O'q tekkandagi jarohat o'q (miltiq, to'pponcha o'qi) tegishidan vujudga kelgan jarohatdir. Mina, bomba, snaryad parchalari tegishidan vujudga kelgan jarohatlar va sochma o'qdan jarohatlanish turiari ham bor. Sochma o'qdan jarohatlanishda jarohat ko'p va aksari yuza bo'ladi. Umuman o'q tekkandagi jarohat ancha xavfli hisoblanadi, chunki o'q, o'q parchasi bilan birga kirgan iflos kiyim parchalaridan, har xil xas-cho'p, tuproqdan organizmga infeksiya kirishi mumkin, bundan tashqari, o'q tekkanda yirik tomirlar, nervlar, bo'g'imlarga, ichki organlarga og'ir shikast yetishi mumkin. Agar jarohatning kirish va chiqish teshiklari mavjud bo'lsa (o'qning kirish teshigi chiqish teshigidan kichik bo'ladi), o'q (snaryad) teshigidan vujudga kelgan jarohat teshib o'tilgan jarohat deb ataladi.
Agar o'q yoki snaryad parchasi tanada qolsa, unda faqat bitta teshik- kirish teshigi hosil bo'ladi. Bunday jarohat berk yoki yopiq jarohat deb ataladi. O'q uchib borayotganda zich to'qimalar qarshiligiga (suyakka) duch kelganda berk jarohatlar vujudga kelishi mumkin. Agar o'q yoki snaryad parchasi gavdaning yuza to'qimalariga tegib o'tsa, u o 'qyalab o'tgan jarohat deb ataladi. Bunday jarohatlar, odatda, yengil bo'ladi. Bulardan tashqari, yiringlagan, majaqlangan, tishlangan jarohatlar ham bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |