Mavzu: № 18 Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari va ularni amaliyotga tadbiq etish.
Reja:
1.Psixologiya fanining ilmiy nadqiqot metodlari.
2.Hozirgi zamon psixologiya fanining tarmoqlari
3.Kuzatish metodi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi.Ular yordamida biror oʻrganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish , ularni koʻpchilikda qayta qayta sinash va maʼlumotlarni korrelyatsion analiz qilish orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin boʻladi.Ayni testga qoʻyilgan talab xech qachon oʻzgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida , turli davrlarda ham oʻzgarmagan holda ishlatilaveradi. Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sunʼiy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi,oʻrganiladi, taʼsir koʻrsatiladi, va baholanadi.
Modellashtirish metodi kuzatish,soʻroq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida oʻrganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qoʻllaniladi.Bunda oʻsha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib oʻsha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat oʻrganiladi va xulosalar chiqariladi. Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur va uni amalga oshirishni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha meyoriy hujjatlarda o`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual imkoniyatlarini, individual-psixologik xususiyatlarini o`rganishga va shu asosda ta`lim va tarbiya ishlarini rejalashtirish va qayta qurishga katta e`tibor berilgan. Bu esa, boshqa fanlar bilan bir qatorda, yosh avlodni tarbiyalashda psixologiya fanining ham alohida o`rni mavjudligini ko`rsatmoqda. Mazkur kursni o`qitilishdan maqsad, bakalavriatning "Kasbiy pedagogik tayyorgarlik" yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatlarida kerak bo`ladigan hozirgi zamon psixologiyasining nazariy va amaliy bilimlarni berish.
Psixologiya kursining vazifasi talabalarni o`quv-tarbiya jarayonini o`rganish va boshqarishda qullaniladigan shaxs psixologiyasi, psixik jarayonlar, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiyaga oid bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish. Kursni o`rganish davomida talabalar psixika va uning taraqqiyoti, shaxsning shakllanishi, shaxsning faoliyati va bilish jarayonlari, ta`lim va tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlari haqida bilimlar oladilar. Psixik hodisalar, psixik jarayonlar, holatlarni klassifikatsiya qilish, ularning yuzaga chiqishini, rivojlanganlik darajasini diagnostika qilish, psixologik bilimlarga asoslanib o`z pedagogik faoliyatini, o`quvchilarning bilish faoliyatini, ta`lim va tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish va boshqarishga doir ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar. Ushbu ma`ruzalar majmuida 5140900 – Kasb ta’limi yo’nalishining barcha sohalari bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar o`rganishi uchun psixologiya kursining umumiy psixologiya bo’limiga doir mavzular kiritilgan. Bu mavzularda o`tiladigan o`quv materiallarining asosiy mohiyati berilgan bo`lib talab uchun chuqur bilim olishga yo`llanma beradi va mashg`ulotlrga o`tiladigan mavzu bo`yicha yetarli tushuncha bilan kelish imkonini beradi.
Psixologiya-lotincha «psyuxе»–ruh, jon, «logos»–fan, ta'limot dеgan so`zlardan olingan bo`lib, ruh, jon haqidagi fan dеgan ma'noni anglatadi. Psixologiya faniga bеriladigan ta'riflar ham juda xilma–xil bo`lib, shulardan ayrimlarini ko`rib chiqadigan faktlar, ularning qonuniyatlari va psixika mеxanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya–kishining ichki dunyosi, uni bilib olish va hayotda qo`llanish haqidagi fandir.Ko`rinib turiptiki, barcha ta'riflarda ham psixika haqida so`z bormoqda. Xоsh, psixika nima?Psixika lotincha psyuxе-so`zidan kеlib chiqqan bo`lib, ruh, jon dеgan ma'noni bildiradi. Psixika sеzgi, idrok, tafakkur, xissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi, kishining ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va xokazolar dеb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi. Bundan tashqari biz amaliyotda psixik xodisalar, ruhiy xodisalar dеgan iboralarga ham juda ko`p duch kеlamiz. Psixika–yuksak taraqqiy etgan matеriyaning ya'ni miyaning mahsuli bo`lib, tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog`liq bo`lgan murakkab xodisalar xossasi majmuidir.
Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:
Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi;
Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |