1. Milliy hisoblar tizimi (MHT) haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi
Milliy hisoblar tizimi — mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi.
Maqsad
Iqtisodiyotni tavsiflashda halqaro statistika amaliyotida qo’llanuvchi asosiy tushuncha va kategoriyalar bilan tanishtirish.
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning shakllanish, taqsimlashi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish, jamg’arish shuningdek makroiqtisodiy ko’rsatkich tizimini yoritib berish.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berish va hisoblash usullarini o’rganish.
Ichki iqtisodiyot va tashqi dunyo sektorining alohida schyotlarni tuzish va uslubiyatlarini tushuntirish.
Tarmoqlararo balans tuzish uslubiyotlarini o’rganish.
MHT schyotlar ko’rsatkichlarini tahlil qilishni asosiy yo’nalishlari va usullarini o’rganish.
Iste’molchilari
Davlat boshqaruv tashkilotlari – soliq, byudjet siyosati; pul massasi, foiz, inflyatsiyaga qarshi kurash choralari, aholini ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, daromadni taqsimlash, tashqi savdo siyosati va makroiqtisodiy muammolarini echishda foydalanadi;
Korxona rahbarlari va menejerlari – korxona o’z iqtisodiy ko’rsatkichlarni makroiqtisodiy ko’rsatkichlardagi o’rnini aniqlash orqali, korxonani investitsiya siyosatini va bozor kon’yukturasini o’rganish uchun foydalaniladi.
Ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy markazlar – iqtisodiyotni iqtisodiy tahlil qilishda va iqtisodiyotni bashoratlashda, hamda iqtisodiy modellar ishlab chiqarishda foydalanadi;
Halqaro tashkilotlar – MHTga tegishli standartlar ishlab chiqish, kreditlar ajratishda va o’zlarini badallarini aniqlashda;
МHТ ko’rsatkichlarini tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari
Ayrim MHT schyotlarini ko’rsatkichlarini tahlili;
Schyotlarni ko’rsatkichlari bir-biri bilan bog’langan holda va ularga qo’shimcha hisoblangan ko’rsatkichlar bilan birgalikda tahlili;
Iqtisodiy sektor ko’rsatkichlarini alohida tahlil qilish va iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rnini oydinlashtirish;
Tarmoqlarning ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish va tarmoqlarning tarkibiy o’zgarishlarini baholash;
MHTda aks etadigan iqtisodiy jarayonlar (daromadning shakllanish, taqsimlash va ulardan foydalanish, jamg’arish) tahlili;
Iqtisodiy o’sish qonuniyatlari va yo’nalishlari, YaIM tarkibi, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining muvozanatli rivojlanish sur’atlari bog’liqligi, iste’mol va jamg’arish, investitsiyani ichki talab va takliflar orasidagi munosabatlar, yalpi ishlab chiqarish, oraliq iste’mol va YaQQ ko’rsatkichlar dinamikasi tahlili.