Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Mavzu 6 Rivojlanish qonunlari va BHO faoliyati



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə9/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
сохавий

Mavzu 6 Rivojlanish qonunlari va BHO faoliyati
1.Hujjatlarni rivojlantirish va faoliyat yuritish qonunlari jamiyat rivojlanishining aksi sifatida.
2.Hujjat oqimining dinamikasi va о‘sish modellari. Ayrim tarmoqlardagi yo’l-transport hodisalari о‘sishining xususiyatlari.
3.Jadal rivojlanish tarmoqlari.
4.Sanoat sekin rivojlanish sur’atlariga nisbatan.
Axborot xizmatlarining huquqiy asoslarini belgilovchi navbatdagi qonun – О‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi qonuni bо‘lganini alohida qayd etish lozim. Qonunning 10-moddasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati” (2014 yil 5 may) deb nomlanadi. Unda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining о‘z faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajaruvchi, shuningdek ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni ta’minlovchi tarkibiy bо‘linmasi yoxud ushbu vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatidir, deb belgilab qо‘yilgan.
Ushbu moddaga binoan Axborot xizmati ommaviy tadbirlarni tashkil etish, axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va hokazolarni) tarqatish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytida ularning faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilab borish yо‘li bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini kо‘radi. Axborot xizmati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati tо‘g‘risida axborot tarqatishning qonun hujjatlariga zid bо‘lmagan boshqa usullaridan ham foydalanishi mumkin. Qonunda axborot xizmatining faoliyatini tashkil etish tartibi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanishi ham qayd etilgan.
Aytish joizki, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi qonunning nomlanishidan ham kо‘rish mumkinki, qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun ham sodda va tushunarli tilda yozilganligi bilan barcha uchun birdek tushunarlidir. Mamlakatimiz Konstitusiyasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qо‘yilgan. Yangi Qonun ushbu normani tо‘la-tо‘kis amalga oshirishni ta’minlaydi.
Mazkur qonun aholining davlat tuzilmalari faoliyati haqida axborot olishida, ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirishda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarimizni yaxshilashda va albatta, aholi farovonligini yuksaltirishda katta imkoniyatlarni ochadi.
Bu huquqiy hujjat fuqarolar xabardorligini ta’minlashning turli usullari nazarda tutilishi bilan ham biz uchun muhim ahamiyatga ega. Bu davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning mohiyati va ahamiyatini, amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarning borishi haqidagi axborotlarni har bir hudud, har bir mahalla aholisiga yetkazish imkonini beradi. Ma’lumki, bizning vazifalarimizdan biri – bandlikni ta’minlashga kо‘maklashishdir. Bugun bо‘sh ish о‘rinlari haqidagi axborotlar respublika tashkilotlaridan totib viloyatlar hokimliklari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilinmoqda. Bu, о‘z navbatida, о‘sha idora va tashkilotlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda katta о‘rin tutadi.
Ochiqlik va davlat organlari rasmiy manbalari axborotlarining tо‘la-tо‘kis mavjud bо‘lishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan tortib barcha-barchani ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash imkonini yaratishini izohlashga hojat bо‘lmasa kerak.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari alohida о‘rin tutadi. Chunki aynan ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat о‘rtasida о‘ziga xos kо‘prik vazifasini bajarmoqda. Demak, ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yana bir muhim qadam bо‘ldi. Ommaviy axborot vositalari sohasida yurtimizda mustahkam qonunchilik asosi shakllantirilgan bо‘lib, u izchil takomillashtirib borilmoqda, Axborot bilan ishlovchi mutuxasislik faoliyatining erkinligi va kafolatlari ta’minlanmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining Axborot bilan ishlovchi mutuxasisga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta’minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bunday yangilik faoliyatimizda uchrab turadigan axborot olishdagi ba’zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, Axborot bilan ishlovchi mutuxasis materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bо‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga davlat organlari faoliyatiga oid axborotlarni tо‘siqsiz olishning mustahkam kafolati zarur. Bu borada mazkur qonunning asosiy prinsiplari – axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning о‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, oshkoralik, shaffoflik, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonunda mamlakatimizda oxirgi yillarda shakllangan jamoatchilikni davlat organlari faoliyati haqida boxabar qilish mexanizmlari belgilab qо‘yilgan. Ular orasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati tо‘g‘risida axborot olishga doir sо‘rovga javoblar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etishiga oid tartiblar muhim ahamiyatga egadir.
Huquqiy demokratik jamiyatimizda qonun ustuvorligi juda muhim ijtimoiy voqelikka aylangan. Kо‘plab sohalar, tarmoqlar qatori axborot xizmatlarining huquqiy poydevorini tashkil etadigan qonunlar va boshqa hujjatlar kam emas. О‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar tо‘g‘risida”gi, “Axborot olish kalolatlari va erkinligi tо‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish tо‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tо‘g‘risida”gi, “Noshirlik faoliyati tо‘g‘risida”gi qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tо‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi qarori, “О‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori va boshqa shu kabi hujjatlar ham axborot xizmatining huquqiy asoslarini tashkil etadi. Shu о‘rinda aytib о‘tish joizki, axborot xizmati qaysi tashkilotga qarashli bо‘lsa, shu sohaga oid qonun va qarorlar ham uning muhim huquqiy asoslaridan hisoblanadi. (Aytaylik, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati faoliyati О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni bilan chambarchas bog‘liq). Axborot xizmati faoliyati ana shu qonunlar, qarorlar va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilishi hamda faoliyati takomillashtirib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Jahon xо‘jaligi — bu bir-birini taqozo etuvchi, о‘zaro bog‘langan turli mamlakatlar milliy xо‘jali-gining majmuasi bо‘lib, iqtisodiy yaxlitlikni hosil etadi. Tabiiy resurslarning mavjudligi. Bu resurslar kо‘p va arzon mamlakatlarda shu resurslardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish ustuvor rivojlanadi va shu sohada afzallik paydo bо‘ladi. Masalan, Saudiya Arabistonida dunyodagi eng sifatli va arzon neft zaxiralari bor, shu sababli bu yerda neftni qazib olish va qayta ishlash rivojlangan. Braziliyada kofe, Hindistonda choy, AQSH va Kanadada bug‘doy, О‘zbekistonda paxta yetishtirish uchun qulay sharoit bor. Rossiya va Finlyandiyada о‘rmon kо‘p bо‘lganidan yog‘ochsozlik rivojlangan.
Tabiiy resurslarning mavjudligi. Bu resurslar kо‘p va arzon mamlakatlarda shu resurslardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish ustuvor rivojlanadi va shu sohada afzallik paydo bо‘ladi. Masalan, Saudiya Arabistonida dunyodagi eng sifatli va arzon neft zaxiralari bor, shu sababli bu yerda neftni qazib olish va qayta ishlash rivojlangan. Braziliyada kofe, Hindistonda choy, AQSH va Kanadada bug‘doy, О‘zbekistonda paxta yetishtirish uchun qulay sharoit bor. Rossiya va Finlyandiyada о‘rmon kо‘p bо‘lganidan yog‘ochsozlik rivojlangan.
Geografik holat. Bu mamlakatlarni yer kurrasining qayerida joylashuvini bildiradiki, bu ham afzallik beradi. Suv bо‘yida joylashgan mamlakatlarda kemasozlik uchun qulay sharoit bо‘lsa, tog‘li mamlakatlarda (masalan, Kirg‘izistonda) gidroenergetika uchun sharoit yaxshi bо‘ladi. Iliq dengizlar qirg‘og‘ida va okean orollarida joylashgan hamda mineral suvlarga boy mamlakatlarda kurortlar rivojlanadi. Chunki bu yerdagi tabiiy sharoit shifobaxsh bо‘ladi. Ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbati. Qaysi bir omil arzon tursa, shundan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish afzallikka ega bо‘ladi. Kapital arzon joyda serkapital ishlab chiqarish ustuvorlikka ega bо‘lsa, mexnat arzon joyda sermexnat ishlab chiqarish tez rivojlanadi. Masalan, AQSH, Fransiya, Angliya va Germaniyada mashinasozlik ser-kapital soha bо‘lib ustuvorlik keltiradi.
Singapur, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Hindiston, Malayziya, Fi-lippin va Urta Osiyo mamlakatlarida ish kuchi arzon bо‘lganidan sermehnat mahsulotlar, chunonchi zargar-lik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, yig‘ma ishlab chiqarish mahsulotlarini yaratish afzal-lik beradi. 4. Tо‘plangan ilmiy-texnikaviy salohiyat. Bu salohiyat qanchalik yuqori bо‘lsa, shunchalik serilm (yangi fan-texnika yutuklariga asoslangan va ilmiy ishlar uchun katta xarajat talab qiladigan) tovar va xizmatlarni yaratish afzallik keltiradi. Bular jumlasiga avia-kosmik, elektronika, mikrobiologiya, mudofaa, meditsina uskunalari, farmatsevtika sanoati, informatsiya xizmati kabilarni kiritish mumkin. Shunday afzallikka ega mamlakatlarga misol qilib AQSH, Yapo -niya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Koreya respublikasini keltirish mumkin.
Xalkaro iktisodiy munosabatlar kuyidagi shakillarda namoyen buladi : tovar va xizmatlar bilan xalkaro savdo kapital va chet el investitsiyalarning xarakati ishchi kuchining migratsiyasi ishlab chikarishning davlatlararo kooperatsiyasi fan va texnika soxasidagi ayirboshlash valyuta-kredit munosabatlari
Xalqaro savdo-sotiq turli mamlakatlar о‘rtasi-dagi tovar ayirboshlashdirki, bu taqqosiy afzallik qoidasiga asoslanadi. Xalqaro savdo-sotiqning miqyosi unda ishtirok etuvchi mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasiga tо‘g‘ri mutanosiblikda bо‘ladi, ya’ni bu daraja qanchalik yuqori bо‘lsa, shunchalik mamlakatlararo tovar ayirboshlash keng bо‘ladi!
Xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaklida bо‘ladi. Eksport — bu tovarlarni mamlakat tashqari- siga chiqarib sotish. Import — bu tovarlarni tashqa- ridan sotib olib mamlakat ichiga kiritish. Eksport va importning nisbati tashqi savdo balansi hisobla-nadi, u aktiv va passiv holda bо‘ladi. Eksport importdan kui bо‘lganda tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan kup bо‘lgayada passiv bо‘ladi. Aktiv balans tashqariga tovarlar kup sotilishini, passiv balans esa ular tashqaridan kо‘proq xarid etilishini anglatadi. Eksport va import о‘rtasidagi farq sof eksport bо‘ladi.
Savdo balansining holatiga qarab sof eksport mus-bat (+) yoki manfiy (—) bо‘ladi. 2004 yili О‘zbekiston sof eksporti musbat bо‘lgan, chunki eksportdan kel-gan pul tushumi importga ketgan pul xarajatidan 1 mlrd. dollarga kо‘p bо‘lgan. Eksport import bilan barobar bо‘lganda sof eksport 0 ga teng bо‘ladi, bun-day holda nettobalans hosil bо‘ladi. Iqtisodiyotning eksport salohiyati 2 narsaga bog‘liq bо‘ladi: a) ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi; b) ishlab chiqarishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va ixtisoslashuv darajasi.
Kapitalning xalqaro xarakati Chetga kapital chiqarishning 2 ta asosiy usuli bor: Kapitalni chet elga bevosita, ya’ni tо‘g‘ridantо‘g‘ri investitsiyalash. Bu usul xorijda korxonalar qurish, mamlakatdagi firmalarning bо‘linmalari va shoxobchalarini ochish, chet eldagi korxonalarni sotib olish, u yerda о‘z banklari bо‘linmalarini ochish yoki yangidan bank tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Masalan, Germaniyadagi «Folksvagen» avtomobil korporatsiyasi Lotin Amerikasi mamlakatlarida о‘z zavodlarini ochgan. Yaponiyadagi «Toyota» avtomobil kompaniyasining AQShda zavodlari bor. AQShdagi «Ford» kompaniyasining esa G‘arbiy Yevropada zavodlari bor. Kapital chiqarish turli mamlakatlar firmalarining qо‘shilib ketishi, milliy va xorij kapitali ishtirokidagi qо‘shma, ya’ni sherikchilik korxonalarini ochish shaklida ham bо‘ladi.
Masalan, О‘zbekistonga chetdan kapitalning kirib kelishi asosan qо‘shma korxonalarni tashkil etishdan iborat. Bu korxonalar О‘zbekistonda 2003 yili 1441, 3 mlrd. sо‘mlik tovar va xizmatlar yaratgan. Ular eksporti 564, 4 mln dollarga teng bо‘lgan. Portfel investitsiyalarini joylashtirish. Bu usul chet el kompaniyalarining aksiya va obligatsiyalarini qisman sotib olish tarzida yuz beradi. Bunda chet el moliya aktivlari bir qо‘ddan boshqa qо‘lga о‘tadi. Bularni olganlar chet eldagi firmalarning sheriklariga aylanadi. Shunday yо‘l bilan banklar, moliya kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari ham qо‘lga olinadi.
Mamlakatlararo mehnat migratsiyasi Ish kuchining dunyo miqyosida bir yerdan boshqa yerga kо‘chib о‘tishi xalqaro mehnat migratsiyasi deyiladi. Xalqaro mehnat migratsiyasi 2 xil bо‘ladi: 1. Ochiq-oshkora migratsiY. Bu migratsiya mavjud qonunlariga binoan va belgilangan tartibda ish kuchining bir mamlakatdan boshqasiga kо‘chib о‘tishi. Masalan, Yevropa ittifoqiga kirgan mamlakatlarning biridan ikkinchisiga ish kuchining erkin о‘tishiga yо‘l beriladi. 2. Yashirin migratsiY. Bunda ishlashga qodir va bunga ishtiyoqi bor kishilar migratsiyasi qonunlariga xilof ravishda, yashirin firmalar kо‘magida yuz beradi.
Valyuta ayrboshlash valyuta kursi ikki narsaga bog‘liq bо‘ladi: Almashinadigan valyutalarning xarid qobiliyati. Bu valyuta kursi uchun asos bо‘ladi. Shu sababli valyutalar ma’lum nisbatda ayirboshlanadi. Almashadigan valyutalarga talab va taklif nisbati. Talab oshsa valyuta kursi kо‘tariladi, bordiyu taklif oshib talab qisqarsa kurs pasayadi.
Har bir milliy valyutaning boshqa valyutaga almasha olish xususiyati valyuta konvertatsiyasi deyiladi. Shu xususiyat jihatidan valyutalar 2 guruhga bо‘linadi: Birinchisi tо‘la konvertirlanuvchi valyutalar. Bular mamlakat ichida va tashqarisida cheklanmagan holda ayirboshlanadigan, ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalardir. Bu valyutalar har qanday ish uchun va cheklanmagan mikdorda о‘zaro ayirboshlanadi. Bular ora-sida erkin konvertirlanuvchi qattiq valyu talar bо‘lib, bular iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarning puli hisob-lanadi
Integratsiya va globalizatsiya turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining о‘za-ro qо‘shilib yagona mamlakatlararo xо‘jalik tizimini hosil etishi iqtisodiy integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya turli mamlakatlar iqtisodiy chegaralarining bir-biri uchun ochilib, yagona iqtisodiy makon hosil bо‘lishini bildiradi. Integratsiya bir qator belgilar-ga ega: Yagona umumiy bozorning mavjudligi. Bir mamlakat milliy bozori boshqa mamlakat tovar va xizmatlari uchun ochiq bо‘ladi, bojxona poshlinglari bekor qilinadi yoki minimal darajaga keltiriladi, eksport va import cheklanishlari olib tashlanadi.
Yagona iqgisodiy makon doirasida iqgisodiy resurslarning hech bir cheklovlarsiz erkin harakatining yuz berishi. Bunda yagona migratsiya qoidalari kiriti-lib mehnat resurslarining erkin kо‘chib yurishi va mamlakatlararo taqsimlanishi ta’minlanadi. Mehnat migratsiyasi uchun chegaralar ochiq bо‘ladi, umuman ki-shilarni bir mamlakatdan boshqasiga borish qoidalari g‘oyat soddalashtiriladi. Mamlakatlararo kapital chiqarish va kapital kiritishdan ham yangilliklar bо‘ladi, о‘zaro kapitalni taqsimlanishiga afzalliklar beriladi. Bir mamlakatdagi kapital sohibi boshqa yerda biznes qilishi uchun hech bir tо‘siqlar bо‘lmaydi. Turli davlatlar ichki va tashqi iqtisodiy siyosatining muvofiqlashuvi.
Turli milliy pullar о‘rniga yagona pulning kiritilishi, bu pul integratsiyalashgan mamlakatlar uchun umumiy tо‘lov vositasi hisoblanadi, u qamma mamlakatlarda barcha tо‘lovlarga qabul qilinadi. Iqtisodiy integratsiya quyi shakldan oliy shakl tomon rivojlanadi. Shu sababli u quyidagi bosqich-lardan о‘tadi: Erkin savdo zonalaridagi integratsiY. Erkin iqtisodiy zonalardagi integratsiY. Bu yer-dagi muntazam aloqalar savdo-sotiq doirasidan chiqib sanoat, bank, sug‘urta va texnologiyaning ishlariga ham taallukli bо‘ladi. Umumiy bozordagi integratsiY. Bu turli mamlakatlar bozorining birlashib umumiy bozor hosil etishi, bir mamlakat ichki bozorining boshqasi uchun ochiq bо‘lishi.
Proteksionizm ya’ni erkin savdo yо‘lida juda kо‘p tо‘siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yо‘qqa chiqaradi. Erkin savdo yо‘lida juda kо‘p tо‘siqlar mavjud bо‘ladi. Ularning asosiylari kuyidagilar: Boj tо‘lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki ximoya uchun kiritilishi mumkin. Import kvotalari yordamida malum bir vaqt oralig‘ida import qilinishi mumkin bо‘lgan tovarlarning maksimal xajmi о‘rnatiladi. Ta’rifsiz tо‘siklar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar quyish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar tushuniladi. Eksportni ihtiyoriy cheklashlar savdo tо‘siklarning nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari о‘zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy cheklaydi.
Tо‘lov balansi-mamlakat rezidentlari va chet elliklar о‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan barcha iktisodiy kelishuvlar natijasining tartibga solingan yozuvi. Iqtisodiy kelishuvlar-kiymatning xar kanday ayirboshlashi, ya’ni tovarlar, kо‘rsatilgan xizmatlar yoki boshqa aktivlarga mulkchining huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga о‘tishi bо‘yicha о‘zaro kelishuvlar.
Bilimning zaif joylari. О‘lchangan о‘sish kо‘rsatkichlari. Vaqt о‘tishi bilan hujjatlarning qiymat xususiyatlarini yo’qotishning obyektiv jarayoni sifatida qarish. Hujjatlarni qarish sabablari. Mazmunli va jismoniy qarish. Ayrim tarmoqlarning hujjat oqimlarining mazmunli qarishi xususiyatlari va qonunlari. О‘tgan yillardagi hujjatlarni jamiyatda faol foydalanishga qaytarish jarayoni sifatida oqimdagi hujjatlarni yangilash. Hujjatlarni amalga oshirish sabablari.


Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin