Mavzu 12. Brauzerlar va ularning turlari. Reja: Web-dizayn va brauzerlar



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə1/4
tarix05.04.2023
ölçüsü46,97 Kb.
#93568
  1   2   3   4
Mavzu 12


Mavzu 12. Brauzerlar va ularning turlari.
Reja:


1.Web-dizayn va brauzerlar
2. Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlari.
4. Internet Explorer brauzeri interfeysi va u bilan ishlash

Internet tarmog’ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan bo’ladi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog’liq.


WEB-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server texnologiyalari ishlatiladi. Bunda serverda, odatda, WEB-serverda aks ettiriladigan barcha ma’lumotlarni saqlaydigan MB va ilovaning server qismi o’rnatiladi, foydalanuvchining ishchi stansiyasida esa axborotni ko’rish uchun ancha oddiy vosita o’rnatiladi. Bu tizimda WEB ilovaning server qismi «qalin» server ko’rinishida taqdim etiladi, mijoz mashinasida esa «yupqa» mijoz o’rnatilgan bo’ladi.
Hozirgi kunda oddiy WEB-serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. Tarmoqdagi u yoki bu serverning muvaffaqiyati ko’p jihatdan aynan sahifalar qanday bezatilganiga bog’liq. Axborot sahifalarga qanday bo’linganligi va matndagi murojaatlar qanday belgilanganligi ham muhim rol o’ynaydi. WEB-serverni yaratishning ushbu muhim jihatlari hozir katta qiziqish uyg’otmaydi, avval WEB-serverni o’zining asosini nima tashkil etishi va foydalanuvchilarning kompyuterlarida qanday savollar yechilishi kerakligi bilan tanishish talab etiladi. Axborotni taqdim etishning qulayligi avvalambor foydalanuvchilarning ishchi stansiyalarida o’rnatilgan vositalarga bog’liq bo’lganligi sababli WEB serverni yaratishda ishlatiladigan texnologiyalarni o’rganishni aynan ulardan boshlaymiz.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brauzerlar deb ataladigan axborotni ko’rish uchun o’ndan ortiq turli vositalar mavjud.
Ko’pchilik WEB-serverlari ishlab chiquvchilari (WEB-dizaynerlar) WEB-dizaynning muhim muammolaridan biri – har biri HTML va ssenariylarni turlicha qo’llab-quvvatlaydigan brauzerlar va platformalarning ko’pligi to’g’risida bir fikrdalar. Har bir yangi brauzerning chiqishi bilan ularning tavsiflari va imkoniyatlari yaxshilanadi, lekin bu avvalgi versiyalar yo’q bo’lib ketishini anglatmaydi..
Web-dizaynda qat’iy qoidalar yo’q. Bosh vazifa sahifaning mazmunini imkon qadar ko’p foydalanuvchilar erkin foydalanadigan qilishdan iborat bo’lganligi sababli, oldinga intilish uchun tajriba ham mavjud vositalarni e’tiborga olgan holda yangi texnologiyalarni ishlatish ham bir xil darajada muhimdir. Dizaynerlik qarori muvaffaqiyatining garovi auditoriyaning ehtiyojlarini tushunish va sahifa qanday ishlatilishi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishdadir.
Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlari.
Bozorda ikki asosiy brauzer: Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer ustunlik qiladi. Ularning birgalikda barcha versiyalarini qo’shganda, hozirda ishlatilayotgan brauzerlarning tahminan 90 %ni (yoki undan ko’prog’ini) tashkil etadi.
Bu ikki brauzer bozorda hukmronlik qilish uchun o’zaro raqobatlashmoqda. Ular kurashining natijasi sifatida HTML teglarining firma kolleksiyasi hamda turli texnologiyalarning bir-biriga mos bo’lmagan amalga oshirishlari (Dynamic HTML, hamda JavaScript va Cascading Style Sheets – kaskadli stillar jadvallari) yuzaga keldi. Boshqa tomondan, Netscape va Microsoft o’rtasidagi raqobat, umuman olganda, WEB-muhitning tez rivojlanishiga ko’maklashdi.
Microsoft Internet Explorer brauzeri
Netscape Navigator brauzeri
Ba’zi bir hujjatlashtirilgan farqlar quyidagilardan iborat: o’ziga o’rnatiladigan shriftlarni qo’llab-quvvatlashning mavjud emasligi; CSS filtrlari va o’tishlar (matn elementlari uchun ishlatiladigan obyektdan tushadigan soya kabi vizual effektlar)ni qo’llab-quvvatlashning mavjud emasligi; multimediani boshqarish elementlari (odatda mualliflik multimedia dasturiy vositalari tomonidan yaratiladigan o’tishlar va animatsiyalar effektlari)ning mavjud emasligi; DHTML ni amalga oshirish bilan bog’liq muammolar.
Brauzerlar nafaqat kompyuterga balki uyali telefon, PDA va boshqa kichik elektron mashinalarga ham ishlab chiqarilmoqda.
Opera. Opera - bu Oslodagi Opera Software (Norvegiya) kompaniyasi tomonidan yaratilgan kichikkina va oddiygina brauzer. Bu brauzer juda kam vaqt ichida yuklanadi va disk hajmiga minimal talablar qo’yadi. Uning afzalligi HTML standartlariga to’liq Opera mos kelishidir. Ancha obro’li brauzerlar o’tkazib yuboradigan teglarni yozishdagi noaniqliklar (masalan, yopuvchi teglarni qoldirib ketish, noto’g’ri o’rnatish va h.k.) bu brauzerda to’g’ri aks etmaydi. Operani 5.0 Java, kaskadli stillar jadvallari va DHTML qo’llab-quvvatlaydi.
Opera foydalanishning tezligi bo’yicha birinchi o’rinlarda turmasa-da, ko’pchilik ishlab chiquvchilar kodning to’g’riligiga amin bo’lish uchun o’z saytlarini tekshirishni davom ettirmoqdalar. 
Lynx. Lynx – bu faqat matnni ko’rishni ta’minlaydigan bepul tarqatiladigan brauzer, sizga Webdan tez va ishonchli erkin foydalanishni taklif etadi. U Web-sahifani bazaviy funksional tavsiflar bo’yicha tekshirish uchun yaroqli bo’lgan standart sifatida mashhur bo’ldi. Oddiyligiga qaramay, bu brauzer eskirmaydi. Lynx har doim takomillashtiriladi va zamonaviylashtiriladi. Hozir u jadvallar, shakllar va hatto JavaScript ni ham ta’minlaydi!
Agar qaysi brauzerlar eng ko’p ishlatilishi ma’lum bo’lsa, qaysi texnologiyadan foydalanish va teskari moslik uchun qayerdan chiziq o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish oson bo’ladi. Eng ishonchli axborotni, albatta, sahifa tashriflarining statistikasini yuritish bilan olish mumkin.
Internetda brauzerlar to’g’risida statistik ma’lumotlarni taqdim etadigan bir qancha sahifalarni topish mumkin. Bu sahifalardagi statistika ushbu saytlarni o’ziga tashrif buyurishlarning tahliliga asoslangan bo’lib, bu statistik tanlanmani shunday tipdagi saytlar bilan qiziqadigan tor doiradagi foydalanuvchilargacha cheklaydi, ehtimol yangi avtomobillarni xarid qilish yoki teleko’rsatuvlar dasturlari bilan qiziqadigan foydalanuvchilar boshqa brauzerlarni ishlatishar. BrowserWatch saytida joylashgan statistik ma’lumotlar har bir alohida olingan brauzerning versiyalari, kichik versiyalari va undan kichik versiyalari to’g’risida batafsil ma’lumot beradi.

Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin