Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Rivojlanish tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə12/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

2.3.Rivojlanish tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari.
Har qanday jarayon o‘z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar jamidan iborat bo‘ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o‘zi aktivlik ko‘rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi.
Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.
Sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. “Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon - jon deb qabul qiladigan va yaxshi o‘gitlarga amal qiladilar. Mehr - oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishiga izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”. Islom dini har qanday davrda ham insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib yomon xislatlardan xalos etishga chorlagan.
Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan eng samarali shart-sharoitlarini o‘rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish uchun avvalo “shaxs” degan umumiy tushunchaning ma’nosini va shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, rivojlanishning ko‘rsatkichlarini shaxsning shakllanishida ayrim muhim omillar rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini aniqlash, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning shaxs faolligi rolini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Birinchi galda rivojlanish tushunchasining ma’nosini ochib berish lozim. Bu masalaga filosofik, psixologik, jismoniy jihatdan baho berish bilan asoslanadi.
Filosofiya rivojlanishi - tabiat, jamiyat va tafakkurning xususiyati deb quyidan yuqoriga tomon bo‘lgan harakat deb, yangining tug‘ilishi va eskining yo‘q bo‘lishi yoki tubdan o‘zgarishi deb hisoblaydi.
Shuning uchun pedagogikada shaxsning rivojlanish jarayoniga inson shaxsini takomillashtirishning murakkab va ziddiyatli yo‘li deb qaraladi.
Murakkab bo‘lgan tushunchani tahlil qilinganda turli olimlar turli xususiyatlarni asosiy tomonlar deb ko‘rsatib kelganlar. Aql, hissiyot va irodani shaxsning uch asosiy tomoni deb ajratib ko‘rsatish eng dastlabki urinishlardan edi. Keyinchalik pedagog olimlar shaxsni o‘rganishga boshqacha yondasha boshladilar. Shaxs doim bir butun, murakkab hodisa bo‘lib unda insonning biologik xususiyatlari ham, ijtimoiy xususiyatlari ham gavdalanadi. Bir shaxsda uning hamma tomonlari, xususiyatlari ham sifatlari bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, turli kishilarda turlicha sodir bo‘ladi. Ba’zan ular bir-biriga zid va o‘zgaruvchandir.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin