Mavzu 1: Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari Reja: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Maxsus fanlarni ukitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 38,3 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü38,3 Kb.
#39043
1   2   3   4   5
1 �����

2.Maxsus fanlarni ukitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi.

Kasbiy pedagogik ta’lim tizimida tayyorlanayotgan, pedagogik xodimlar ichida, eng muhim o‘rinni kasb ta’limi o‘qituvchisi egallaydi. Malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha, kasb-hunar ta’limi oldida turgan muhim va ma’suliyatli vazifalarni bajarish unga bog‘liq bo‘ladi. Kasb ta’limi o‘qituvchisi ikki yoqlamali mehnat predmetiga ega bo‘ladi. Uni bir tomondan insonlar bilan o‘zaro munosabat, boshqa tomondan- aniq kasbiy sohadagi maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar tashkil etadi. Uning kasbiy-pedagogik tayyorgarligining darajasi va sifati, kasb hunar ta’limida o‘quvchilarni tayyorlash sifatini ma’lum miqdorda aniqlanadi.

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanini o‘rganish jarayonida quyidagilarni bilishi va bajara olishi lozim:

ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash jarayoni; kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayonini uzviyligi va o‘zaro bog‘liqligi; o‘quv moddiy-texnik ta’minotini tashkil etilishi (o‘quv materiallari va moslamalar bilan ta’minlanishi); kasbiy tanlov bo‘yicha tashhis markazlarining faoliyatini yo‘naltirishni bilishi;

tayyorlov yo‘nalishining asosiy fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish; o‘quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish; o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha Davlat ta’lim standrtlari mazmunini; kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturlar mazmunini; kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishni; o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlash; ta’lim muassasalari va turli suv xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatish malakalariga ega bo‘lishi;

o‘qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini, o‘qitishning pedagogik va axborot texnologiyalarini; ta’lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan, ma’ruza o‘qishni amaliy (seminar), laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishni; ta’lim jarayonida texnik vositalar va axborot texnologiyasi vositalarini qo‘llashni; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni, maqsad va vazifalarini; oliy ta’lim mazmunini ishlab chiqish mezonlarini; shaxs, bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonining xususiyatlarini; kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar; oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini bilishi va qo‘llay olishi;

kasbiy faoliyatda ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni boshqara olishi; ilmiy-pedagogik yo‘nalishda ish olib borishi uchun pedagogika, psixologiya fanlari qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiyasi, suv xo‘jaligi va melioratsiya, gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, yer tuzish va yer kadastri, geodeziya va kartografiya hamda boshqa fanlarni o‘qitish metodikasini amaliy qo‘llay olishi, o‘quv dasturi va rejlari tuzishni; kasb-hunar kolleji va ulardagi bo‘linmalarni boshqarishni; o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini tashkil etishni; umumkasbiy fanlarni o‘qitish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.

“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv rejasida ko‘rsatilgan ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, u talabani kelajakdagi ta’lim jarayoniga tayyorlashga xizmat qiladi. Bu borada fanning pedagogika, psixologiya, kasbiy psixologiya, kasbiy pedagogika, ta’lim texnologiyalari, ta’limda axborot texnologiyalari, kasbiy ta’lim metodikasi, axborot texnologiyalari, kasbiy ta’lim metodikasi, magistrlik mutaxassisliklari bo‘yicha maxsus fanlar, o‘quv ustaxonalarida amaliy ishlar, kasb ta’limi fanlari, texnika xavfsizligi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi muhim ahamiyatga ega.

3.MFUM fanining asosiy tamoyillari va maxsus fan o‘qituvchisining tayyorgarlik yo‘nalishi

Pedagogikada ma’lumot olish va o‘qish - o‘qitish muammolari bilan didaktika - ta’lim va ta’lim berish nazariyasi bo‘limi shug‘ullanadi.

Ta’lim olish – bu bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini egallash jarayonidir, ya’ni bunda shaxsning ijodiy faoliyatining jihatlari, dunyoqarashi va o‘zini tutish sifatlari tashkil topadi,hamda bilish qobiliyatlari rivojlanadi. Inson ma’lumotli bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, o‘zida fikrlar tizimini shakllantiradi.

Ta’lim olish vazifalari turli yo‘llar bilan hal qilinadi. Ulardan eng asosiysi o‘qitish hisoblanadi. O‘qitish – bu ta’lim oluvchilarga yangi o‘quv axborotini taqdim etish, uni o‘zlashtirishni tashkillashtirishga, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan, muntazamli tashkiliy jarayondir. O‘qitish jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasida o‘zaro harakat yuzaga keladi va uning samardorligi o‘qituvchi va talabani hamkorligiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘qish-o‘rgatish - bu ta’lim oluvchilarga yangi o‘quv axborotini taqdim etish, uni o‘zlashtirishni tashkillashtirishga, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan, muntazamli tashkiliy jarayondir. O‘qitishning asosiy natijasi – bu talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar, ularda shakllangan bilish ehtiyojlari va qobiliyatlaridir.


Yüklə 38,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin