1 MUSTAQIL TOPSHIRIG’I Maktabgacha ta’lim asoslari fanidan 1- mustaqil topshiriq. Quyidagi atamalarga izoh yozing:
Ta’lim - bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan
Bilim - kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik ma’lumotlar, voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi bilimi nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Bilimlarni tadqiqetuvchi taʼlimot - epistemoogiyada perseptiv (hissiy), hayotiy - kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan bilimlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) bilimlar deb atalsa, astrologiya va shahrik. sohalarga oid bilimlar ezoterik (pinhoniy) bilimlar deyiladi. Ekzoterik bilimlar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik.
O’qitish - bu boshqa insonlarga bilim, ko'nikma va qadr-qadrlanganliklarni ta'lim beruvchi amaldir. O’qituvchi, talabalarga ma'lumotlarni taqdim etadi, ulardan tahlil qiladi va ularning rivojlanishi uchun yo'llar ko'rsatadi.
O’qish - bu bir necha turdagi matnlar yoki materiallar orqali ma'lumot olish jarayonidir. O’qish, tarbiya oluvchining bilimi oshirishi, yangiliklarini kengaytirishi va dunyoni tushunishi imkonini beradi.
Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Ko’nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko’nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko’nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko’nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko’nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko’nikmalar bilim olishga, uni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Ko’nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik toʻgʻri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Ko’nikmalar esa koʻproq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi