Mavzu: 2 O‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash. Pardozlash ishlari Reja



Yüklə 26,83 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü26,83 Kb.
#195348
1   2
3.1-ma\'ruza

Tuproqni koʻtarmaga toʻkish ketma-ketligi.
Koʻtarmaga tuproq qatlam-qatlam qilib toʻkiladi. Bu qatlamlarning qalinligi qabul qilingan zichlash vositalarini inobatga olib tanlanadi. Qatlamlarni loyihadagi yuzaga parallel boʻladigan qilib toʻkish yaxshiroqdir. Bu hol ishlarni bajarish jarayonida yuza suvlarning oqib tushishini taʼminlaydi, chunki loyiha yuza suvlar oqib ketishi taʼminlanadigan qilib tanlanadi. Bundan tashqari, tuproq toʻkishning bunday uslubi ishlarni rejalash va nazorat qilishni osonlashtiradi, negaki loyiha yuzadan toʻkilayotgan qatlamgacha boʻlgan oraliq hamisha bir xil boʻladi.
Tuproqni tirkalma gʻaltaklar bilan zichlashda qamrov uzunligi 150-200 m dan kam boʻlmasligi kerak, aks holda gʻaltakning ish unumi keskin kamayadi, chunki bunda qamrov oxirlarida gʻaltakni orqaga burishga koʻp vaqt sarflanadi.
Tuproqni oʻziyurar gʻaltak mashinalar bilan zichlashda qamrov uzunligini 25-50 m olish mumkin, chunki bunday mashinalar qamrov oxirlarida burilmasdan ham ishlay oladi.
Koʻtarma maydonining har bir qatlamini polosalarga, ularni esa qamrov (maydoncha) larga ajratiladi. Qamrov maydoni mashinaning ish unumdorligiga, oʻymada gruntga ishlov berish, bilan uni zichlash vaqti orasidagi uzilishga va gruntning qalinligiga bogʻliq. Masalan: qamrov ish unumdorligi 500 m3/smena boʻlgan skreper bilan gruntni qalinligini 25 sm qilib yopib zichlash uchun qamrovlaydigan 2000m2 boʻlishi kerak. Qamrov maydonini bilib, maydonning eni topiladi va uzunligi hisoblab chiqiladi. Qamrov eni (15-20/m) transport va zichlash mashinalarining ishlashi uchun toʻgʻri kelishi kerak. Har bir qatlamni “Oʻzidan” va “Oʻziga” yoyish usullari mavjud.
“Oʻzidan” usulida oʻymaga yaqin maydondan boshlab tuproq yoyiladi. Ikkinchi maydonga yoyishda olib kelayotgan yer kovlagich va transport mashinalari birinchisidan yurib oʻtadi. Usulda va yoyilgan gruntni zichlaydi. Shuning uchun “Oʻzidan” usulida gruntni maxsus mashinalar bilan zichlash zarur emas. “Oʻziga” usulida oʻymadan eng chetdagi maydonga birinchi boʻlib grunt yoyiladi. Transport vositalari gruntni oldindan zichlash ishlarida qatnashmaydilar, shuning uchun ularning ish unumdorligi “Oʻzidan” sepish qoʻlanmasiga qaraganda yuqori. Koʻtarmani, gruntni tashish yoʻnalishi boʻyicha yoki uncha koʻngdalang qilib yoyish mumkin. Boʻylamada yuqorida aytilgan har ikki usulni qoʻllash mumkin. Koʻtarmaning eni gruntlarni zichlayotgan mashinalarni normal ish bilan taʼminlamasa, koʻngdalang yoyish usuli ishlatiladi. Bunda “Oʻziga” usulini qoʻllash tavsiya etiladi.


Koʻtarmani skreperlar va transport vositalari bilan hosil qilish.
Skreper bilan qirqib olingan tuproqni koʻtarmaga “Oʻzidan” va “Oʻziga” uslubida ham toʻkish mumkin. “Oʻzidan” uslubida toʻkishda navbatdagi skreper choʻmichni tushirgan holda oldingi skreper toʻkkan tuproq ustida harakatlanadi va uni yoyib tekislaydi. Rasm 15. Skreper avval toʻkilgan tuproq oxiriga yetgach, oʻzidagi tuproqni berilgan qalinlikda toʻka boshlaydi. Toʻkishning bunday sxemasida tuproqni maxsus mashinalar bilan yoyib tekislashga hojat qolmaydi, chunki bu ishni skreperlar bajaradi. Bundan tashqari, skreperlar tuproqni dastlabki zichlaydi ham. Ammo mazkur sxemada ish sikli bir oz uzoqroq davom etadi, negaki skreper yumshoq tuproq boʻylab yuradi.

Qamrovda (zaxvat) gruntlarni skreper va transport vositasi yordamida yoyish sxemasi.


a) skreperlar bilan “Oʻzidan”
b) skreperlar bilan “Oʻziga”
v) avtomobil samosvallar bilan yoyish “Oʻziga”
1-6-yoyish chizigʻining ketma-ketligi; I-V chiziqlar (polosʼh).


Tuproqlarni zichlash sifatini nazorat qilish.
Koʻtarma hosil qilish jarayonida xar bir qatlamning zichlanish sifatini sinchiklab tekshirib turish lozim. Agar ostki qatlamdan birortasi yetarlicha zichlanmasa, keyin uni talab etilgan darajada qoʻshimcha zichlashga deyarli erishib boʻlmaydi. Zichlash sifati koʻtarmadagi tuproqning haqiqiy zichligini talab etiladigan zichlik bilan solishtirish orqali nazorat qilinadi.
Haqiqiy hajmiy massani aniqlash paytida tuproqlarning namligi har bir qatlam uchun alohida aniqlanib, ulardan hajmiy massa aniqlangan nuqtalarda ikki-toʻrt namuna olinadi. Qatlamning balandligi 20 sm gacha boʻlganda namunalar uning ustki va ostki qismlaridan, 20 sm dan ziyod boʻlganda esa ustki, oʻrta hamda ostki qismlaridan olinadi. Barcha nuqtalarda tuproqning zichligi bir xil boʻlmogʻi zarur. Qatlamning har bir nuqtasida tuproqning zichligini nazorat qilish natijalari maxsus daftarlarda qayd etilib, ularning nusxalari yer qazish ishlarini oraliq qabul qilib olish dalolatnomalariga ilova qilinadi.
Tuproqning zichligi (tuproq skeletining hajmiy massasi) dala sharoitida namlik-zichlik oʻlchagich (N.P.Kovalyov yaratgan) asbob yordamida aniqlanadi.


Pardozlash ishlar va yer ishlarini maxsus sharoitlarda olib borish.
Pardozlash ishlari.
Aerodromning uchish maydoni, shuningdek oxiridagi va yon tomonlaridagi xavfsizlik yoʻllarining yuzasi tekis boʻlmogʻi darkor. Metall reyka ostidagi mikrorelqefning notekisliklari uchish maydonida 30 mm dan va qoplama tagidagi tuproq asosli joylarda 20 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
Tekislash ishlari ish belgilari nolga teng boʻlgan, vertikal tekislash loyihasiga koʻra yer qazish ishlarini bajarish nazarda tutilmagan joylarda mustaqil jarayon sifatida yoki chuqur kovlash yoxud koʻtarma hosil qilishda yakunlovchi jarayon sifatida amalga oshiriladi.
Uchish maydonining ish belgilari nolga teng boʻlgan tuproqli qismlarida mikrorelqef oʻsimlik oʻsadigan qatlam doirasida tekislanadi. Bunda oʻsimlik oʻsadigan tuproqni oldindan qirqib olmagan holda kichik doʻngliklar kesiladi va mayda oʻyiqlar toʻldiriladi.
Chim qoplama yaxshi rivojlangan joyda uni saqlab qolish maqsadida mikrorelef talablarga javob bermaydigan ayrim joylarni tanlab tekislash lozim.
Tekislash ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda yer dastlabki (xomaki) tekislanadi, ikkinchi bosqichda esa uzil-kesil (yaxshilab) tekislanadi. Dastlabki tekislashda koʻzga koʻrinadigan yirik notekisliklar yoʻqotiladi va tuproqning zichligi yetarlicha boʻlmagan joylarni aniqlash uchun dastlabki zichlash amalga oshiriladi. Yuzasining tekisligini talab etilgan darajaga yetkazish maqsadida yer geodeziya asboblari boʻyicha yaxshilab tekislanadi. oʻyma, koʻtarma va chuqurlik qismlarining yuzasini aerodrom qoplamasiga mos holga keltirish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur: yerning yuzasini yumshatish, dastlabki tekislash va zichlash, nazorat tariqasida nivelirlash, yuzani yaxshilab tekislash hamda zichlash, bajarilgan ishlar sifatini tekshirish. Uchish maydonining tuproqli qismida tekislash ishlarini boshlashdan oldin toʻnkalar sugʻurib va toshlar olib tashlangandan keyin hosil boʻlgan oʻralarni tuproq bilan toʻldirish kerak.
Yuzani tekislaydigan va zichlaydigan mashinalarning ish unumi ortishiga olib keladigan barcha hollarda tuproqni yumshatish zarur. Tajribaning koʻrsatishicha, III guruh tuproq yumshatilgan taqdirda tekislash ishlarining qiymati arzonlashar ekan.


Tekislash ishlarini bajarish usullari va sxemalari.
Tekislash ishlari avtogreyderlar, tirkalma greyderlar va uzun bazali tekislagichlar bilan bajarilishi mumkin. Avtogreyder tirkalma greyderga nisbatan ustunlikka ega, chunki unda ish amallarini bir ishchi-avtogreyder mashinisti amalga oshiradi, tirkalma greyder vositasida tekislashda esa ish jarayonida traktorchi ham qatnashadi. Avtogreyder nam soz tuproq bilan yomon ilashgani tufayli unda toʻliq quvvat bilan ishlay olmaydi. Bu uning kamchiligidir.
Uchish maydonining tekislangan yuzasi silliq joʻvali tirkalma gʻaltak mashinalar bilan, qoplama tagidagi tuproq asos esa silliq joʻvali va reversiv tarzda yuradigan gʻaltak mashinalar bilan zichlanadi. Gʻaltak mashinaning massasi tuproq yetarli darajada zichlanishini taʼminlashi lozim. Tekislash ishlari keng koʻlamlarda olib boriladi.
Avtogreyder harakatini qamrov (maydoncha) da aylana shaklida tashkil etish maqsadga muvofiqdir: qamrov chegarasidan oʻrtasigacha, qamrov oʻrtasidan uning chetigacha yoki bir-biri bilan perpendikulyar kesishadigan yoʻnalishda harakatlanadi.



Rasm-16. Qamrovda rejalashtiradigan mashinalarning harakati sxemasi.


Tekislash ishlarini tashkil qilish.
Oʻymaning yuzasini tekislash uchun tekislash mashinalari chuqurni kovlash aniqligi hamda tuproqning turiga qarab bir izning oʻzidan ikki-olti marta Oʻtishi kerak. Chuqurlardagi barcha tekislash ishlari ish belgilar nolga teng boʻlgan joylardagi kabi amalga oshiriladi.
Ustki qatlam zichlangandan va nazorat tariqasida nivelirlangandan keyingina koʻtarmaning yuzasi uzil-kesil tekislanadi. Agar zichlash chogʻida anchagina choʻkkan yuzalar aniqlansa, tekislash ishlarini boshlamasdan oldin bunday joylarga yetarli miqdorda tuproq toʻkish va zichlash zarur.
Tuproq asosni tekislash uchun greyder va uzun bazali tekislagich ishlatiladi. Uzun bazali tekislagich tirkalma yoki oʻziyurar gʻaltak mashinalar bilan birga qoʻllanilganda tuproq asosni uzil-kesil tekislash sifati eng yaxshi boʻladi. Tuproq asosning tekislab boʻlingan qismlari transport vositalari, nam ob-havoda esa yoʻlovchilar yurmasligi uchun toʻsib qoʻyilishi kerak.
Nazorat savollari:



  1. Koʻtarma hosil qilish texnologiyasini tushuntirib bering.

  2. Pardozlash ishlari qanday olib boriladi?

  3. Pardozlash ishlarini bajarish usullari va sxemasini tushuntiring.

  4. Pardozlash ishlarini tashkil etish jarayonini tushunturing.

  5. Ishlarni bajarishda sifat nazorati qanday olib boriladi?

Yüklə 26,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin