Mavzu: “3-sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi


I BOB. Boshlang`ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning o`rni va ahamiyati



Yüklə 152,06 Kb.
səhifə2/5
tarix21.09.2023
ölçüsü152,06 Kb.
#146460
1   2   3   4   5
Mavzu “3-sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan

I BOB. Boshlang`ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning o`rni va ahamiyati.


    1. Boshlang`ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari.

Jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Har bir o’qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o’z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi lozim. Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’ektlarini, ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.


Hozirgi kunda o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omildir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy hayotda qizg’in faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlaydi. SHuning uchun ham ta’lim muassasalari o’qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo’g’ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu bilan bir qatorda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot o’zining ifodasini kechikib topmoqda. O’qituvchi va o’quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g’oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o’zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.
SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini o’zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan bo’lsa, hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. SHu sababdan ta’limning o’qituvchi-darslik-o’quvchi paradigmasi o’quvchi-darslik-o’qituvchi paradigmasi bilan o’rin almashmoqda. O’qituvchi endilikda yangi statusga ega bo’ladi, endi uning vazifasi o’quvchilarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo’llashga o’rgatishdan iborat. O’qituvchi bunday maqsadlarda o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o’quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini yaratish kerak. Bunday o’qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin.
Bilimlarni o’zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansada, bilimlarni har qanday o’zlashtirish yoki egallash o’quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bilimlarni oddiy qaytarish o’quvchi va o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli bo’lmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo’llash jarayoni yangi bilimlarni shakllanishiga, o’quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi.
SHu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo’ya bilish va uning yechimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va bu bilimlarni yangi masalalarni yechishda qo’llash uchun yo’naltirilgan. Endilikda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo’lmoqda.
SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish – bu o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o’qitishdir. SHunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan o’qitishda o’qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi – o’quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib taklif etilayotgan hollardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o’z aksini topishi zarur. O’qituvchining har xil sathli o’qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning yechimi bo’la oladi.
O’quv mashg’ulotlarining o’quvchilarni kundalik fanlar majmuasi va ular bo’yicha berilgan topshiriqlar majmuasi bilan hisoblashishga to’g’ri keladigan qilib tashkil etilishi ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o’quvchilar biron bir fanga o’zlarining diqqat e’tiborini to’liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o’qitish eng yaxshi yechim hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy insonning o’qish jarayoni faqat bog’cha, maktab, litsey yoki kollej, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo’lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojni yanada shakllantiradi.
XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
– o’qitish va o’qish jarayonining;
– ta’lim muassasasi boshqarilishining;
– ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
– ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlash lozim:
– ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
– dars jadvallarini tuzish;
– muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini
yaratish va undan foydalanish;
– o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
-o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
-ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron pochta orqali bog’lanish sharoitini yaratish;
– boshqa o’quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy bog’lanishni tashkil etish;
– Internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
– axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
– barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
– kompyuter testlari yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
– kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxona-lardagi kitoblarga Internet orqali buyurtma berish;
– o’qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv qo’llanmalarini nashrga tayyorlash;
– Internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
– o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
– maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarish mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funktsiyalarni bajaradi:
– multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
– bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o’quv materialini o’zlashtirilishining samaradorligi oshadi;
– real holatlarda, namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim hisoblanadi;
– o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ragina emas, balki o’quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi;
– masofadan turib ta’lim olishni faqat sirtdan o’qiyotgan o’quvchilar yoxud internet ta’lim uchungina emas, balki sababli dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
– o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
– o’quvchilarlarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-quvvatlovchi axboroti»ni ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, 8belgilangan shakllardagi ko’rinishlarini qabul qiladi.
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo’yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o’xshashlari sifatida turli entsiklopediyalar, lug’atlar xizmat qiladi.
O’quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo’shimcha kiritilgan bo’lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo’yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko’ra, ba’zan o’quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo’yicha boshqa bir hollarda esa, o’qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan istalgan fan sohasida maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kiradi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan sanaladi.
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o’qitish bo’yicha yoxud alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatda («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o’qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo’llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi.
Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o’quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning ma’lum fan bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda namoyon bo’ladi. Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’ekti, o’zaro muloqot kabi funktsiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat:
Kompyuterning o’qituvchilik vazifasini bajarishi quyidagi jarayonlarda namoyon bo’ladi:

  • o’quv axborotining manbai (o’qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan to’la o’rnini bosuvchi sifatida);

  • ko’rsatmali qo’llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bo’lgan yangi sifat darajasida);

  • individual axborot fazosining yaratilganligi;

  • mashq qildirgich;

  • o’quvchi bilimi, ko’nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti.

Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti;

  • matnlar muharriri;

  • grafiklar quruvchi va ularning muharriri;

  • keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko’rinishda ifoda etuvchi);

  • modellashtirish vositasi.

Kompyuterning ta’lim ob’ekti sifatidagi vositachilik vazifasi:

  • dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo’yicha kompyuter yordamida o’qitish);

  • dasturiy mahsulotlarni yaratish;

  • turli axborot muhitidan foydalanish.




Yüklə 152,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin