiya usulida guldasta tayyorlay olish; ipdan o'yinchoq yasay olish; plastilindan ertak qahramonlarni, oshxona jihozlarini, uy- ro'zg'or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug'lar, tabiiy xomashyolardan gullar yasay olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko'nikmalarini egallash.
Texnologiyata’limifanidano'quvchilarquyidagimalakalargaegabo'lishlarikerak:texnologiya ta’limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg'ulotlarni bajarish; turli bayramlarga applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog'ozlarni turli ko'rinishda murakkab shakllarda buklab o'yinchoqlar yasash; qog'ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, tog'ri to'rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq oyinchoq tikish; kichik hajmda buyumlar to'qish, ipdan o'yinchoq yasash; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy- ro'zg'or buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug'lar, tabiiy xomashyolardan gullar yasash.