Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə35/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
сохавий

Referativ axborot- referativ jurnal, ilmiy-axborot to‘plamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi. Bunda axborot-hujjatlar haqidagi ma’lumotlar referatlar shaklida beriladi, boshqa turlardan farqi uning xajmida va berilayotgan ma’lumotlar sonida. Ijtimoiy siyosiy bibliografiyalar tizimi XX asrning 20- 30 yillardayoq tashkil etilgan. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot tizimi ancha keyinroq, 60-yillarning ohirida paydo bo‘ladi. 1969 yil Rossiya FA V.P.Volgin nomidagi FBON bazasida (ijtimoiy fanlar asosiy kutubxonasi) INION (ijtimoiy fanlar buyicha ilmiy-axborot instituti) tashkil etiladi. Bu esa nafaqat Rossiyada, balki butun dunyodagi ilmiy axborot va bibliografik ishidagi yangilik edi. INION 1918 yilda tashkil etilgan FBON ishini davom ettiradi va rivojlantiradi. INION Rossiya FA – ijtimoiy fanlar bo‘yicha yagona ilmiy-axborot markazi hisoblanadi. Institut quyidagi vazifalarni bajaradi: - MDHning ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari davlat organlari va jamoat tashkilotlarini axborot bilan ta’minlash; - Ijtimoiy fanlar bo‘yicha MDH da va chet el mamlakatlarida nashr etilgan materiallarni to‘plash va referatlash; - Ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalariga oid adabiyotlarni referatlash, bibliografiyasini tuzish, analitik obzorlar qilish; - Ijtimoiy fanlar bo‘yicha integral avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish; - Ijtimoiy fanlar yuzasidan MDHda olib borilayotgan ishlarni koordinatsiyalash va tajribasini nazariy umumlashtirish; - Chet el ilmiy axborot markazlari ilmiy aloqalarini rivojlantirish. Yuqorida aytib o‘tilgan kompleks ishlarni bajarish uchun ijtimoiy fanlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori saviyali ilmiy hodimlar jalb etilgan. INION faoliyatining asosiy yo‘nalishi ijtimoiy fanlarning barcha tarmoqlari bo‘yicha bibliografik va referativ axborot olib borishdan iborat. Shu bilan birgalikda ijtimoiy fanlar bo‘yicha referativ axborot berib borish INON faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.
Referativ jurnal- bu hujjatlar haqida axborot beruvchi jurnal ko‘rinishidagi vaqtli nashr. Bu materiallarni to‘la beradi, birinchi navbatda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni, ayniqsa shu sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. INON nashrlari orasida ikki nomdagi referativ jurnal markaziy o‘rinni egallaydi: «Obshestvenniye nauki v Rossii» va « Obshestvenniye nauki za rubejom». Ularning birinchisi yetti seriyada, ikkinchisi esa to‘qqiz seriyada chiqadi. Referativ nashrning ikkinchi turi «Problemali tematik referativ to‘plamlar (RS) da iqtisod, falsafa, tarix, siyosat, ideologiya va madaniyatining dolzarb masalalari yoritib boriladi. «RS» Rossiyada ijtimoiy fanlarni yangi yo‘nalishlari va yangi qaramaqarshiliklariga oid axborot berib boradi. INIONning keyingi nashri «Axborotning» eng murakkab sintetik turi hisoblangan «Jamiyatshunoslikka doir analitik obzorlar» dir. INION 28 ta joriy tarmoq, mamlakatshunos va muammoli – mavzu bibliografik ko‘rsatkichlar chiqaradi. Bular: «Novaya inostrannaya literatura po obshestvennim naukam» yetti seriyada, «Novaya Rossiyskaya i inostrannaya literatura po obshestvennim naukam», o‘n to‘rt seriyada chiqarildi. Bibliografik ko‘rsatkichlar INION, RMK (Rossiya milliy kutubxonasi), VGBIL (chet el adabiyotlari) va boshqa bir qator yirik kutubxonalariga kelgan yangi adabiyotlar xaqida bibliografik axborot beradi. INION, (IAAS) integral avtomatlashtirilgan axborot tizimi) ni tashkil qilish, joriy etish va ishlab chiqarishga tadbiq etish bilan shug‘ullanadi. Institut yirik axborot markazlari ishini koordinatsiyalab boradi.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin