Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə31/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi – o‘z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to‘rtinchisi – aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot.
Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi.
Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi.
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. Odam ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar (badbo‘y hid, xunuk manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi.
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so‘ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik og‘ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi.
Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to‘planib, jamlanadi. Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan muhabbat va ehtirom mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalar (hayotiy qiyinchiliklar)ning to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan voqeadan juda kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin.
Emotsional holatlar o‘rin almashishi mumkin. Xuddi shunday, biror faoliyatdagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlikning o‘rnini bosishi mumkin.
Hissiyotlarning yana bir qonuniyati – ularning o‘zgaruvchanligi hisoblanadi. Biror ob’ekt yuzasidan qondirilmagan hissiyotlar boshqa ob’ektlarga (barchaga «zarar o‘rnini to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin.
Ambivalentlik – lotincha har tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan bir-biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir.
Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo‘shilib va biri ikkinchisiga o‘tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo‘lish kechiriladigan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan, rashk hissida muhabbat va nafrat.
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.


Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin