taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qо‘yilmalarga
bо‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi kо‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik
modelining asosiy kо‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun
qо‘llanilishi bilan ta’minlanadi.
Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va
nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bо‘yicha
iqtisodiyotning rivojlanish
istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga
yig‘ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarnimiqyosi va tarkibi bilan
tavsiflanadigan iqtisodiy
salohiyatning boshlang‘ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish kо‘rsatkichlar
о‘zgarishining istibolli tendensiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi.
11.4. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari.
Iqtisodiy-matematik modeli masalan quyidagicha ifodalanilishi mumkin
𝑍 = 𝑎𝑋. Bu
model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga
bо‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qо‘llanilishi mumkin. Bu holatda
X – buyumlar soni,
a– bitta buyum uchun material sarflanish meyori,
Z–materiallarga bо‘lgan umumiy ehtiyoji.
Iqtisodiy-matematik modeli, agar bir nechta tur
buyumlarni tayyorlash uchun
materiallarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bо‘lsa, murakkab kо‘rinishga ega bо‘ladi:
𝑍 = 𝑎
1
𝑋
1
+ 𝑎
2
𝑋
2
+ 𝑎
3
𝑋
3
+ ⋯ + 𝑎
𝑛
𝑋
𝑛
yoki
𝑍 = ∑
𝑎
𝑛
𝑖=1 𝑖
𝑋
𝑖
, bu yerda
n = 1, 2, 3,...
n.
Ushbu model materiallarga bо‘lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog‘liq
ekanligini
kо‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish
meyori. Bunday model deskriptiv (lotincha “desckribo”)deb ataladi.
Bir mahsulotli model nafaqat bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
sohalarda, balki bir qator holatlarda agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar iste’mol
qilinishda bir-birini о‘rnini bosadigan bо‘lsa yoki ularni mutlaq kо‘rsatkichlar qо‘llanilishi
mumkin. Kо‘p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab
chiqarayotgan mahsulotga va
xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni iste’mol qilishga bо‘lgan talab bо‘yicha ikkita
yoki undan ham kо‘p chegaralar kо‘rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni
iste’molida о‘rnini bosadigan xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish
imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: