Mustaqil ishi obyekti va predmeti. Mazkur ishning asosiy obyekti Chig’atoy ulusining paydo bo’lishi, va Kebekxon tomonidan otkazilgan pul isloxati axamiyati siyosiy tarixi va boshqaruv tizimi bo’Isa, predmeti mazkur masala tarixiga doir ma’lumotlaming tahlilidir.
Mustaqil ishining tuzilishi va hajnii.Kurs ishi kirish, asosiy qism, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Asosiy qism. I Bob. Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va Chig’atoy ulusining siyosiy tarixi Mo’gullar davlatining tashkil topishi
O’rta asrlaming manbalarining ma’lumotlariga ko’ra, XII asr oxiri XIII asr boshlarida mug’ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo’lib o’tadi. Yozma manbalarda mug’ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908 y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mug’ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog’lanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, Temuchin 1155 yilda tug’ilgan bo’lib, boy mug’ul zodagoni Esugay Bahodiming o’g’lidir. XII asr o’rtalariga kelib Baykal ko’li atrofi, hozirgi Mug’uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko’pchiligi Esugay Bahodir ta’siriga o’ta boshlaydilar. Egusay tatar va markit qabilalariga qarshi urushlar paytida 1185 yilda xoinona o’ldirilgandan so’ng tashabbus uning o’g’li Temuchin qo’liga o’tadi. Temuchin 1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib faqat mug’ullarnigina emas, ular bilan qo’shni bo’lgan tatar, markit, kerayit, jaloyir, nayman, uyg’ur, qorluq kabi ko’plab qabilalami o’z qo’li ostida birlashtirib, lcuchli davlatga asos soladi. 1206 yilning bahorida Mug’ulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida o’z hokimiyatining to’liq mustahkamlab olgan Temuchin mug’ullaming umum qurultoyini chaqiradi . Temuchinning tarafdorlari - mug’ul zodagonlari to’plangan bu qurultoyda u oliy mug’ul hukmdori - xon deb tantanali e’lon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga “Chingizxon” degan faxriy nom beradi (“Chingizxon” - kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi). Qurultoyda Chingizxon o’z tug’i - bayrog’ini ko’tarib, o’nta lavozimni joriy etadi va uni o’z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti qilib belgilanadi. Yangi mug’ul davlati - Eke Mung’ol ulus (Buyuk mug’ul davlati ) deb atalib uning boshqaruvi “Altan urug” (Oltin urug’) qo’liga o’tdi. O’z mavqei va hokimiyatini mustahkamlab olgan Chingizxon o’z harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshladi. U 1209 yilda tang’utlami, 1211 yilda uyg’urlarni, 1215 yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) shahri bilan birgalikda o’ziga tobe qilib oldi. Shu tariqa XIII asr o’ninchi yillari oxiriga kelib Sharqda ikkita yirik davlat - Xorazmshoh - Anushteginlar va Chingizxon davlatlari mavjud bo’lib, ular o’rtasida urush bo’lishi muqarrar edi. Chunonchi, 1215 yildagi Dashti Qipchoq yurishida Xorazmshoh mug’ullarning Jo’ji boshchiligidagi harbiy qo’shiniga duch keladi (hoz. Qozog’istonning To’rg’ay viloyati cho’llarida). G’arbga chekingan dushmanlari markitlar ustidan g’alaba qozongan mug’ullar Xorazmshohning 60 ming kishilik qo’shini bilan bir kun jang qildilar. Bu jang borasida Chingizxondan hech qanday ko’rsatma olmagan Jo’jixon ertasiga chekinishga majbur bo’ladi. 1215-1218 yillar oralig’ida Xorazmshoh va Chingizxon o’rtasida bir necha marta elchilar almashinadi. Rashiddin ma’lumotlariga ko’ra, Chingizxon 1218 yil Horazmshohga yuborgan nomasida uni “o’z o’g’illari qatorida ko’rishini” ma’lum qiladi. Sharq diplomatiyasiyada bu qaramlikni bildirishini Sulton Muhammad yaxshi anglagan edi. Undan tashqari 1218 yilgi Chingizxon tomonidan Xorazmga yuborilgan 450 kishilik elchilar guruhidagi 100 ga yaqin savdogarlarga josuslik vazifasi ham topshirilgan edi. Shu bois bu karvon O’tror shahrida talontaroj qilinib, elchilar o’ldiradi. Bu voqeadan so’ng har ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi, An-Nasaviy ma’lumotlariga ko’ra, Chingizxon bilan bo’ladigan jang munosabati bilan Urganchda chaqirilgan mashvaratda Sulton Muhammad o’rtaga tashlagan qator takliflarni inobatga olmadi. Chunonchi, to’ng’ich o’g’li Jaloliddinning, Xo’jand hokimi Temur Malik singari sarkardalarning barcha harbiy kuchlami (A. Ziyo ma’lumotlariga ko’ra, qo’shin soni 600 ming kishi atrofida bo’lgan- E.B.) asosiy nuqtalarga yoki bir erga to’plab, dushmanga zarba berish haqidagi maslahatlarga amal qilmadi va qo’shinlami yirik shaharlarga bo’lib tashladi. Chingizxon 1219 yilda o’z o’g’illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshladi. Bu kuchlar o’sha yili yozni Irtish daryosi bo’yiga o’tkazib, sentyabr oyida chegaradan o’tadi.
Chegaradan o’tgan Chingizxon o’z qo’shini bilan janubiy qozoq cho’llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O’tror shahri yaqiniga to’plab uni to’rt qismga bo’ladi. Chig’atoy bilan O’qtoy qo’shinning bir qismi bilan O’trorni qamal qilib egallash uchun qoldiradi. Ikkinchi qism esa Jo’ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchilig’kent, Sig’noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi. Uchinchi qismga Uloq nuyon va Suketu Cherbu bosh bo’lib O’trordan janubga, Xo’jand va Banokatni egallash topshiriladi. Chingizxonning o’zi bosh bo’lgan asosiy to’rtinchi qism yirik shaharlarSamarqand va Buxoroni egallash uchun yo’l oladi. Bu yurishlar natijasida 1219 yilda O’tror, Jand, Yangikent, Borchilig’kent, 1220 yilda Xo’jand, Buxoro, Samarqand, 1221 yilda Termiz va Urganch shaharlari mug’ullar tomonidan bosib olinadi. Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va “Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, “Qubbatul Islom” nomini olgan Buxoro, “Sayqali ro’yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi shaharlar talon-taroj qilindi. Ba’zi shaharlar, masalan, O’rtor, Sig’noq, Borchilig’kent kabilar uzoq vaqtlargacha dashtu-biyobonlarga aylanib qoldi. Shu davrda yashagan arab tarixchisi ibn al-Asirjug’ul (1160-1244 yy.) mug’ul bochqini dahshatlarini shunday ta’riflagan: “Ular (mug’ullar) hech kimga shafqat qilmadilar, aksincha, xotinlar, bolalar, erkaklarni o’ldirdilar, homilador xotinlaming qorinlarini yorib, tug’ilmagan go’daklarni nobud 108 qildilar... Bu musibat to’lqinlari turli tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy bo’lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg’ar va Balasag’un kabi viloyatlarni vayron etib, qirg’in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar, ketayotib hamma erni vayron etdilar.
Chig’atoy ulusining siyosiy tarixi
Chingizxon o'z hukmronligining so'nggi davrlariga kelib, 1224— yilda o'z qo'l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o'rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan g'arbga tomon to «mo'-g'ullar otining tuyog'i yetgan joygacha» bo'lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoli -g'arbiy qismlari to'ng'ich o'g'li Jo'jiga, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr yeiiari Chingizning ikkinchi o'g'li Chig'atoyga berildi. Uchinchi o'g'il O'qtoyga esa G'arbiy Mo'g'uliston va Tarbag'atoy yeiiari ajratildi, Kenja o'g'il va voris Tuliga Mog'uliston, Xitoy va Qirg'iziston yeiiari meros qilib berildi. Keyinchalik, Chingizxonning jahongirlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Yevropaning katta qismini bosib olib, Oltin O'rdaga asos solgan uning nabirasi Botuxon hukmronligi davrida (1227-1255) IViovarounnahming qator hududlari ham uning ta'sirida bo'lgan.
Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o'rtasidagi meros taqsimlanishi
natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Yettisuv o'lkalari Chig'atoy va uning vorislariga o'tib, u Chig'atoy ulusi nomi bilan atala boshlandi. Endilikda Mo'g'ul hukmdorlari Movarounnahr o'lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib boimasin, uning xalqini yanada itoatda tutish, bu yerdan mo'g'ul zodagonlari uchun ko'proq soliq va oiponlar undirish, qo'shimcha majburiyatlar yuklash harakatida boiadilar. Mo'g'ullar Movarounnahmi idora etishda mahalliy amaldorlar xizmatidan ustamonlik bilan foydalandilar. Shu o'rinda Mahmud Yalavoch, Badriddin Amid, Hasan Xoja, Ali Xoja, Yusuf O'troriy, Qutbiddin Xabash Amid singari mo'g'ul hukmdorlari bilan yaqindan hamkoriik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib o'tish joiz. Shu boisdan ham, Chig'atoy ulusi hukmdori Chig'atoy (1224-1242) davrida Movarounnahmi boshqarish mahalliy yirik savdogar, diplomat,. Sotqinlik evaziga mo'g'ullar ishonchini qozongan Mahmud Yalavochga berilgani tasodifiy emas. U xoqon nomidan raiyatni boshqaradi. Uning qarorgohi (poytaxti) Xo'jand edi. Harbiy hokimi-yat, aholini ro'yxatdan o'tkazish, soliq yig'ish ishlari doruxachi va tamg'ach deb ataluvchi mo'g'ul amaldoriari qo'lida bo'ladi. Mo'g'ul bosqoqlari ixtiyoridagiko'p sonli jangchilar Mahmud izmiga bo'ysundirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko'plab soliqlar undirilgan.
Bundan tashqari, aholi turli-tuman to'lovlar berishga majbur etilgan. Masalan, aholi savdo yo'llaridagi bekatlar (yomlar) uchun go'sht, un, guruch, ot- ulov berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari «din tugun», deb atalgan maxsus o'lpon to'lab turganlar.
Mo'g'ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, ship-shiydam etib, talon- taroj qilishi, so'ngra mahalliy aholini haddan ziyod soliq, o'lpon va to'lovlar yo'li bilan zulm-asoratga duchor yetishi, pirovard oqibatda xalqning ko'tarilishiga, o'z erki, musta-qilligi uchun qalqishiga sabab bo'ladi. 1238— yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog'ida boshlangan oddiy g'alvir yasovchi hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo'zg'oloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo'g'ul zodagonlarining mahalliy yiiqori tabaqa vakillari bilan til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttira-yotganligi, shohona aysh-u ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib borayotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g'azabga keltiradi va qo'lga qurol olib, mo'g'ullar zulmini ag'darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning tevaragiga ming-minglab alamzada oddiy mehnat kishilari to'planadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan ko'payib borgan qo'zg'olonchilar Buxoroga kelib, mo'g'ul amaldorlarini, shuningdek, mahalliy zodagonlar, sadrlarni yengib, shahami egallaydilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e'lon qilishga majbur bo'ladilar.
Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini
cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko'zlaydigan bir qator tadbirlar o'tkazadi.
Qo'zg'olonchilar zarbidan Karmanaga qochgan mo'g'ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar qo'zg'olonni bostirish uchun yangidan katta kuch to'playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylanga qo'zg'olonchilarning qo'H baland keladi. 10 mingdan ziyod mo'g'ul askarlari qirib tashlanadi. Qo'zg'olonchilar mo'g'ullarni Karmana-gacha quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo'zg'olon rahnamolari - Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok boiadi. Tez orada qo'zg'olonga qarshi yuborilgan Eldiz No'yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo'g'ul qo'shinlari Karmana yaqinidagi Malik rabotida qo'zg'olonni bostiradi.
Bujang-u jadal to'qnashuvda 20 mingdan ziyod qo'zg'olonchilar halok bo'ladi. Garchi bu xalq qo'zg'oloni mag'lub etilsa-da, biroq u Movaroun-nahr erksevar xalqining ozodlik va mustaqillik yo'lidagi mardonavor kurashi, qat'iyatini to'la namoyon etdi. Ayni chog'da, Torobiy qo'zg'oloni mo'g'ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta ko'rib chiqish, siyosiy va taktik yo'llarni o'zgartirish uchun muhim saboq bo'ldi. Mahalliy xalq orasida ancha obro'sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo'g'ul hukmdorlari tomonidan Movaroun-nahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning o'rni katta o'g'li Mas'udbekka berilishi ham o'zg'olonning muhim saboqlaridan biri bo'ldi.
Mas'udbek (1238-1289 - yil) bir tomondan, hukmron mo'g'ul Konlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yuritgan bo'lsa, ikkinchi tomondan mo'g'ul xonlari o'rtasidagi toj-u taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o'zaro ixtiloflardan ustalik bilan foydaianib, o'lkada savdo-sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlami amalga oshirishga intildi.
Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o'zga-rishlarda Chig'atoy ulusi xoni tashabbusi bilan mo'g'ul no'yonlari va shahzodalarining 1269— yilda Talas vodiysida bo'lib o'tgan qurultoyi va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta'siri katta bo'ldi. Mazkur qurultoy barcha mo'g'ul xonlari, aslzodalariga qayerda yashashlaridan qat'iy nazar mahalliy aholi hayoti, turmush tarziga aralashmaslik, belgilab qo'yilgan soliq, to'lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydon- larini payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr yerlariga ko'chib, asta-sekin o'troq hayotga o'ta borishga da'vat etdi.
XIII asming ikkinchi yarmiga kelib mo'g'ullarning mahalliy aholiga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari ham keskin o'zgarib bordi. Mo'g'ul hukmron doiralarining bir qismi yerlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-sotiq, hunarmand tabaqalari bilan umumiy til topib, o'z qarashlarini o'zgaitirib, musulmon ruhoniylariga hayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo'la boshladilar. Chig'atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo'ldi. Shuningdek, mo'g'ul qabilalari, elatlari bilan birga XIII asning ikkinchi yarmidan boshlab ko'plab turkiy urug'-qavmlar ham Movarounnahrga kelib o'rnasha boshladi. Jumladan, barloslar Qashqadaryoda, jaloirlar Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg'oniston shimolida, kavchinlar Tojikiston janubida, turkiylashgan mo'g'ullar urug'i-so'fiylar Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa turkiy xalqlar, elatlaming o'lkadagi mavqeyining yanada mustahkamlanishiga, turkiy til va uning shevalari ta'sirining ortib borishiga bois bo'ldi. XIV asrdan boshlab Chig'atoy ulusida mo'g'ul xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar, dastavval, Chig'atoy xonlaridan Duvaxon (1274-1306), uning o'g'illari Kebekxon (1318- 1326), Tarmashirin (1326-1334) nomlari bilan bog'liqdir. Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo'lgan Mas'udbek sa'y-harakatlari bilan shaharsozlik rivojlan-ganligi, savdo-sotiq ahli katta naf topganligi, qishloq xo'jaligi ancha yuksalganligi ko'zga tashlanadi. Kebekxon esa o'z qarargohini mo'g'u] hukmdorlari orasida birinchi bo'lib Movarounnahrga ko'chirdi. Qash-qadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda uning buyrug'i bilan saroy (mo'g'ulcha ma'nosi «qarshi») bunyod etilib, Qarshi nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o'sha davrning muhim voqealaridan bo'lgan.