Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə6/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Umumiy pedagogika - tarbiyalanuvchilar orasida mafkuraviy targ‘ibot va madaniy ma’rifiy ishlar ham o‘ziga xos tarmoqlariga egadir. Pedagogika fanining hamma tarmoqlari o‘zining turli rivojlanish, taraqqiyot bosqichlariga egadir: Ularning ayrimlari aniq shakllanib bo‘lgan va yetarli darajada keng ishlab chiqilgan boshqalari o‘zining shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda (masalan, oliy o‘quv yurti muassasasi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi) ba’zi bir tarmoqlar pedagogikasining ajralib chiqishi endigina boshlanmoqda. Umumta’lim o‘quv yurtlarida emas, balki yordamchi o‘quv yurtlarida shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan shaxslar ya’ni, ko‘rish, eshitish, so‘zlash a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tarbiyalash va ta’lim berishning o‘ziga xos tomonlarini tadqiq etuvchi fanlar pedagogika fanining maxsus guruhini tashkil etadi. Pedagogikaning bu maxsus tarmoqlari defektologiya yoki maxsus guruhga birlashtirilgan.
Defektologiya fanlari- o‘z navbatida alohida mustaqil bo‘lgan tarmoqlarga bo‘linadi:
Surdopedagogika - kar va gung tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan;
Tiflopedagogika - ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi bilan;
Oligofrenopedagogika - aqli ojizlar ta’lim - tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
Bunday ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadigan institutlar Respublikamizda turli tavsiyalar berish, metodikani ishlab chiqish bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar, tajriba almashinish bilan ham samarali tadbirlarni olib borishadi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o‘ziga xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta’sirini o‘rganadi. Shu bilan birga, pedagogika o‘quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi.
“Pedagogika” tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. “Falsafa” fan sifatida insoniyat jamiyati, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil etadigan, ya’ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy manbaidir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir.
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan gneseologik masalalar va boshqa muammolar kiradi.
Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika, estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin