Bu immunologic sinamalar ko’proq kasallikning latent shaklini tasdiqlashdan dalolat beradi.Tez sodir bo’ladigan allergic reaksiyalarni tashxislashda bazofillarga oid to’g’ridan to’g’ri va bilvosita testlar,to’yingan xujayralarning destruksiyasi testlari,radioimmunolog-sorbent testlar(RAST,PRIST),qon xujayralaridan gistaminning mahsus ajralib chiqish reaksiyasi qo’llaniladi.Bu sinamalar ko’proq noinfeksion allergenlar bilan o’tkaziladi.
Allergiyaning asta-sekin rivojlanadigan turini aniqlash uchun qonda leykositlar harakatlanishining to’siqqa uchrash reaksiyasi(RTML),rozetkasimon ko’rinish paydo qiladigan xujayralar testi(ROK),limfotsitlarning blasttransfotrmatsiyasi testi(RBTL),neytrofillarning shikastlanish reaksiyasi(PPN),leykositoliz reaksiyasi,leykositlarning aglomeratsiyasi reaksiyasi qo’llaniladi.