Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi.
Kriptografiya nuqtai-nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.
Kalit – kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: