Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə28/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
сохавий

Ekspress-axborot- vaqtli referativ nashr bo‘lib, u xorijda nashr etilgan va mamlakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi haftalik yoki oylik nashr. U materillar haqida tanlangan asosda ma’lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi foydalanuvchilarga juda ham tezkorlik bilan ma’lumot berish.
Ilmiy ishlar borasida xalqaro ilmiy-texnika axborot markazi MSNTI tashkil etilgan. 1976 yildan boshlab MSNTI – 1 AIS (avto- matlashtirilgan axborot tizimi) ishga tushirilgan. Muntazam ravishda MSNTI a’zolari mamlakatlar uchun (RS-1) referativ to‘plam, MSNTIga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun (RS-2) referativ to‘plamlar chiqarib boradi. Rossiya 1955 yildan boshlab YUNESKO tomonidan tashkil qilingan ijtimoiy fanlar xalqaro bibliografik qo‘llanmalar chiqarishda ham ishtirok etadi. Bular orasida «ijtimoiy fanlar xalqaro bibliografiyasi» va «Tarixiy fanlar xalqaro bibliografiyasi», «Falsafa bibliografiyasi» va boshqalar ajralib turadi. Ijtimoiy-siyosiy mavzuda nashr qilinayotgan materiallarning ko‘payganligi, mazmuni, g‘oyaviy maqsadi, vazifasiga qarab ular 56 oqimining tabaqalashtirilishi, jamiyatshunoslarning axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlari murakkablashib borayotganini joriy bibliografik qo‘llanmalar tuzish uslubiyotini doimo takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ularda to‘plangan material u yoki bu e’lon qilingan materiallarning mavjudligi to‘g‘risida «signal»gina bo‘layotgani yo‘q. Materialni ilmiy asoslangan tarzda tanlash, uni tizimlashtirish va uning ta’rifini kitob va maqolalarni qayd qilish axborotning «tarqoqligini» bartaraf etish vositasigina bo‘lib qolmay, shu bilan birga yangi materiallar bilan ijtimoiy faoliyati, ularning ilmiy ahamiyatiga, amaliy jihatidan qimmatli bo‘lishiga, mafkuraviy maqsadiga baho berish o‘rtasida zarur aloqalar o‘rnatish omili hamdir. Yangi adabiyot to‘g‘risida kitobxonlarni tezkor xabar qilish va tanlashning asoslangan mezonlari doirasida axborotning to‘la bo‘lishi joriy bibliografiya nashrlariga baho berishning g‘oyat muhim mezonidir. Tizimga kiruvchi ayrim joriy nashrlar uchun shu mezondagi qo‘llanmalar tuzish jarayonida kelishib ish ko‘rgan va rioya qilgan taqdirdagina ana shunday to‘la bo‘lishga erishi mumkin. Joriy nashrlar tizimini optimallash: yagona yoki qo‘shma tavsiflash sxemalarini, yordamchi ko‘rsatkichlarining bir xil tizimini qo‘llash shunday nashrlarni takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga egadir. Annotatsiya va referat tuzish uslubini takomillashtirish ham adabiyot mazmunini ta’riflash chog‘ida subektiv bartaraf etishga, u yoki bu muhim guruh uchun shu soha mutaxassislarini ajratishga qaratilgandir. Joriy nashrlarni tuzish uslubini takomillashtirilgan bibliografik izlash rejimida ulardan foydalanish zarurati bilan bog‘liqdir. Avtomatlashtirish vositalari qo‘llanmalarini yaratish jarayoni ham, jumladan yordamchi ko‘rsatkichlarni tuzish uchun ham foydalaniladi. Biroq shuni ham uqtirib o‘tish kerakki, joriy bibliografik qo‘llanmalarni avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqarish naqadar ahamiyatli bo‘lmasin, bir qancha muhim jarayonlardagi avvalo adabiyotga baho berish va uni tanlash ishlari yaqin kelajakda qo‘llanmalarni tuzuvchi odamlar aqli bilan bajariladi

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin