Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al
Sanchilgandagi jarohat nayza, pichoq, igna, bigiz, juvoldiz, mix va sanchadigan boshqa buyumlar urilishidan vujudga keladi.
Jarohatning kirish teshigi kichik, kanali esa tor va chuqur bo'ladi. Jarohat kanali bo'ylab qon tomirlari, nervlar va organlar shikastlanishi mumkin. Sanchilgan jarohat, ayniqsa, xavfli hisoblanadi, chunki uning chuqurligini va ichki organlarga shikast yetgan-yetmaganligini aniqlash qiyin bo'ladi. Bunda ichki organlardan ko'p qon ketishi va har xil asoratlar qolishi mumkin. Yurak va yirik qon tomirlari jarohatlanganda, qon gavda bo'shlig'iga (ko'krak, qorin bo'shliqlariga) bemalol quyiladi.