MAVZU-11. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASH MODELLARI
Reja:
1. Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi
2. Ekonometrik modellar
3. Makroiqtisodiy modellar
4. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari
5. Tarmoqlararo dinamik balans modeli
6. Prognozlashtirishni mukammalashtirishning muhim yо‘nalishlari
7. Mahsulot xom ashyo nomenklaturasiga asoslangan modellar
Tayanch sо‘z va iboralar
Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi. Ekonometrik
modelllar. Makroiqtisodiy modellar. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari. Tarmoqlararo
dinamik balans modeli. Tarmoqlar va hududlar rivojlanishidagi iqtisodiy modellar.
Tarmoqlararo balansda sanoat, kapital qо‘yilmalar, mehnat resurslari balansi. Tarmoqlar
orasidagi о‘zaro bog‘liqliklar. Hisobga olingan davr uchun qator yillarda mahsulot ishlab
chiqarilishi
va
taqsimlanishi
kо‘rsatkichlarini
hisoblash.
Prognozlashtirishni
mukammalashtirishning muhim yо‘nalishlari. Iqtisodiy о‘sishning asosiy parametrlarini
prognozlashtirishda verifikatsion-statistik yondashish. Dinamik vaqt qatori malumotlaridan
maksimal foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan
moslangan chiziqli va chiziqsiz tipdagi kо‘p omilli modellari. Tarkibiy modellar. Mahsulot
xom ashyo nomenklaturasiga asoslangan modellar. Mahsulot talabiga kо‘ra ikki yoki undan
ortiq modellar, tarmoqli va optimal rejalashtirish modellari. Milliy daromadni taqsimlash
modellari. Aholi turmush darajasi modeli. Iste’mol tarkibi modeli. Ekosiyosat modeli. Ish
haqi va daromadlarni taqsimlash modellar
11.1. Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi
Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan
bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga obyekt yoki
jarayonni dastlab о‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida
modellarni tuzish, modellarni nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalarni
obyekt yoki jarayon tо‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni tо‘g‘rilash
va aniqlashtirish kabilar kiradi.
Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini о‘rganish vositasi
iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik modeli о‘z mohiyatiga kо‘ra
iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy о‘zaro aloqasini izohlab beruvchi
rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi.
Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish
mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan,
iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan imkon qadar
kо‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |