Mavzu: “3-sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi



Yüklə 152,06 Kb.
səhifə1/5
tarix21.09.2023
ölçüsü152,06 Kb.
#146460
  1   2   3   4   5
Mavzu “3-sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishi 14-4BTU-19 guruh talabasi Hamroqulova Oltinoyning
“Matematika o’qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan

KURS ISHI


Mavzu: “3-sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi"
Tekshirdi: Xayrullayeva D.
Bajardi: Hamroqulova O.

Reja:
Kirish


I bob.Boshlang`ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning o`rni va ahamiyati.

    1. Boshlang`ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari.

    2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

II bob.Boshlang`ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
2.1 Masala yechishni o`rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
2.2 Matematika darslarini tashkil etishda o`qituvchining o`rni
Umumiy xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta`lim sohasiga juda katta e`tibor qaratmoqdalar.Xususan ta`lim sohasini rivojlantirish kerak ekan,buni avvalo boshlang`ich ta`limdan boshlashimiz kerak,buyuk kelajakning ildizi boshlang`ich ta`limdan boshlanadi dedilar.Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4 916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9 680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta barkamol avlod markazlari mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institutlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Amaldagi tartibga asosan, xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar. Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; masofadan o‘qitish usullari asosida xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish; tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish; buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish; o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish; innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish.


Yüklə 152,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin