Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə15/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Muhit. Biologiya fani muhitni organizm yashaydigan joy deb, muhitning ta’siri esa organizm bilan bog‘liq muhit o‘rtasidagi assimliatsiya va dissimiliatsiya yoki moddalar almashish qonuni asosida amalga oshadi, deb tushuntiradi. Bu qonunga binoan organizm yashab turgan muhit bir butun narsadir. Tabiiy muhit yorug‘lik, issiqlik, ovqat, havo kabi komponentlari shaxsning organizm sifatida rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Ammo shaxsning shaxs sifatida shakllanishi uchun bu mutlaqo yetarli emas. Shaxsning yashab turgan muhitida odamlar, birinchi navbatda tarbiyalanuvchiga yaqin kishilar, ya’ni oz sonli oila a’zolarigina emas, balki unga uzoqroq bo‘lgan kishilar uning qo‘ni-qo‘shnilari, mahallasi, tarbiyalanuvchilar bog‘chasidagi o‘rtoqlari, so‘ngra esa u birga o‘qiydigan o‘ynaydigan, birga ishlaydigan, turli aloqada bo‘ladigan o‘rtoqlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Hozirda tarbiyalanuvchilar ommaviy axborot vositalari orqali o‘zlariga notanish avlod - ajdodlarning jonli obrazlariga duch keladilar. Bu obrazlar yosh avlodning fikr va hislariga uning voqea-hodisalariga beradigan baholariga va intilishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sir ijobiy yoki salbiy o‘tadigan birdan - bir yo‘l shaxsning tevarak - atrofidagi odamlar bilan munosabatda bo‘lishidir, shaxs munosabatda bo‘lgan kishilar uning muhitidir. Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘ziga xos modda almashish tipi bo‘lgan aloqa orqaligina shaxs o‘tmish - avlodlarining qimmatli tajribasini o‘zlashtira olishi eng yaxshi katta kishilardan namuna ola bilishi mumkin.
Faqat munosabatda tarbiyalanuvchilarning tarbiyachilari - kattalarga emas, balki tarbiyalanuvchilarning o‘zlari ham faol qatnashadigan mana shu aloqadagina, faqat ana shu ikki yoqlama jarayondagina shaxs xilma - xil bilim oladi juda ko‘p malakalarni va ish usullarini egallaydi, o‘zining sezgi organlari orqali idrok qilgan narsalarini anglab olishga tashqi dunyodagi voqea va hodisalarga turli xil his - tuyg‘ular fikr va tasavvurlar bilan javob berishga o‘rganadi.
Odamlar bilan munosabatda u nima yaxshiyu nima yomonligini nimani qilish va qilmaslikni bilib oladi, u muayyan maqsad ko‘zlab aqlga muvofiq tutishni hamda insonlarga va ularning fe’l-atvorlariga tanqidiy baho berishni o‘rganadi. Odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida shaxs yaxshi fazilatlari bilan boshqa shaxslar o‘rtasida ajralib tura boshlaydi, o‘zi yashab turgan jamiyatda qabul etilgan axloq me’yorlarini boshqalarga va o‘ziga nisbatan qo‘llab, ularni o‘z ishida mezon qilib ola boshlaydi. Demak, birinchidan, muhit shaxsni rivojlantiruvchi omil sifatida tarixan o‘zgaruvchi ijtimoiy hodisadir, chunki muhit, hatto shaxs dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq uning hayoti o‘tadigan eng tor muhit ham, ya’ni shaxsning oilasi ham jamiyatning bir uyasi, hujayrasidir. Tarixiy taraqqiyotning har bir davrda yangi kishini tarbiyalashning maqsadlari va vositalari o‘zgaradi, axloq me’yorlari, madaniyat boyliklari, katta yoshdagi odamlarning did va qiziqishlari, fikr yuritish usullari o‘zgaradi.
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchi o‘z faolligi tufayli, moddiy, tabiiy va ayniqsa ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqaga kiradi. Faqat ana shu sharoitdagina muhit o‘sib kelayotgan shaxsni rivojlantiruvchi omil bo‘lib qoladi. Inson tarbiyasida muhit muhimmi yoki tarbiya degan savolni qo‘yish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu narsa g‘ayriqonuniydir. Ammo muhit shaxsga ma’lum darajada tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatgan taqdirdagina rivojlantiruvchi omil bo‘la oladi. Bu ta’sir stixiyali, tartibsiz ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bunday holda shaxsning rivojlanishi ham muayyan maqsadga qaratilmagan bo‘ladi, natijada shaxsda jamiyat uchun ham, shaxsning o‘zi uchun ham zararli bo‘lgan shaxsiy fazilatlar vujudga keladi.
Tarbiyalanuvchining o‘z atrofidagi moddiy va ijtimoiy muhit bilan aloqada bo‘lishi, uni rivojlantiruvchi asosiy sabab ekanini tushunish munozarali bir masalani, shaxsning psixik taraqqiyotida eng muhim narsa biologik omilmi yoki ijtimoiy omilmi degan masalani hal qilish imkoniyatini beradi. Shaxs hayotda va kattalar bilan munosabatda o‘z individualligini tashkil etgan jismoniy va psixik sifatlarining butun majmui bilan harakat qiladi. Shunday qilib biologik va ijtimoiy omilni biri-biriga qarama-qarshi qo‘ymaydi.
Pedagogikada tarbiyalanuvchining rivojlanishini uning faoliyati va shu faoliyat tufayli yuz beradigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikka bo‘lgan munosabatlarida, bilish jarayonlari va xarakter xususiyatlarini rivojida hosil bo‘ladigan sifat o‘zgarishlardan iborat murakkab jarayon deb hisoblaydi. Faoliyatsiz rivojlanish bo‘lmaydi. Shaxsdagi rivojlanish mohiyati avvalo shundan iboratki, uning faoliyati o‘zgarib va takomillashib boradi, faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar) ko‘payadi, har xil faoliyat turlarining o‘zaro nisbati, ularning natijalari o‘zgaradi va shu o‘zgarishlar jarayonida shaxsning rivojlanishi yuqoriroq darajaga ko‘tariladi. Shunday qilib, bilish jarayonlarida ham tarbiyalanuvchining dunyoga bo‘lgan munosabatida ham, uning turli faoliyatida ham murakkab sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladiki, bu shaxs rivojlanishining mohiyatini tashkil etadi.
Faoliyatning har xil turlarida shaxsning individual xususiyatlari shakllanadi. Bu xususiyatlar faoliyatning maqsadlarida, faoliyatga undagan sabablarda kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan yo‘l, usul va vositalarni va uning o‘z ishiga, o‘z faoliyatiga, o‘zi va boshqalarning yutuq va muvaffaqiyatsizliklariga qanday qarashida namoyon bo‘ladi.
Kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda foydalanadigan vositalarga qarab ham shaxsga baho berishi mumkin. Bunda odam o‘zidagi bilimini, o‘zi yaxshi bilib olgan ish usullari, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llaydi, qobiliyatlar ham shaxsning imkoniyatlaridandir. Kishining imkoniyatlari aksariyat hollarda o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra, ancha ko‘p yoki oz bo‘ladi. Talabchanlik darajasi ochiq ifodalangan sabab vaziyatning murakkabligi va masalani hal qilish yo‘lini topish zarurligi unda bo‘lgan yashirin imkoniyatlarini oshirib ko‘rsatadi.
Shaxsning o‘zi yutuq va kamchiliklariga munosabati, beradigan bahosi bu boradagi ruhiy kechinmalari ham uning onglilik darajasini ko‘rsatadi. O‘z yutuqlariga takabburlik yoki kamtarlik bilan baho berish, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda umidsizlanish yoki masalani hal etish yo‘lini topishi uchun yana ham ko‘proq sabr, matonat bilan harakat qilish bu turli xil ruhiy kechinmalarning hammasi kishining o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan talabchanligini, o‘ziga-o‘zi baho berishini va bu bahoning qanchalik asosli ekanini har xil tarzda yaqqol namoyon etadi.
Shunday qilib, shaxsning eng muhim xususiyati uning tevarak-atrofidagi dunyoga bo‘lgan munosabatlari tizimidir. Kishi qancha ko‘p bilsa har - xil odamlar bilan aloqada bo‘lib turli xil ishlarda bo‘lsa, shaxs sifatida unda o‘z mamlakatining fuqarosi, yangi jamiyatning faol bunyodkoriga xos eng yaxshi xislatlar shuncha yorqinroq ifodalangan bo‘ladi.
Shaxs shakllanishi uchun zarur bo‘lgan omillardan yana biri bu tarbiyadir. Tarbiya bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan vazifalar belgilangan, shuningdek, shaxsga ta’sir o‘tkazishning aniq yo‘l, vositalari ko‘rsatilgan va maqsadga muvofiq tashkil etilgan jarayondir.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin